«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi»



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə1/6
tarix15.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#156029
  1   2   3   4   5   6
17458 (2)


So‘z boshi
Din azaldan kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlagan. Markaziy Osiyo xalqlari e’tiqod qilib kelgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq, ijtimoiy hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan.
Dinni o‘rganish — bu inson ma’naviy dunyosini o‘rganishdir. Diniy manbalar insoniyat tarixida sodir bo‘lgan ibratli voqealarni o‘zida mujassam qilgan, ular kishilarni axloqiy tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Bu esa insonning hayot so‘qmoqlarida adashmasligi, yaxshi-yomon, oq-u qorani anglab yetishi hamda o‘z umrini oqilona tashkil etishi uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Natijada insonning turmush tarzi yuksalib, jamiyatda taraqqiy etadi. Dinga e’tiqod qilish va vijdon erkinligi masalasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan. U xalqaro huquqiy me’yoriy talablarga to‘liq javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi:
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida vijdon erkinligining ta’minlanishi, barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklarga, jumladan, e’tiqod erkinligi huquqiga egaligi, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi ko‘rsatilgan.
Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda milliy qadriyatlar bilan bir qatorda diniy qadriyatlarning ahamiyati ham katta. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi so‘zlarida bu tamoyil o‘zining yorqin ifodasini topgan: «Mamlakatimizni demokratik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari, yuksak texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish bilan birga, muqaddas dinimizni, milliy o‘zligimizni asrab-avaylab yashashni maq sad qilib qo‘yganmiz». Bunday yondashuv hayotiy asosga ega bo‘lib, u din sohasida kechayotgan o‘zgarishlarni xolis, ilmiy o‘rganish va shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlarni yanada rivojlantirish, salbiy holatlarning oldini olish uchun imkoniyat yaratdi. Ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgan ilk yillardanoq din, bag‘rikenglik masalalariga katta e’tibor berildi. Dinning insonparvarlik falsafasi, ezgu g‘oyalari va buyuk ajdodlarimiz merosidan bahramand bo‘lish, ushbu yuksak qadriyatlarning yoshlar qalbidan joy olishi uchun mamlakatimiz ta’lim tizimi sohasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Dunyo dinlari tarixi bo‘yicha zaruriy ma’lumotlarni o‘zida mujassam qilgan, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi ushbu darslik ham yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning natijasidir.
Mualliflar jamoasi kitobni nashrga tayyorlashda o‘z maslahatlari bilan yaqindan yordam bergan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Toshkent islom instituti rahbariyati va professor- o‘qituvchilariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarining ijtimoiy kafedralari mudirlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.




Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin