Hamroyeva maftunaning



Yüklə 378,5 Kb.
səhifə1/24
tarix10.05.2022
ölçüsü378,5 Kb.
#57449
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Kurs ishi adir o`simliklar mavzuni o`qitishning innovatsion texnologiyalari




A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti

Tabiatshunoslik fakulteti

Bioligiya va inson hayotiy bo`limi yo`nalishi

kurs A ­guruh talabasi

HAMROYEVA MAFTUNANING




Mavzu: Adir o`simliklar mavzusini o`qitishning innovatsion texnologiyaklari

RAHBAR: Ravshanova M


Jizzax sh

REJA:
I.Kirish

II.Asosiy qism

1. Zamonaviy o`qitishning innovatsion texnologiyalari.

2.Adir mintaqasi o`simliklari

3. O`qitish muhitiga qo`yiladigan zamonaviy talablar.

4.Yaylov mintaqasi o`simliklari

III. Qizil kitob va uning ahamiyati, O`zbekistondagi foydali va zararli o`simliklar

IV. XULOSA

Kirish

Yer sharida uchraydigan barcha o`simlik turlari hech vaqt yakka(boshqa tirik organizmlardan ajralgan) holda hayot kechira olmaydi.Muayyan bir yerning o`zida bir necha o`simlik turlari birgalikda o`sayotganini ko`rish mumkin.Bu o`simliklar tuban va yuksak o`simlik vakillaridan tashkil topgan bo`ladi. Haqiqatdan ham barcha gulli o`simliklar bilan birga tuproqda ba`zi suv o`tlari bakteriyalarni va zamburug`larni uchratish mumkin. O`simlik jamoasi (guruhi) deganda,muayyan bir yerda bir guruh o`simliklarning birgalikda yashashi va ma`lum manzara hosil qilishi tushiniladi.yer yuzida bunday guruhlar turli hil o`simliklar (o`rmon,o`tloqzor,botqoqlik,dasht,cho`l o`simliklari va hakozo)tipini tashkil qiladi.O`simliklarning yer yuzida tarqalishi, tarqalish qonuniyatlarini o`simliklar geografiyasi o`rganadi. O`simliklarning tarqalishi haqida gap borganda, har bir geografik zonaning o`ziga xos tabiiy sharoitlari, ayniqsa tashqi muhit sharoitlarini bilish zarur.Bu vazifa bilan esa botanikaning yana bir tarmog`i-o`simliklar ekologiyasi shug`ullanadi. Har bir konkret yerning, iqlim ,tuproq, relief va boshqa sharoitlarni o`rganish asosida shu yerda o`sadigan o`simliklar hayotini aniq tsavur etish mumkin bo`ladi.O`simliklarning umumiy tashqi muhit qolaversa, konkret tuproq sharoitiga bolgan munosabatini botanikaning boshqa tarmog`i - geobotanika o`rganadi. O`simliklar geografiyasi umuman botanika fanining rivojlanishida Osiyo shu jumladan, O`zbekiston territoriyasida olib borilgan botanik geografik tekshirishlarda hissa qo`shgan olimlarning soni juda ham ko`p. Masalan, S.I.Korjinskiy, A.I.Kraspov , V.L.Komarov , M.G. Popov, I.M.Krashnikov ,N.V.Pavlov, I.T.Vasilchenko, N.T.Nichaeva, I.I. Grapitov, P.Zokirov va boshqalqr.Yuqorida nomlari qayt etilgan olimlarning kuzatishlari asosida O`rta Osiyo va O`zbrkiston o`simliklarining tarqalishi va joylashishiga doir klassifikatsiyalar tuzilgan. Maskur klassifikatsiyalar ( yoki sistemalar) asosida o`simliklarning mintaqalar bo`yicha taqsimlanish prinsipi yotadi. Ayniqsa P.Zokirov sistemasi o`zining qulayligi, aniqligi va oddiyligi, bilan boshqalaridan farq qiladi. Qoraqarag`ay o`rmonlari Tyanshanning Jung`oriya , Zaili , Chotqol, Talas tog`larida uchraydi va bir necha formatsiyalarni tashkil qiladi Qoraqaragay pixta o`rmonlari asosan, Chotqol va Farg`ona tog`larida uchraydi. O'simliklar geografiyasi o'z ichiga kuyidagi mustakil bo'limlarini oladi.

Jahonda fan va texnika taraqqiyotining jadallik bilan amalga oshishi, innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bunday o‘zgarishlar globallashuv sharoitida barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, o‘z navbatida ta’lim sohasiga nisbatan yangi talablarni qo‘ymoqda. Natijada eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan ta’limning barcha bosqichlarida, ta’lim-tarbiya berish va natijalarni baholash samaradorligini oshirish, o‘qitish usullarini takomillashtirish orqali barcha insonlar uchun ularning hayoti davomida sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish muhim dolzarblik kasb etmoqda.

O‘quvchilarda amaliy faoliyat tajribasini tarkib toptirish, tayanch kompetentsiyalarni shakllantirish orqali ijtimoiy hayotga samarali tayyorlash jarayonlarini tashkil etish va pedagoglar kompetentligini rivojlantirish, kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish orqali o‘quvchilarni hayotga tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

“Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy- axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish”1 kabi vazifalar belgilab berildi.



1. Floristik geografiya. Bu bo'lim avlod, oila va shu kabi sistematik birliklarning xamda o'simlik guruxlarining (o'rmon, dasht, cho'l, tog) er yuzidagi tarkalish konuniyatlarini o'rgatadi. 2. O'simliklarning ekologik geografiyasi - o'simliklarning tashki muxit bilan o'zaro munosabatini o'rganadi.

3. Tarixiy geografiya - iklim xamda er kobigining o'zgarishi natijasida er yuzida sodir bo'lib, turadigan o'simliklarning tarkalish konuniyatlarini o'rgatadi.

4. Geobotanika yoki fitotsenologiya - O'simlik jamoalarining yashash joyi sharoiti va xududlarga boglik xolda tuzilishini va ularning taksimlanishini o'rgatadi.

Ma'lum bir xududda o'suvchi o'simlik turlarining yigindisiga flora deyiladi. Masalan: O'zbekiston florasi, Kozogiston florasi va xokazo. Bir mamlakat florasi boshka mamlakat florasidan xamma vakt fark kiladi. Chunki ularning iklimi va tuprok sharoiti xamda o'simlik turlarining kelib chikishi turlichadir.



O'simlik turlarining er shari bo'ylab tarkalishi ma'lum konuniyat asosida bo'lib, ular kuyidagilardan iboratdir.

1. Shimoldan Janubga borgan sari o'simlik turlari ortaveradi. Chunki iklim o'zgarib, o'simliklarning yashashi uchun sharoit yaxshilanib boradi.



2. O'simlik turlari togli tumanlarga nisbatan tekislikda kamrok bo'ladi. Sababi toglarda iklim va tuprok sharoiti xilma xildir.

3. Geologik jixatdan oldin xosil bo'lgan toglar va tekisliklarda o'simliklar soni, nisbatan yangi bo'lgan xududlarga karaganda ko'prok bo'ladi.

4. Tropik va subtropik mamlakatlarda iklim sharoiti o'ta kulayligi tufayli ularda o'simlik turlarining soni ko'p bo'ladi. Masalan: MDX da yuksak o'simliklarning 16 mingga yakin turi uchragan bo'lsa, Braziliyada 40 ming. O'rta Osiyoning togli tumanlarida yukori o'simliklarning 5 mingga yakin turi o'sadi. Cho'l zonasida xammasi bo'lib, 800 ga yakin o'simliklar turi uchraydi.

3. O'simlik turlarining kelib chikishi, tabiatda tutgan o'rni, xalk xo'jaligida foydalanishiga ko'ra barcha yuksak o'simliklar kuyidagi guruxlarga bo'linadi. 1. Madaniy o'simliklar. Bular insonlar tomonidan ekib, o'stiriladigan o'simliklar bo'lib, odamlar ularning xosilli sifatli tur va navlarini yaratganlar. Masalan: go'za, bugdoy. G. N. Shlikov ma'lumoticha xozir ekiladigan o'simlik turlarining soni 30000 ta bo'lib, insonlarning doimiy foydalaniladigan turlari 11 mingni tashkil kiladi.

O'zbekistonning o'simliklari, xususan dendroflorasi turli mamlakatlardan keltirilgan yangi daraxt va buta o'simlikar xisobiga boyimokda. Masalan: Virgenya xurmosi, pushti gulli akatsiya, katalpa, Amerika zarangi, tuxmak, shark xurmosi, beresklet, sovun daraxti, lola daraxti, magnoliya va shu kabilar.



2. Yovvoyi o'simliklar evolyutsion jarayonlar natijasida yashashga moslashgan tabiy sharoitda o'sadiagn o'simliklardir. Masalan: O'rta Osiyo cho'l zonasidagi shovoklar, korabosh, yantok, lolakizgaldok, saksovullar. Tog zonasidagi yovvoyi olma, yongok, archa, do'lana, bodom, pista, botkoklarda o'suvchi kamishlar, ko'galar, suv o'tlari, moxlar.

3. Begona o'tlar. Bularni transpiratsiya koyfitsenti madaniy o'simliklarga nisbatan yukori bo'ladi. Masalan: go'zada 500-600 g, bugdoyda 500 g, juxorida 300 gr -ga teng bo'lsa, gumayda 750, sho'rada 800, ok shuvokda esa 950 gr- ga tengdir. go'zani o'rtacha o't bosganda xar ga dan 1000 - 1800 m3 suv ortikcha sarf bo'ladi.

Begona o'tlar kelib chikishiga ko'ra antropoxor-boshka joylardan kelgan va apofit - maxalliy begona o'tlarga bo'linadi. Apofitlar. 1. Ekinzor va ko'chatzorlarda o'sadigan segetal apofitlar.

2. Tashlandik joylarda o'sadigan ruderal apofitlar.

3. Insonalr tomonidan yaratilgan suv xavzalarida o'sadigan gidroapofitlar.

4. Suv omborlari va sugorish vositalarining chekkalarida o'sadigan gigroapofitlarga bo'linadi. Begona o'tlar bir yillik, ikki yillik va ko'p yillik begona o'tlarga ajratiladi.



O'simliklarning floristik geografiyasi. O'simliklarning areali. Areal yunoncha, "area" so'zidan olingan bo'lib, maydon, xudud degan ma'noni bildiradi. Ma'lum bir o'simlik turi, avlodi yoki oilasining er yuzida tarkalgan mayodoni areal deb ataladi. Areal turli kattalikda bo'lishi mumkin. Ma'lum tur, avlod tarkalgan arealga nisbatan oila areali kengrok va kattarok bo'ladi. Bir arealda uchraydigan o'simlikarning turlari shu xududda bir tekis bo'lmay, yashash uchun kulayrok joylarida ko'prok., nokulay zonalarida esa kamrok uchraydi. Areallar ikki xil bo'ladi. Tabiiy areal, sun'iy areal. Masalan: oddiy kamish er sharining shimolidan tortib janubidagi eng chekka kengliklargacha bo'lgan barcha kit'alarda o'sadi. Areali er shari kurukligining yarmidan ko'pini egallaydigan o'simlik turlari kosmopolitlar deb ataladi. (jag-jag, koki o't, sho'ra, ko'ngirbosh, keng bargli zubturum).

Tutash areal deb, ma'lum tur individlarning shu arealni tashkil kilgan maydonlari bo'yicha tarkalishiga aytiladi.

Uzilgan areallar, chuchuk bodom (Amygdalus communis) O'zbekistonning Parkent tumani va Turkmanistonning garbiy Kopetdogida o'sadi. Ayrim turlarining areali tor bo'lishi mumkin, chunki, tashki muxitning keskin kiskarishi natijasida ular yashaydigan maydon keskin kiskarishi mumkin. O'zining sobik maydonlarida saklanib kolgan bu turlar relekt turlar yoki relektlar deyiladi. Masalan: yongok (juglans regia). Juda xam kichik arealni ishgol kiluvchi turlar endimik turlar yoki endimiklar deyiladi.

O'z arealini kengaytirishga ulgurmagan yoki kengaytira olmaydigan turlar neoendemiklar deyiladi. (togli mamlakatlarda yoki orollarda o'suvchi o'simliklar). Er yuzida joylashib ulgurmagan yosh turlar paleoendemiklar deyiladi.

Lentasimon areal -masalan: turangil teragi Sirdaryo, Amudaryo va boshka daryolar bo'ylarida o'sadi. Areal chegaralariga antropogen omillar xam katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan: O'rta osiyo toglari va cho'llarida o'suvchi archa, pista, bodom, yongok, yovvoyi olmalar, saksovul, shuvok, bularning areali ancha toraygan. Insonlar areallarni kengaytiradi xam, masalan: o'rta tolali go'za Amerikadan, ingichka tolali go'za Misrdan, pomidor - kartoshkalar Janubiy Amerikadan olib kelingan.

Insonlar o'z xayot faoliyatida o'zi uchun kerakli o'simliklarni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirib turadilar. Bu umumiy nom bilan introduktsiya deyiladi. Masalan: Xitoydan Kavkazning kora dengiz soxillariga choy, tsitrus, bambuk, tunga daraxt olib kelib ekilishi.



O`zbekiston asosan ikki azim daryo –Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida joylashgan . U Orol dengizi va ustuyrt tekisligidan tortib , qorliTyanshan va Pomir –Oloy tog`larigacha, Amudaryo yoqalaridan trtib , Qizilqum cho`llarigacha bo`lgan g`oyat katta territoriyani egallaydi.Uning umumiy maydoni 449,6ming kv km ni tashkil etadi.

O`zbekiston relyefining notekisligi, mikro relyefining turli tumanligi uning tabiiy sharoitiga keskin ta`sir etadi.Shu sababli uni aniq bir iqlim mintaqasiga kiritib bo`lmaydi. Lekin umumiy joylashishi ,sharoitini hisobga olib ,uni o`rtacha mintaqaning cho`llar zonasiga kiritishadi.O`zbekiston o`simliklarga boy o`lka ,VI tomlik ,,o`zbekiston florasida” 4148 ta tur qayd etilgan.



Yüklə 378,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin