1.Sindesmos birikish: Suyaklar tolali biriktiruvchi to’qimalar vositasida
birikadi. Masalan boldir va bilak suyaklararo parda vositasida birikishi, kalla
skeleti qopqog’i suyaklarining chok hosil qilib birikishi.
2.Sinxondroz birikish: Suyaklar tog’ay to’qimasi ishtirokida birikadi.
Masalan, qovurg’alarning to’shga birikishi yoki umurtqa suyagi tanalarining
tog’ay diski vositasida birikishi.
3.Sinostoz birikish: Suyaklarning o’zaro bevosita birikishi, masalan 5 ta
dumg’aza umurtqasining bitta dumg’aza suyagiga birikishi.
Harakatchan birikishda suyaklar bo’g’imlar hosil qiladi. Bunda bo’g’im
yuzasini hosil qilishda asosiy hosilalar (komponentlar) bo’lishi lozim:
1) suyaklarda bo’g’im yuzalari bo’lishi shart.
2) bo’g’im yuzalari tog’ay bilan qoplangan bo’lishi lozim.
3) bo’g’im kapsulasi (xaltasi) 2 kavatdan iborat bo’lib, ichki sinovial
(shillik) suyuqlik ishlab chiqariladigan va tashqi: yupqa, pishik fibrioz qavatdan
iborat bo’lishi kerak.
4) suyaklarda bo’g’im hosil qiluvchi yuzalari orasida bo’g’im bo’shlig’i
bo’lib uning atrofi kapsula bilan qoplangan. Undagi sinovial suyuqligi
suyaklarning epifizar yuzalarining ishqalanishini kamaytiradi, bo’g’imdagi
harakatni yengillashtiradi, issiqda sovitadi, sovuqda isitib, harakatga moslashtirib
turadi.
Bo’g’imning yordamchi hosilalari (komponentlari): bog’lam, mushak va
paylardan iborat, bo’lib ular bo’g’imni mustahkamlaydi. Ba'zi bir suyaklardagi
bo’g’im yuzalarining mos kelmasligi inkongruent (nomuvofiq) bo’g’im hosil
qiladi. Bunda bo’g’im yuzalarini mos keltirish uchun qo’shimcha hosilalar bor.
Masalan, tog’ay disklar umurtqalarning birikishi uchun, tog’ay mensklar
14
(yarim disk) esa tizza bo’g’imini hosil qilish uchun tog’ay lablar yelka bo’g’imida
bo’ladi. Sanab o’tilgan qo’shimcha hosilalar inkongruent bo’g’imni
muvofiqlashtiradi va kongruent bo’g’im hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |