Navoiy sanoat ishlab chiqarish korxonalari hududida yashovchi
o`spirin o`g`il bolalarning antropometrik ko`rsatkichlari
Navoiy sanoat ishlab chiqarish korxonalari hududida yashovchi o`spirin
o`g`il bolalarning bo`y o`lchamlari 135,0 smdan 174,0 smgacha, o`rtacha –
152,7±1,9 smga teng. Og`irligi 30,0 kg dan 74,0 kggacha, o`rtacha – 44,4±2,16
kgga teng. Bosh aylanasi o`lchamlari 52,0 smdan 58,0 smgacha, o`rtacha –
55,0±0,29 smga teng. Ko`krak aylanasi o`lchamlari 56,0 smdan 92,0 smgacha,
o`rtacha – 75,0±1,8 smga teng (ilova-10).
Sanoat ishlab chiqarish korxonalar hududida yashovchi o`spirin o`g`il
bolalarning chaqaloqlarga nisbatan bo`y o`lchamlari 3,1 marta, og`irligi 13,9
marta, bosh aylanasi 1,6 marta va ko`krak aylanasi 2,3 martaga oshganligi
kuzatildi.
Navoiy sanoat ishlab chiqarish korxonalar hududida yashovchi o`spirin
o`g`il bolalarning o`sish tezligi ikkinchi bolalik davriga nisbatan bo`y uzunligi
19,1%, og`irligi 48,4%, bosh aylanasi 3,8%, ko`krak aylanasi uzunligi 23,8% ga
teng.
Bolalarning
harakat
tayanch
a`zosining
anatomo-fiziologik
holati
tekshirilganda bittasida (O`.Tursunov) yassi oyoqlik kuzatildi. Ularning kasallik
varaqasini
tekshirganimizda
uchtasida
(N.Hamidov,
O`.Tursunov
va
A.Karomatov)
miopiya
(yaqindan
ko`rish),
to`rttasida
(B.Boxodirov,
M.Normo`minov, Sh.Amonqulov va U.Erkayev) endemik zob kasalligi bilan
og`riganligi, bittasi esa (B.Sharipov) gaymariti (gaymar bo`shlig`ining
yallig`lanishi) kasalligi borligi kuzatildi.
O`spirin o`g`il bolalarning kasallanish darajasi 33,3% ga teng.
Dostları ilə paylaş: |