Kurs ishi adir o`simliklar mavzuni o`qitishning innovatsion texnologiyalari
BEKLARO`TI( ECHINOPHORA SIPTHORPIANA GUS) soyabonguldoshlar oilasidan bo`yi 30-50 sm ko`p yillik o`simlik poyasi tik tuklar bilan qoplangan ildizi o`q ildiz. Barglari poyasini o`rab turadi 3 marta patsimon bo`lingan. Mart oyida ko`karadi. Iyul oyida gullaydi ,gultoji tukli uzunchoq sarg`ish rangda mevasi avgustda pishadi.bo`z tuproqda yaxshi o`sadi.
ROVOCH(RHEUM MAHIVITSIY ) torondoshlar oilasidan bo`yi 2 m ko`p yillik o`simlik barglai 40 sm yog`on bandli. Yirik barglari ildiz oldida doira shaklida joylashgan mart oyida ko`karadi. Dastlab barglari oqish bo`lib keyin yashil tusga kiradi. Faqat to`p gul o`rnashgan qismidan novdalar chiqadi. May-iyun oylarida gullarida gullaydi , gullari mayday. Mevasi iyun –iyul oyida pishib 3 qirrali yong`oqcha bo`lib uzunligi 2 sm. Urug`idan ko`payadi . etli bandi istemolga ishlatiladi. Ildizi oshlovchi tanid moddasiga boy . bo`yoqchilikda va dori tayyorlashda keng ishlatiladi.
BODOM(AMIGDALUS SPILOSIMA)ra`noguldoshlar oilasidan 2-3 mli buta yoki kichik daraxt uning tanasi ser shoh tikanli shoxlarning uzinligi 2-4sm eni esa uzinligidan 2-3 marta qisqa . barglari lansetsimon hushbo`y gullari barg bilan birga yoki oldinroq chiqadi . mart oyining o`rtalarida ko`karib gullaydi. Gullashi aprelgacha davom etadi gultoji oq pushti rangli . iyun –iyul oylarida mevasi pishadi. Shakli tuxumsimon ,usti qalin tuklar bilan qoplangan. Bodom danagining mag`zida moy ko`p. bodomning mag`zida oz miqdorda zaharli modda-amigdalin bo`lib tibbiyotda ishlatiladi.