Hamid Olimjonning lirik qahramoni ona tuprog’ini ardoqlaydi, shu beshikda ulg’aygani bilan iftixor qiladi:
Men dunyoga kelgan kundanoq
Vatanim deb seni, uyg’ondim.
Odam baxti birgina senda
Bo`luriga mukammal qondim.
“O`lka” she`ridan olingan mana bu to`rtlikda ham Vatan haqidagi tuyg’ular samimiy.
Qulog’imga noming kirganda
Qumlik kabi tashna boqurman.
Sening jannat vodiylaringdan
Nahrlarday to`lib oqurman.
O’rik gullaganda Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi...
Novdalarni bezab g‘unchalar
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Har bahorda shu bo‘lar takror,
Har bahor ham shunday o‘tadi. Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.
Hamid Olimjonning harbiy lirikasida publitsistik jo`shqinlik lirik harorat bilan tutashib, “Sevgi”, “Sen tug’ilgan kun”, “Sharqdan G`arbga ketayotgan do`stga”, “Qamal qilingan shahar tepasidagi oy” asarlari vujudga keldi.

Oʻzbek adabiyotining benazir vakillaridan biri Hamid Olimjon bolaligidan adabiyotga oshno boʻlgan. Onasi Komila aya aytib bergan sheʼrlar, doston va ertaklar ogʻushida ulgʻaygan. Lirik sheʼrlari bilan XX asr zamonaviy oʻzbek sheʼriyatiga munosib hissa qoʻshgan. 30 yoshlar atrofida oʻzbek yozuvchilariga rahbarlik qilgan, 33 yoshida Gʻafur Gʻulom va Oybeklar qatorida Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi boʻlgan.
Shoir 1937-yil Yozuvchilar uyushmasidan haydaldi.
Shoir 1937-yil Yozuvchilar uyushmasidan haydaldi.
Bilsinlarkim, yo’ldoshim bo’lmas,
Ko’zda yoshi bilan kulganlar. Tillari bor, o’zlari hayot,