Mushaklar haqida ma’lumot
Harakat a'zolari tizimining faol qismi bo’lgan mushaklar tolalarining
qisqarishi hisobiga tanani harakatga keltiradi.
Mushak- musculus, lotincha mus- sichqon degan ma'noni anglatadi, asosiy
tarkibiy qismi bir-biriga parallel yo`nalgan mushak tolalarining tutamlaridan
tuzilgan. Tuzulishi va vazifalariga ko’ra barcha mushaklar uch turga bo’linadi:
1.Odam ixtyoriga buysunib qisqaradigan ko’ndalang - targ’il (skelet)
mushaklar jumlasiga kirib, qorin, bo’yin, bosh, qo’l va oyoq mushaklari misol
bo’la oladi.
2.Odam ixtiyoriga buysunmay qisqaradigan silliq mushaklarga oshqazon,
ichak va qon-tomirlari devorlaridagi mushaklar misol bo’la oladi.
3.Yurak mushaklari tuzilishi jihatidan ko’ndalang - targ’il mushak
tolalaridan iborat bo’lib, vazifasiga ko’ra odam ixtiyoriga bo’ysunmay qisqaruvchi
o’ziga xos mushak tolalaridan tuzilgan. Mushaklar bir-biriga bo’g’imli, ikki
bo’g’imli va ko’p bo’g’imli bo’lishi mumkin. Agar mushak bir bo’g’im ustidan
o’tsa ikki bo’g’imli deyiladi.
Odam skeletini o’rab turuvchi 600 dan ortiq mushaklar tana og’irligining 2/5
qismini egallaydi, aniqrog’i o’rta yashar odamda tana og’irlig’ining 40% ini,
qariyalarda 30% ini, yosh bolalarda esa 25% ini mushaklar tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |