YAYLOV MINTAQASI
Respublikamiz teritoriyasidagi dengiz sathidan 2700-2800 m va undan baland bo`lgan barcha yerlar yaylov mintaqqasiga kirib , alb va subalp o`tloqlardan iborat. Bu mintaqada buta va daraxtlarning o`sishi uchun sharoit yo`q. yaylov hududiga Tyanshanning g`arbiy qismi,Chotqol, Pskom ,Hisorning janubi g`arbiy qismidagi yuqori tog` mintaqalari kiradi. Tuprog`I och va to`q ranglarda bo`lib toshlardan iborat. Iqlimi subneval. Yillik o`rtacha yog`in miqdori 600 ming mm.
PASTKI YAYLOV harakterli tomoni mezoit- o`rtacha nam talab qiluvchi o`simliklarning ko`pligidir. Pastki yaylovda dengiz sathidan 2700-2800m dan 3200m balandlikda bo`lgan yerlar kiradi. Tuprog`itoshli qoyali joylar ko`p . yerning yuza qismi ko`pincha boshoqdoshlar va chim hosil qiluvchi o`simliklarning ko`pligi bilan xarakterlanadi.
O`RIKARCHA (juniperus turkistanika ) sarvdoshlar oilasidan , bo`yi 12- 18 m ga yetadigan 2 uylli daraxt, bazilarining bo`yi 2 m oshmaydi shershox, qalin shoxlari yuqoriga qaragan. Bargining uzunligi 2 mm tuxumsimon uchi o`tkir. May oyida gullaydi, mevasi iyul – iyun oyida pishadi. Mevasi sersuv qand moddasiga boy. Uztgi tomoni yaltiroq, qoramtir ko`kish rangli parda bilan o`raglan . u 300 – 500 yilgacha yashaydi . axamiyati suvni tuproqda uzoq vaqt saqlaydi , qorlqrni tez erishiga yo`l qoymaydi natijada tuproq eroziyasi sodir bo`lmaydi. Yosh novdalarida 0,73 -0,87 % efir moyi ham bo`ladi.
CHETAN (Sorbus persika ) ranoguuldoshlar oilasidan, boyi 3-5 m yetadigan buta yoki daraxt. Barglari nashtarsimon o`tkir uchli, uzunligu 10 – 16 sm, iyun oyida gullaydi. Qizil rangli gullarnind bir nechasi yig`ilib diometri 15 sm bo`ladigan to`p gul hosil qiladi gulkosasi uchburchak mevasi avgust oyida pishadi.qurilish materiali siffatida keng foydalaniladi.
SHASHIR ( Prangos poppulariya ) soyabonguldoshlar oilasidan bo`yi 1 m yetadigan ko`p yillik o`simlik. Poyasi bir nechta, bir oz dag`al, yo``l – yo`l chiziqli. Ildiz oldi barglari uzun bandli uzunligi 40 sm , ellipssimon 4 – 5 patsimon bo`lakli. U may – iyun oyida gullaydi. Gullari soyabon shaklida topgul xosil qiladi . gultoji bark teskari tuxumsimon , uzunligi 1,4 mm mevasi iyun- iyul oylarida pishadi. Uzunchoq silidrsimon, binafsha rangli bo`lib chetlari qanotchali. Uni ko`kligida o`rib hashak siatida qishga jamg`ariladi.
GERAN ( Geranium regelii ) yoronguldoshlar oilasidan , bo`yi 10 – 30 sm ko`p yillik o`simlik .asosan poyasiz bo`lib yotib o`sadi yoki bir necha tik oqsuvchi kalta poyalar hosil qiladi.barglari mayday bo`lib eni 0.8 – 3 sm 5 – 7 bo`lakli kesiklar rombsimon yoki tuxumsimin shaklda bo`ladi. Ildiz oldi barglari bandli, poyada joylashgan barglari esa bandsiz. U iyun – sentabr oylarida gullaydi. Gulkosasi mayin uchsimon chetlari pardasimon. Gultoji qoramtir pushti rangda uzunligi 14 – 20 mm . mevasi iyul – sntabr oyida pishadi. Geran subalp allp o`tloqlarida lanshaft hosil qilib o`sadi.
BETAGA ( Festura kryloviana ) boshoqdoshlar oilasidan bo`yi 15 – 40 cm ko`p yillik o`simlik. Poyasi tik o`suvchi, tuksiz, silliq. Tilchasi kioriksimon. Bqrglari qalqonsimon eni 0,3 – 1 mm, silliq.iyyul oyida gullaydi ro`vagi tig`iz boshoqsimin uzunligi 3 – 5 sm, boshogining uzunligi 6-8 mm 4-6 gulli ko`kish qoramtir qo`ngir rangda. Mevasi avgust oyida pishadi.
YUQORI YAYLOV (dengiz sathidan 3000-3200 m da joylashgabu yerda efemerlar umuman yoq deyish mumkin.o`simliklar qoplamining asosiy qismini kserofit xarakteridagi o`tli o`simliklar tashkil etadi.bu yerda buta va daraxtlar umuman yo`q deyish mumkin. Tuprogi to`q jigar rang qo`ng`r, yumshoq tuproq.subtropik iqlimli bu joy ancha sernam bo`lib, yog`ingarchilik yil bo`yi davom etadi.
NAVRO`ZO`T ( Primulla oigae ) navro`zo`tdoshlar oilasiga mansub bo`yi 50 sm ko`p yillik o`simlik. Ildizi kalta, poyasi tik turuvchi o`simlik bo`lib, poyasi yon shoxlarni hosil qiladi. Barglari jo`zinchoq teskari tuxumsimon bo`libuchi bir oz o`tkir chetlari butun yoki mayday tishchali.iyun oyida gullaydi. Gullari soyabon shaklda,gulkosasi keng qo`ngiroqsimon.gultoji binafsha rangda. Mevasi iyul oyida pishadi. Ko`sagibir oz duumaloq bo`lib uning ichida uzunligi 1 mm keladigan urug`simon shakldagiurug hosil bo`ladi.respublikamizda uni 10 turi tarqalgan.
L AGOTIS(Lagotis karokovii)sigir qo`yriqdoshlar oilasidan bo`yi1-2 sm ko`p yillik o`simlik. Bu deyarli poyasiz,tuksiz,ildiz bo`g`zi eski barglarining tolasimon qoldiqlari bilan o`raglan ingichka nashtarsimon o`tkir tishchali.iyun-iyul oylarida gullaydi.Gultoji pushti rang uzunligi 12-14 mm.Mevasi iyul-avgust oyida pishadi.Ko`sagining uzinligi 5mm ellips shaklda.U biologiyasi hali to`liq o`rganilmagan.
TO`NG`ISIRT(Cobresia pamiralaiga)hiloldoshlar oilasidan bo`yi 15-70 sm ko`p yillik o`simlik poyasi ko`p,yo`g`onligi 1-2 mm tik o`suvchi silindir simon bo`lib juda qalin chim hosil qiladi.Bargining tashqi novi bargsiz,qattiq,qo`ng`ir-kulrang,uzunligi 4-6 sm uzinligi bigizsimon qayrilgan.Iyul oyida gullaydi.To`p gulli qo`ng`ir rangli va boshoqsimon shaklda. Mevasi avgust oyida pishadi.Yong`oqchasi teskari tuxumsimon,tumshuqchali.Alp tog`ining o`tloqlarida alohida manzara hosil qilib o`sadi.
Dostları ilə paylaş: |