«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi»



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə5/6
tarix15.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#156029
1   2   3   4   5   6
17458 (2)

OLAMNI MAHLIYO AYLAGAN DIYOR
...Bir voqea mening ko‘z oldimdan elas-elas o‘tadi. O‘shanda men chamasi 5—6 yoshlarda edim. Qo‘shnimizning uyida odam gavjum, mahallaning kattakichigi yig‘ilgan. Kimdir ko‘cha-hovlilarni supurgan, kimdir ayvonga joy solgan, kimdir poyandoz uchun oq matoni taxlagan. Barcha o‘z ishini bilib-bilib qilar, xullas, jam bo‘lganlarni ko‘rinmas odam boshqarayotgandek edi. Mana, kutilgan daqiqalar ham keldi. Hamma darvozaxonaga tizilib turib oldi, yo‘lakka boyagi oq poyandoz ham solindi. Eshikdan Robiya aya bilan Abdurahmon ota kirib kelishdi. Ular oppoq kiyinishgan. Nazarimda, darvozaxonadan nur qalqib kelayotganga o‘xshardi. Hovlida yig‘ilganlar ularni xursandchilik bilan kutib olishdi... Duoyi fotihadan keyin mahallaning kattalaridan: «Ha, davlatimizga rahmat, biz musulmonlarga Haj amallarini bajarish imkoniyatini berdi-ya. Ota-bobolarimiz buni armon qilib ketishdi. Kim o‘ylabdi deysiz, bunday imkoniyat bizga berilishini. Yurtimizning tinchligiga ko‘z tegmasin...» degan gaplarni eshitdim. O‘sha vaqtlarda bu gaplarning mazmuniga tushunmasam-da, qachonlardir og‘ir kunlar bo‘lganini his qilgandek edim...
2017-yilda o‘tkazilgan «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» bo‘yicha
esselar tanlovi g‘olibi I. Obidovaning ishidan
Din madaniyat rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, u umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazish borasida ham muhim ahamiyatga ega. Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ba’zi kuchlar dinning jamiyatdagi vazifalaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinishlarini ham kuzatish mumkin. Natijada minglab kishilar dinsizlikda ayblanib, qonlari to‘kilmoqda. Turli diniy shiorlarning noto‘g‘ri talqin qilinishidan ham begunoh insonlar jabr chekmoqda.
Ana shunday salbiy holatlarning oldini olishda dinning turli xalqlar o‘rtasida muloqot o‘rnatishi, ularni ma’naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirishi, zulm va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashga chaqirishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Barcha dinlar ezgulikni targ‘ib qiladi. Din va ilm-fan bir-birini to‘ldirib turadi.
Insonning asosiy vazifasi o‘zini o‘rab turgan olam sirlarini o‘rganishdan iborat. Fanlarning holati ham ana shunday. Ularni kishining turmushi uchun bo‘lgan ehtiyoj dunyoga keltirdi. Shunga muvofiq tarzda fan tarmoq otdi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin