Hamroyeva maftunaning



Yüklə 378,5 Kb.
səhifə6/24
tarix10.05.2022
ölçüsü378,5 Kb.
#57449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Kurs ishi adir o`simliklar mavzuni o`qitishning innovatsion texnologiyalari

Mintaqalar

Ming ga

%

Adir

2479,7

9,5%

Tog`

961,9

2,13%

Yaylov

701,8

1,55%

Ekin ekiladigan yerlar

11577,7

25,66%

JAMI

45115,9

100%


ADIR MINTAQASI.

O`zbekiston teritoriyasining dengiz sathidan 500m dan 1200(1400)m gacha bo`lgan joylar adir mintaqasiga kiradi.Respublikamizning barcha tog` etaklari ,chunonchi:Toshkent, Farg`ona,Andijon, Namangan,Samarqand viloyatining ko`p qismini adir mintaqasi tashkil etadi. Relyefining notekisligi,bo`z tuproqdan iboratligi,o`aimliklarning asosiy qismini rang va qo`ng`irbosh o`simliklari tashkil etishi bilan ajralib turadi.O`zbekiston adirlari turli hil o`simliklarga boy. Ko`pgina tekis adirlarda g`alla(arpa,bug`doy,suli)ekiladi.



R ANG(karex pachustulis)hiloldoshlar oilasidan bo`lib,bo`yi 6-20sm ga yetadigan ko`p yillik efemer o`simlik. U chin hosil qilib o`sadi qalinligi8-9sm ga boradi.Asosan ildizi yordamida vegetativ yo`l bilan ko`payadi. U ko`pincha kuzda ,yomg`ir yog`sa (noyabr oyining oxiri-dekabr oyining boshlarida) ko`karadi.Qishda barglarini sovuq uradi . erta bahorda fevral oyining oxiri,mart oylarining boshlarida qayta ko`karadi. Aprel oyida gullaydi. Gullari sariq rangda . May oyida mevasi pishadi. Urug`idan o`sishi juda qiyin. Qishda o`simliklar qurib qolganda u yam yashil bo`lib o`sadi va chorva mollari uchun to`yimli ozuqa bo`ladi.

QOQIO`T(Taraxakuoffikinal)murakkab guldoshlar oilasidan ,bo`yi5-15sm keladigan ko`p yillik o`simlik . uzunligi 10-25sm, eni 3-6sm keladigan patsimon bo`lingan,uchki tomoni ancha katta,uchburchak shaklida. U mart oyida ko`karadi. Aprel-may oylarida gullaydi. Gullari savatchada joylashgan sariq rangda. Urug`i iyun-iyul oylarida pishadi.


ISFARAK (Delphinium simibarbatum Bienert ) ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bo`yi 35-75 cm ga etadigan ko`p yillik. O`simlik barglari uzun bandga o`rnagan. Barg yaprog`ibarg bandidan chiqadi va 5 bo`lakka bo`linadi. Ularning har biri yana o`z navbatidaensiz, ipsimon uzun bo`lakchalarga bo`linadi. Ildizi o`q ildiz. Mart oyida ko karadi apreldan iyun oyigacha gullaydi. Gullari sariq rangda uzunligi 35-40 sm keladigan to`pgulga sich joylashgan.ayrim gulning uzunligi 2 sm 1 sm tikani ham bor.guli1,5 sm uzunlikdagi gul bandiga o`rnashgangulbandining bir tomoni tukli bo lib sariq bo`rtmasi bor.urugi iyul oyida pishsdi. Uning tanasida 0,25-0,75 %alkaloid bor.

MOMIQ( Lachnophyiium gossyipinum Bge)murakkab guldoshlar oilasidan bo`yi 10-60sm bir yillik o`simlik, barglari ildiz bo`g`zida va yon shoxchalari ostida joylashgan. Poyasi tik yumshoq avgust oyida gullaydi gullari oq ko`kish 1 sm uzunlikda. Gulkosasi sarg`ish, urig`I iyul – avgustda pishadi u savadchada joylashgan 1 savatchada 80 dan ortiq urug` bo`ladi., urug`idan yaxshi unadi. Qurg`oqchilikka juda chidamli. Yer ostki qismi tarkibida 0,1-0,4 efir moyi bo`ladi. Momiq shirasi bilan turli yara va chipqonlar davolanadi.

SHIRACH (Eremurus algae ) piyozguldoshlar oilasidan. Bo`yi 30-80 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Barglari juda etli poyasida barglari bo`lmaydi. Mart – aprel oylarida ko`karadi. May – iyun oylarida gullaydi , gullari poyaning uchida popuk shaklida o`rnashgan, pushti rangda. Mevasi iyun – iyulda pishadi. Tashqi ko`rinishi dumaloq chanoq shaklida bo`lib , uning ichida urug` yetiladi. Ildizi popuk ildiz.o`zbekistonda 20 ortiq uri bor.


Yüklə 378,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin