Kurs ishi adir o`simliklar mavzuni o`qitishning innovatsion texnologiyalari
G`OZPANJA (potentilla songorika ) ra`noguldoshlar oilasidan, bo`yi 10-40 sm ko`p yillik o`simlik. Poyasi yotib o`sadi. Borg qo`ltig`idan chiqqan gulbandlari yuqoriga ko`tarilgan holda joylashadi. U mart oyining ohirida ko`karadi. Ildizi o`q ildiz , yo`g`on ko`p tugunli, usti eski barrg qoldig`lari bilan qoplangan,qo`ng`ir rangda. Aprel may oylarida gullaydi. Gulkosasi ko`m-ko`k yoki qizg`ish. Gultoji sariq, teskarri tuxumsimon,gulkosasidan 1,5 marta uzun. Changchisi 20 ta , urug`chisi uzunchoq oval shaklida. Mevasi tuxumsimon,urug`idan yaxshi unadi.