mor etildi. Siagriy vestgotlar qiroli huzuriga qochdi, lekin vestgotlar qiroli uni
Xlodvigga tutib berdi. Xlodvig asirni o’ldirishga buyruq berdi. U Katta va muhim
bir territoriyani - Sena va Luara daryolari havzasini zabt ztib olib, Xlodvig
franklarga juda mo’l-ko’l yer bo’lib berish imkoniga ega bo’ldi. Daryolari juda
ko’p, yeri serhosil, dehqonchilik uchun qulay bukzor va qayinzor o’rmonlarga boy
bo’lgan keng, lekin rimliklar vaqtida huvullab qolgan bu rayonga boshdan-oyoq
franklar ko’chib keldi. Bu rayonga ko’chib kelib joylashgan franklar soni hali
Reynning narigi tomonida yashab kelayotgan franklar ichidan yana ahen-ahyonda
ko’chib kelib turgan kishilar hisobiga ko’payib bordi. Xlodvig o’z podsholiginipg
oxirgi davrida Luaraning janubiga ancha jilib borib, Goronna daryosigacha yetdi.
Vestgotlar Galliyaning janubidagi yerlardan bir oz qisminigina saqlab qoldi, xolos.
Xlodvig, Burgundiyani ham bosib olishga harakat qildi, lekin bu maqsadini amalga
oshirmadi, burgund qiroli saroyiga o’z ta’sirini o’tkazish bilangina cheklanib qo’ya
qoldi.
90-yillar o’rtasida Xlodvig xristianlikni qabul qildi. Dastlab xristianlikni
Xlodvigning o’zi va drujinasi qabul qildi. Keyin oddiy franklar va ularning oila
a’zolari ham qabul qildilar. Varvarlarning xristian dinini qabul qilishining o’zi
muhim bir fakt edi, chunki bu narsa ularning romanlashuvidan dalolat berar edi.
Lekin franklarning xristianlashuvi ikkinchi bir yanada muhimroq ahamiyatga ega
edi. Varvarlarning ko’pchiligi (vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar,
langobardlar) xristianlikni arianlik deb atalgan formada qabul qilgan bir vaqtda
(arianlik-katolik cherkoviga nisbatan bir mazhab edi) franklar arianlikni qoldirib,
xristianlikni to’g’ridan-to’g’ri galliya-rim katolik ruhoniylaridan qabul qildi. Bu
narsa Frank korolligining yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Galliya va Rimdagi e’tiborli mahalliy ruhoniylar Xlodvigni va boshqa Frank
qirollarini zo’r berib qo’llab-quvvatladilar. Bu narsa franklarning Galliya
janubidagi qolgan yerlarni Bestgotiya va Burgundiyani bo’ysundirishlarini ancha
osonlashtirdi hamda franklarning o’z orasida ham qirol hokimiyati ta’sirining
ortishiga ancha yordam berdi. Xlodvig qolgan barcha sali va ripuar qirollarini
sekin-asta qira borib, yangi juda katta qirollikn-ing yakkayu yagona qiroli bo’lib
oldi, bu qirollik (reynning narigi tomonidagi yerlardai tashqari) Galliyaning
to’rtdan uch qismini o’z ichiga olar edi.
Xlodvigning o’g’il va nevaralari qirollikni tez-tez bo’lib va qayta bo’lib
turishlariga o’zaro urushlar olib borib turishlariga qaramay, qirollikning
chegaralarini kengaytirshshgi davom ettirdilar. 534 yilda ular Burgundiyani zabt
etdilar, 542 yilda Vestgotlarnipg Galliyadagi oxirgi yerlari ham bosib olindi.
Reynning narigi tomonida zsa Alemaniya, Tyuringiya, Bavariya hamda saks
qabilalarining ba’zilari franklar-ga bo’ysundi. VI asrnipg ikkinchi yarmida Frank
korolligi barcha varvar qirolliklari ichida eng katta qirollik edi. Ilgari Teodorix
davrida ostgotlar qo’lida bo’lgan gegemonlik eidi franklar qo’liga o’tdi.
Dostları ilə paylaş: