Karimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.
jonli til va obrazli iboralar bilan bayon qilingan. Asarning boshidan oyoq beva-bechora, mehnatkash omma manfaatini himoya qilish va maʼrifatga daʼvat etish ruhi bilan sugʻorilganligi Hamzaning haqiqiy maʼrifatparvar shoir ekanini tasdiqlaydi.1915 yilda Hamzaning “Milliy ashulalar” toʻplami bosilib chiqdi. Bu toʻplamdagi sheʼrlarning koʻpchiligida maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib etish davom etadi. Hamza avvalgi sheʼrlarida ilmli va yaxshi xulqli kishilarni maʼrifatparvar deb koʻrsatgan boʻlsa, endi u oʻz xalqi uchun jonini ham ayamaydigan, yuksak ijtimoiy ongli shaxslarni maʼrifatparvar deb talqin qildi. Bu uning ijodiga ijtimoiy voqelik taʼsir etganini, ijodkorning gʻoyaviy tomondan oʻsganini koʻrsatadi.
XULOSA
"Istiqlol jadid ziyolilarimiz orzulagan eng muqaddas tilak edi. Shu tilak yo'llarida ularning bor kuch-quvvati, navqiron yigitlik umrlari nisor bo'ldi, boshlari kundaga tortildi" [4. 3]. Mana shunday adiblarimizdan biri Hamza Hakimzoda Niyoziy ham yurt ravnaqi deb, millat ziyosi deb yonib yashadi. O'z asarlarining zohiri -yu botinini shu mavzu bilan naqshladi. Hatto, umrini-da bag'ishladi, biroq ko'plar ko'rolmagan istiqlol, HURRIYAT Hamza uchun ham orzuligicha qolib ketdi. XX asrda o'zbek millati tarixida yangilanish tarafdorlari bo'lib, she'riyat, nasr va dramaturgiyaga yangi shakl va mazmun olib kirishga harakat qilgan yetuk adiblarimiz yoqqan mash'ala esa hanuz o'chgani yo'q.
II BOB. Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati va darsliklari.
2.1. Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari didaktik asar sifatida
Jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniyning (1878–1934) ma’rifatparvarlik adabiyotida xizmatlari ko‘p. U maktablar ochib, shaxsan o‘zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shdi. Uning qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” “Maktab Gulistoni “asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari o‘zbek adabiyotining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Sa’diy (1184–1310)ning “Guliston” asaridan ta’sirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: “Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqg‘a g‘ayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tab’ihada muvaffaq o‘ldum, chunki Turkiston maktablarida o‘z shevamizda (o‘zbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal “Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanlig‘i o‘zum muallimlar jumlasidan o‘ldig‘imdan manga ham ochiq ma’lum o‘ldi. Shuning uchun ko‘p vaqtlar tajriba so‘ngidan adibi muhtaram shayx Sa’diy usulida yozmoqni, garchi og‘ir ish bo’lsa ham, o‘zimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan ko‘tarmakni munosib ko‘rdim”.4 Demak, aytish mumkinki, “Turkiy Guliston yoxud axloq” Sa’diyning “Guliston” asari usulida o‘zbek tilida yozilgan axloq kitobidir. «Turkiy guliston yohud axloq» asari buyuk Sharq mutafakkiri Shayx Muslihiddin Sa`diyning «Guliston» asariga nazira sifatida yaratildi. Shayx Sa`diyning «Guliston» va «Bo`ston» asarlari necha-necha asrlar davomida musulmon Sharq xalqlari maktab va madrasalari uchun asosiy qo`llanma sifatida mumtoz mavqyega ega bo`lgan. «Guliston» asri XIV asrda Sayfi Saroyi, XIX asrnnig 60-yillarida Muhammadrizo Ogahiy hamda 1909 yilda toshkentlik mudarrris va shoir Murodxo`ja domla Solihxo`ja Eshon o`g`li tomonidan tarjima qilindi. Ushbu tarjimalari orasida eng to`lig`i Murodxo`ja domlanining tarjimasi bo`lib, madrasa talabalariga mo`ljallab, hoshiyalariga zarur sharhlar bitilgan.
Abdulla Avloniyning mazkur asari 1913 yilda Toshkentda Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) usulida nashr etildi. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir.Bu asar maktab muallimlari va adabiyot muhiblariga ,,muhim asar’’ sifatida tavsiya qilindi.,,Sadoyi Turkiston’’ gazetasida 1914-yilning 3-dekabr sonida ,,Turkistonda zo’r shodlig’’ sarlavhasi bilan bosildi.Asar 64 bob 132 betdan iborat.U katta ikki bo’limdan iborat.1.Yaxshi xulqlar.2.Yomon xulqlar. Har bir bobiga alohida sarlavha berilgan. Asarda 34 ta fazilat ,21 ta illat haqida fikrlar bayon etilgan va jadid mullimlari iltimosiga ko’ra yozilgan.9 bobida axloq,tarbiya vauning turlari haqida mulohazalar,qarashlar berilgan.Yaxshixulqlar:fatonat(ziyraklik),diyonat,islomiyat,nazofat(poklik),g’ayrat, riyozat,qanoat,shijoat,ilm,sabr,hilm,intizom,miqyosi nafs,vijdon,Vatanni suymak va boshqalar. Yomon xulqlar: g’azab,shahvat, jaholat, safohat,hamoqat, atolat, hasohat, raxovat,anoniyat, adovat, namimat, g’iybat, haqorat, jibonat, hasad, nifoq,tama’ ,zulmdir.O’z mulohazalarini dalillash uchun Qur’on oyatlari, hadislar,buyuk allomalarning fikrlari,maqollar,she’riy parchalar keltirib o’tilgan. . Ulug` mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Buqrot, ibn Sino, Mavlono Rumsiy, Shayx Sa`diy, Mirzo Bedil fikrlarini keltiradi. Hazrati mavlono Rumiy aytadilar:,,Islomiyat ayni haqqoniyatdir.Haqni qabul qiluvchilar huquqi shar’iyani saqlamoqqa buyurilmishdirlar.Chun-ki shariat hukmlarining eng asosiy ildizi haqqoniyatdan iboratdur’’.-demishlar.
Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi» ilm-axloq haqida fikr yuritiladi.Asar yuqori sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan. Bu asar Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Nosir Hisravning «Saodatnoma», Sa’diyning «Guliston» va «Bo‘ston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Ahmad Donishning «Farzandlarga vasiyat» asarlari shaklidagi o‘ziga xos tarbiyaviy asardir. Asar bunday darslikka bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib 1917 yilda ikkinchi marta chop qilindi. Har ikki nashr ham hajm jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Faqat birinchisi kotib Abdusalom Abdurahmon o‘g‘li, ikkinchisi kotib Abdul Mannon ibni Abdul Majid dastxatidir.“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning uchinchi nashrini 1967 yili “O‘qituvchi” nashriyoti amalga oshirdi.Asarda ko’plab arabcha,forscha so’zlardan foydalanilgan. Bundan ko’rinib turibdiki Avloniy arab va fors tillarini mukammal bilgan. Bunda asarda uchragan diniy iboralar, Hadisdan olingan hikmatlar davr talabiga ko‘ra tushirib qoldirildi. Asarni “O‘qituvchi” nashriyoti 1992 yil asli nusxa yozuvida (arab yozuvi asosidagi o‘zbek yozuvida) va rus alifbosi asosidagi o‘zbek yozuviga o‘girilgan matni bilan birga, shuningdek, qiyin so‘zlar lug‘ati ilova qilingan holda bosib chiqardi.“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning qo‘lingizdagi beshinchi nashri sobiq nashrlar ichida eng mukammalidir. Bunda kotib Mannon Uyg‘ur dastxati matnining faksimeli, lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek yozuviga o‘girilgan matni, qiyin so‘zlar lug‘ati berilgan. Bundan tashqari Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” “Maktab Gulistoni” asarlaridan tanlangan hikoya, she’rlari ham ilova qilindi.Kitobni nashrga tayyorlashda Tavakkalova Dilnoza va Boboxonova Feruzalarning xizmatlari bor.Asar kitobxonlar e’tiboriga havola etilga ma’rifat darsligidir.Uning yoshlar axloqiy tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu asar, asosan, inson axloqi, ya`ni yaxshi va yomon xulqlar haqida fikr yuritadi. Asarning boshidayoq inson hayotida tarbiyannig buyuk ahamiyatiga zamondoshlar e`tiborini qaratadi. Inson hech qachon yomon bo`lib tug`ilmaydi yoki yaxshi odamangina yaxshi farzand yoki yomon odamdangina yomon odam tug`ilmaydi, farzandnnig barkamol inson bo`lib yetishuvida tarbiyaning ahamiyati buyukligini ta`kidlaydi:
Xudoning rahmati fayzi hama insonga yaksardur,
Va lekin tarbiyat birla yetushmak sharti akbardur.
Tug`ib tashlov ila bo`lmak bola, bo`lgay balo sizga
Vujudi tarbiyat topsa, bo`lur ul rahnamo sizga.
Temurchining balosi tarbiyat topsa, bo`lur olim,
Buzilsa xulqi, Luqmon o`qli bo`lsa, bo`lg`usi zolim.
Yomonlarga qo`shuldi Nuhning o`g`li o`ldi beiymon,
Yurudi Kaxf iti xo`blar ila bo`ldi oti inson.
Abdulla Avloniy o‘tmish mutafakkirlari kabi yoshlarni foydali kasb-hunar egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan quvuvchilarni, ularning odamgarchilikka to‘g‘ri kelmaydigan ishlar bilan shug‘ullanayotganini ko‘rib, ulardan nafratlanadi. Avloniy yoshlarni boylikka ruju qo‘ymaslikka undaydi. Boylikni o‘tkinchi bulutga o‘xshatadi. Abdulla Avloniy o‘tmish mutafakkirlari kabi yoshlarni foydali kasb-hunar egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan quvuvchilarni, ularning odamgarchilikka to‘g‘ri kelmaydigan ishlar bilan shug‘ullanayotganini ko‘rib, ulardan nafratlanadi. Avloniy intizomni inson xarakterini tarbiyalovchi, mukam-mallashtiruvchi manba, deb biladi hamda unga doim rioya qilish kerakligini ta’kidlaydi: «Intizom qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi, insonlar bir daqi- qa yashay olmas edilar. Har bir millatning taraqqiysi va toliysi ishlarini vaqtida, nizomdan chiqarmay tartibi ila yuritilmoqg‘a bog‘liqdur... Chunki tartib va nizomni rioya qilmagan kishilarning ishlari hamma vaqt notamom, o‘zlari parishon bo‘lurlar. Ammo ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning ishlari yerda, o‘zlari tinch va rohatda o‘tkarurlar». Vatan tuyg‘usi eng insoniy va eng mo‘tabar tuyg‘ulardan biri. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas, uning dardi bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq u bilan faxrlanmoq kerak. Vatan haqidagi qarashlari yanada muhimroq, yanada e`tiborliroq. Vatan Ona kabi yagona, Ona kabi muqaddas. Bu mavzu nechanecha adabiyot va san`at ahllari e`tiborini o`ziga jalb qilgan. E`tibor bering, 1970 yillar boshida Erkin Vohidov ,,O`zbegim’’, Abdulla Oripovnnig ,,O’zbekiston’’ qasidalari o`zbek xalqi orasida shunchalari aks sado berdiki, hatto sho`ro mafkurachilarini talvasaga solib qo`ydi. O`zbekiston bo`ylab birorta to`yu tomosha yo`qki, bu ikki she`r to`lib-toshib o`qilmasa yoki qo`shiq qilib aytilmasa. Nega millat his-tuyqularini shunchalar junbushga soldi bu ikki she`r?! Ongimizga 100 yildan ortiq o`zga millatning o`zga vatanning «buyuk»ligini singdirib keldilar. Xalqimiz o`z millati va o`z Vatani haqida iliq bir so`zga intiq edi.
Vatan, Vatan deya jonim tanimdan o`lsa ravon,
Banga na g’am, qolur avlodima o`z Vatanim.
G’ubora do`nsa g’amim yo`q vujud zeri vahm,
Choraki, o`z Vatanim xokidur go`ru kafanim.
Tug’ub o`sgan yerim ushbu Vatan vujudim xok,
O`lursa aslina roje` bo`lurmi man g`amnok.
Ushbu asar yozilgan davrni - Vatanimiz mustamlaka iskanjasida fojei ahvolga tushgan, kelgindilar oyoqi ostida toptalgan davrini to`la his qilib, «Vatanni suymak» bobi o`qilsa, Vatan istiqloli, ozodligi uchun inson hatto jonini ham fido qilishi kerak, degan qoya asar qatlariga singdirib yuborganligini sezish qiyin emas.
Vatan tuproqi muqaddas: unda ajdodlarimizning xokilari bor unda kelajak nasllarimiznnig haqlari bor. Shuning uchun ham Vatanni oddiygina sevish mumkin emas, uning istiqboli uchun kuyunish, kurashish, kelguvchi avlodlarga to`lato`kis, ozod farovon holda topshirish hissi ham mavjud. Abdulla Avloniy ona-Vatanga mana shunday yoniq qalb bilan munosabatda bo`ladi shaxsning dunyoqarashi keng bo’ladi. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi. O`quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo`lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo`lishga o`rgatadi. Ulug` mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Buqrot, ibn Sino, Mavlono Rumsiy, Shayx Sa`diy, Mirzo Bedil fikrlarini keltiradi. Hazrati mavlono Rumiy aytadilar:,,Islomiyat ayni haqqoniyatdir.Haqni qabul qiluvchilar huquqi shar’iyani saqlamoqqa buyurilmishdirlar.Chun-ki shariat hukmlarining eng asosiy ildizi haqqoniyatdan iboratdur’’.-demishlar.
A. Avloniy «Turkiy guliston...» asarida «Ilm» va «Aqsomi ilm» boblarini ajratgan. Aql ilm tajriba bilan kamol topadi. Avloniy fikricha, ilm har ishda bizga rahnamo, ikki dunyo saodatiga noil etuvchi uluq ne`matdur. Ilmsiz kishi mevasiz daraxt kabidur. Uning eng yaqinlarigagina ema hatto o`ziga ham foydasi tegmas. Asar muallifi ilmni ikki qismga: ilmi diniy va ilmi faniyga ajratadi. Ammo u bu ismlar o`rtasiga to`siq qo`ymaydi, aksincha, diniy kishi bo`lish uchun ham hisob, handasa, tarix, hikmat, tib, kimyo, ziroat kabi fanniy ilmlarni o`rganish zarurligini ta`kidlaydi. Muallif fikricha, har bir millatning taraqqiy va taoliysi yoshlarning ilm va ma`rifatiga, hunar va san`atiga bog`liqdir. Ammo bizdagi: «Ajabo Qur`onimiz, Payg`ambarimiz o`qingiz, deb amr qilqon holda, bizlar na uchun harakat qilmaymiz, boshqa millatlarnnig o`g`ullari qizlari kecha demay, kunduz demay, yoz demay, qish demay ilm yo`lida jonlarini fido qilub, qovushub, yugurushib, ko`zlarimizni qamashdurib turgan bir zamonda bizlar hamon uyqudan g`aflatdan, jaholatdan boshimizni ko`tarmaymiz, ibrat olmaymiz. Payqambarimiz: «Olim bo`l, ilm talab qiluvchi bo`l, yoki ilmni eshituvchi bo`l, hech bo`lmasa, shularga muhabbat qiluvchi bo`l, beshinchisi bo`lma, halok bo`lursan», - demadilarmu?» Bundan ham kattaroq to`siq mustamlakachi ma`murlar bo`lib, o`lkada har qanday ijobiy yangilikni, ayniqsa, maorif sohasidagi o`zgarishlarga, «usuli jadid» maktablarining xalq ma`naviyatiga kirib borishiga tish-tirnoqlari bilan qarshilik ko`rsatar, ularga qarshi kurashda mutaassib ulamolardan usta`monlik bilan foydalanar edilar. Zamonaviy kasb-hunar maktablari, oliy o`quv yurtlari ochish, millatni ilm-ma`rifat kuridan bahramand qilishni mustamlaka ma`murlari xayollariga ham keltirmas edilar.
Barkamol insonlarni voyaga yetkazish, ularni yaxshilikka chorlash, yomonlikdan qaytarish tarbiya orqali amalga oshiriladi. A. Avloniynning pedagogika haqidagi ta`rifi hozirgi zamon ta`rifiga ancha mos keladi: «Tarbiya «Pedago`giya», ya`ni bola tarbiyasining fani demakdur».
Abdulla Avloniy inson tarbisini bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lgan uch yo`nalishga bo`ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Inson uuchn avvalo badan salomat bo`lmog`i zarurdir, badan soq bo`lgandagina inson uchun zarur bo`lgan boshqa amallarni singdirish mumkin. Buning uchun ichkilik, ko`knor, nasha kabi inson badanini bevaqt zalolatga, tubanlikka olib boruvchi, salomatlikka zarar, «ba`zi harom, ba`zi makruh» narsalardan asrashi kerak. Bu esa Avloniy yozishicha, fikr tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Fikr tarbiyasi farzandni komil inson darajasiga ko`tarishda muhim omil hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy mas`uliyat o`qituvchi zimmasiga tushadi. Chunki muallim dars jarayonida o`quvchilarni fikrlashga, hari qanday voqyeahodisaning mohiyatini chuqur idrok qilishga o`rgatadi. Bu o`rinda A. Avldoniy ta`lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy faoliyatinnig ifodasi bo`lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu o`rinda o`kituvchinnig fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasinnig har jihatdan yuksakligi o`quvchilari tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan ish tutishga olib keladi: o`quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil inson uchun zarur bo`lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon xulqlardan uzoq bo`lishga o`rgatadi.
Dostları ilə paylaş: |