Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari


Salib yurishlariniig sabablari va ularning qatnashchilari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
2 5206292024008901227

Salib yurishlariniig sabablari va ularning qatnashchilari. 
Salib yurishlarining sabablari qisman XI asrning ikkinchi yarmida YAqin SHarqda 
yuz bergan o’zgarishlardan, qisman feodal o’arbiy Yevropaning o’zidagi umumiy 
iqtisodiy taraqqiyot va keskin ijtimoiy ziddiyatlardan qidirmoq kerak. 
XI asrda SHarkda Yevropa feodallarinnng hujum qilish-uchun juda qulay 
bnr vaziyat maydonga kelgan edi. Bir vaqtlar qudratli deb hisoblangan Bag’dod 
xalifaligi 1055 yilga kelib-batamom tarqaldi. Boshqa yirik davlat-Komninlar 
zamoni-dagi Vizantiya ham og’ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Bolqon 
yarim oroliga bostirib kirgan pecheneglar Vizantiya imperiyaga shimol tomondan 
hujum boshlagan edilar. Sitsiliya normanlari g’arbdan Vizantiyaga xavf solmoqda 
edilar. Ammo saljuq turklari Vizantiya uchun ayniqsa xavfli edilar, ular Kichik 
Osiyoning katta bir qismini bosib olgan va ayni zamonda, Konstantinopolga 
qo’shni bo’lgan Nika shahrini o’zlariga poytaxt qilib olgan edilar. 1071 yilda 
turklar 
Mantsinkert 
shahari 
yonida 
vizantiyaliklarni qattiq mag’lubiyatga 
uchratdilar. YAngi imperator Aleksey Komnin (1081yildan idora qila boshlagan 
edi) garchi turklarning bir necha hamlasini to’xtatgan bo’lsa-da, lekin har holda, 
imperiyaning ahvolini mustahkam deya olmasdi. XI asrning 80 va 90-yillarida u 
turklarga qarshi yordam berishni so’rab papaga va Germaniya imeratoriga bir 
necha bor murojaat etdi. Ilgari yakkayu-yagona bo’lgan xristian cherkovi 1054 
yildan e’tiboran ikkita raqib qismga -sharqiy (pravoslav) va g’arbiy (katolik) 
cherkovlarga qat’iy ajralib ketgan bo’lsa ham, Aleksey Komnin siyosiy 
maqsadlarni ko’zda tutib, papa boshchiligida bu cherkovlarni hatto qaytadan 
birlashtirishga ham tayyor edi. SHunday qilib, SHarqning ikkk eng yirik davlati — 
Arab xalifaligi bilan Vizantiya imperiyasi — salibchilarga biror-bir jiddiy 
to’sqinlik ko’rsatishdan ojiz edilar. Buning ustiga, ulardan biri (Vizantiya hatto 
Yevropa feodallarini SHarq mojarolariga aralashishga da’vat etdi. Turklarga 
kelsak, XI asrning 80 va 90- yillariga keliboq ularning nomustahkam harbiy-qabila 
ittifoqi tarqalib keta boshlagan edi. Feodallashib borayotgan ayrim turk bekliklari 
g’arb feodallarining hujumini to’xtata olmadilar. 
Ammo salib yurishlarining, jumladan, birinchi salib yuri-shining asosiy 
sababi, axir-pirovardi, o’arbiy Yevropaning o’zi-dagi ijtimoiy ziddiyatlarning 
o’tkirlashib ketganligi edi. XI asrda mayda ritsarlarning ko’pchiligiga yer 
yetishmas edi. Savdo-sotiq va shaharlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlarning 
o’sib borishi munosabati bilan feodallarning mahalliy dehqonlarni ekspluatatsiya 
qilishdan oladigan daromadlari ular uchun kifoya qilmaydigan bo’lib qoldi. Juda 
ko’p ritsarlar yerdan butkul mahrum qilingan edilar, chunki feodallarga qarashli 


yer-mulk va daromadlar (feod) odatda katta o’g’ilga berilar edi va kichik aka-
ukalar esa otadan qolgan merosdan biror narsa olishga haqlari yo’q edi. SHarqdagi 
yerlarni bosib olish maqsadida u yerlarga yurishlar qilish bunday ritsarlarniig 
mushkul ahvoldan chiqishlarining birdan-bir yo’li edi. Yirik feodallar (knyazlar va 
baronlar) o’z sinflari ichidagi mojaro va ixtiloflarning oldini olish uchun 
ritsarlarning diqqat-e’tiborini boshqa narsalarga jalb etish muhimroq edi. 
XI asr oxiri - XII asr boshpda salib yurishidagi g’oyat muhim masala-
dehkonlar masalasi edi. o’arbiy Yevropaning feodal zulmi natijasida asoratga 
tushirilgan, ezilgan dehqonlari dastlabki paytlarda SHarqqa bajonu dil yo’l oldilar. 
Krepostnoy qaramlikdan xalos bo’lish, qarzlarni tugatish, SHarqdan yer olish 
umidi (shuni aytish kerakki, dehqonlarning geografik tasavvuri tamomila xayoliy, 
amalga oshmaydigan bir tasavvur zdi) o’n minglab kishilarning tug’ilib o’sgan 
shahar va qishloklarini tashlab, uzoq yurtlarga ketishga majbur etdi va ularning 
ko’plari bu joylarda och-yalang’och qolib, xor-zorlikda o’lib ketdi. Dunyoviy va 
ruhoniy feodallar dehqonlarning SHarqqa qiladigan yurishini vujudga kelgan ogir 
ahvoldan qutulishning o’ziga xos bir yo’li deb bilardilar. Bu narsa tovar-pul 
munosabatlari rivojlanishi bilan feodal-krepostniklik tuzumi keng tarqalayotgan va 
feodal ekspluatatsiyasi kuchayib borayotgan bir sharoitda Yevropada dehqonlar 
urushining to’g’ridan-to’g’ri boshlanib ketish xavfidan hukmron sinflarni 
qutqargan bo’lardi. Ko’pdan-ko’p monaxlar va boshqa daydi voizxonlar dehqonlar 
orasida targ’ibot yurgizib, ularni SHarqqa yurishdek «ezgu ishda» qatnashishga 
da’vat etardilar. Biroq dehqonlar masalaning mohiyatiga darhol tushunib yetmagan 
bo’lsalar-da, lekin ohibat-natijada, ular gapning nimada ekanligini ochiq-oydin 
payqab oldilar. SHarqqa qilingan dastlabki ikki yurishda dexqonlar ko’pchilikni 
tashkil qilgan bo’lsalar, uchinchi yurishdan boshlab ular qatnashmay qo’ydilar. 
Bundan keyingi salib yurishlarining hammasida faqat feodallarning o’zlari 
qatnashdilar. Yevropa qirollari, eng yirik feodallar (graflar va baronlar), 
shuningdek, ko’pdan-ko’p ritsarlar YAqin SHarqda, faqatArab SHarqidagina 
emas, balki Vizantiyada xam yangi feodal davlatlar barpo etish masalasiii ochiq-
dan-ochiq ko’zlay boshladilar. Quddus va Falastin masalasi, keyinchalik ularning 
rejalarida ikkinchi darajali masala bo’lib qolgan edi. 
Italiya shaharlari, ayniqsa ulardan ikkitasi - Genuya bilan Venetsiya - salib 
yurishlarida juda faol katnashdilar. Bu shaharlarning floti salibchilarni SHarqqa 
tashib olib .bordi, salib lashkarlarini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlab turdi. 
Bosib olingan xududlarni taqsimlashda bu har ikki shahar qatnashib, birinchi galda 
SHarqning portlari va bozorlarini o’zlariga monopoliya qilib olishga harakat 
qildilar. Lekin, shunga qaramay, shaxarlar salib yurishlarida harakatga keltiruvchi 
asosiy kuch e.mas edi.SHarqqa qilingan salib yurishlarini «muqaddas urushlar» 
deb e’lon etgan katolik cherkovi, tabiiy, bu yurishlardan o’z manfaatlari yo’lida 
foydalanishga intildi. 
Bu vaqtga kelib papalik zo’r qudratga ega bo’ldi. Dunyoviy hokimiyat bilan olib 
borilgan to’qnashuvlarda papa impera-torning o’zini bir necha marta. 
mag’lubiyatga uchratdi. Salib yurishlari papalikka ko’pgina real foydalar 
keltirishni, par-chalanib ketgan feodal Yevropasiga siyosiy jihatdan rahbarlik 
qilishi, sharqiy «sxizmatiklar»ni, ya’ni sharqiy pravoslav cherkovining ajralib 


ketgan xristianlarini Rimga bo’ysundirish uchun, katolik ruhoniylari katolitsizm 
mazhabiga o’tkazishni orzu qilgan SHarq musulmonlari orasidagi missionerlik 
faoliyati uchun juda katta ionalar to’plashi mumkin edi. Ana shu vajdan,papaUrban 
II 1095 yilning kuzida Janubiy Frantsiyaning Klermon shahrida.ko’p kishilik 
cherkov yig’inini to’plab, unda so’zga chiqib «kofirlar»ga qarshi kurashmoq uchun 
SHarqqa jo’nab ketishga da’vat etdi. Urbanning asosiy da’vati«Iso payg’ambar 
qabrini» xristianlarga qaytarib olib berish va «muqaddao Falastinni xalos qilishdan 
iborat edi. Papa salib qatnashchilarining gunohidan kechishni va’da . qildi, 
shuningdek, u SHarqda salibchilarni kutayotgan boy o’lja haqida ham ochiqdan-
ochiq aytdi. Yig’inda qisman frantsuz, qisman boshqa mamlakatlardan kelgan 
minglab ritsarlar hozir bo’ldilar. Feodallarning ko’pdan-ko’p yig’inlarini o’tkazish 
faktining o’zi shu narsani yaqqol ko’rsatadiki, papa bosh ko’tarib chiqmasdan 
ancha burun ritsarlar orasida keng propaganda olib borilgan va ularning bir qismiii 
Falastinga salib yurishi o’tkazish rejasidan manfaatdor qilishga ulgurilgan. 
Papaning bu chiqishi ancha ilgari tayyorgarlik ko’rila boshlagan ishni tashkiliy va 
ideologiya jihatdan rasmiylashtirishdan iborat bo’ldi, xolos. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin