Hanafiylik mazhabi



Yüklə 26,79 Kb.
səhifə1/3
tarix01.12.2023
ölçüsü26,79 Kb.
#170938
  1   2   3
Hanafiylik mashabi


Reja:



  1. Hanafiylik mazhabining vujudga kelishi

  2. O’rta Osiyadagi faqihlarining Hanafiylik mazhabiga qo’shgan hissasi

  3. Hanafiy mashabining mashxur nomoyondalari

  4. Hanafiylik mashabining keng yoyilishiga Buxorolik olimlarning hissasi



Hanafiylik mazhabi unga asos solgan olimning nomi bilan atalib,
uning asl ismi Nu’mon ibn Sobit bo‘lgan. U 702-yilda Kufada (Iroq)
tug‘ilgan. Otasi ipak bilan savdo qilgan, kelib chiqishi fors bo‘lib, Xularo
Rashidun hukmronligi davrida islomni qabul qilgan.
Abu Hanifa dastlab «Ilm ul-kalom» deb nomlanuvchi falsafa va
dialektikani o‘rganishni boshlagan. Bu sohadagi turli fanlarni
o‘zlashtirgan va hadislar hamda fiqhni chuqur o‘rganishga kirishgan.
Hadis ilmida zamonasining eng buyuk ulamolari safidan o‘rin olgan
Hammod ibn Zaydga shogird tushib, o‘n sakkiz yil davomida undan
ta’lim olgan. U mudarrislik ilmini ham o‘zlashtirgan, ammo ustozining
vafotiga qadar (742-y.) uning shogirdi bo‘lib qolavergan. Qirq yoshga
yetgach, Abu Hanifa mudarrislik lavozimini egallagan va Kufadagi eng
mashhur olimga aylangan. Ummaviylar sulolasining xalifalari unga
Kufaning qozisi lavozimini taklif etganlar, biroq u rad etib, buning uchun
Amir Yazid ibn Umar tomonidan kaltaklangan. Abbosiylar hukmronligi
davrida ham u qirollik taklifini rad etgani uchun xalifa Abu Ja’far al-
Mansur (754–775-yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan Bag‘dod
zindoniga tashlangan. U o‘limiga qadar (767-yil) mahbuslikda hayot
kechirgan. Abu Hanifani ikkinchi avlod tobeinlar qatoriga qo‘shadilar,
chunki u ba’zi sahobalar bilan shaxsan uchrashgan va ularning og‘zidan
bir nechta hadislarni eshitgan.
Hanafiy mazhabining shakllanishi. Imom Abu Hanifaning dars berish
usuli sho‘ro (jamoaviy muhokama, kengash) tamoyiliga asoslangan. U
shogirdlariga birorta huquqiy muammoni munozara mavzusi sifatida
tanishtirar va hamma bir fikrga kelgach, ularga barcha holatlarda qabul
qilgan qarorlarini yozib, qayd etishni buyurgan. Fatvo chiqarishga bunday
yondashuv, aytish mumkinki, Hanafiy mazhabi vakillarining sa’yharakatlari
natijasi sifatida paydo bo‘lgan. Faraziy fiqhga asoslangan
muhokamalar «Agar bunday bo‘lganida, nima bo‘lardi?», degan savol
bilan boshlanganligi bois, bu maktab vakillari Ahl al-ra’y nomi bilan
shuhrat qozondilar.
Hanafiy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari. Mazkur mazhabning
birinchi huquqshunoslari huquqiy normalarni quyidagi manbalarga
tayanib chiqarar edilar:
Qur’on. Ular Qur’onni musulmon huquqining birlamchi va inkor etib
bo‘lmaydigan manbai hisoblar, undan boshqa manbalarning to‘g‘riligini
baholashda foydalanar edilar. Shundan kelib chiqib, Qur’onga zid
keluvchi har qanday boshqa manba noto‘g‘ri hisoblanar edi.
Sunnaga musulmon huquqining ikkinchi muhim manbai sifatida
murojaat qilinardi, lekin uni qo‘llashning muayyan shartlari bor edi. Ular,
agar biror hadisdan huquqiy nuqtai nazardan dalil sifatida foydalanish
kerak bo‘lsa, bunda ushbu hadisning sahih ekanligining o‘zi kamlik
qiladi, bundan tashqari u keng tarqalgan, ya’ni mashhur ham bo‘lishi
49
shart, degan fikr tarafdori edilar. Bu shart mashhur sahobalarning (Ali va
ibn Mas’ud) ayrimlarigina yashash uchun ko‘chib borgan hududlarda
keng tarqalgan to‘qima hadislarga chek qo‘yish niyatida kiritilgan edi.
Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining ijmolari. Musulmon huquqida
ahamiyati bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadigan manba Qur’on yoki
sunnada tilga olinmagan har qanday huquqiy masala bo‘yicha
sahobalarning yagona fikri hisoblangan. Bu shuni anglatganki, islom
normalarini chiqarishda Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining fikrlari Abu
Hanifa va shogirdlarining fikrlaridan afzal ko‘rilgan. Hanafiy
mazhabining vakillari har qanday davr ulamolarining o‘z kuchiga ega va
musulmonlar uchun majburiy bo‘lgan ijmolarini ham tan olganlar.
Muhammad (s.a.v.) izdoshlarining (sahobalarning) shaxsiy fikrlari.
Agar muayyan huquqiy masala bo‘yicha sahobalarning fikrlari har xil
bo‘lib, ijmoga erishilmagan bo‘lsa, Abu Hanifa mazkur holat uchun eng
mos keluvchi nuqtai nazarni tanlagan. Buni o‘z mazhabining eng muhim
tamoyillaridan biri sifatida o‘rnatar ekan, Abu Hanifa sahobalarning
fikrlarini o‘zining shaxsiy fikridan ancha ustun qo‘ygan. Biroq, turli
nuqtai nazarlardan birini tanlashda, ma’lum ma’noda o‘zining shaxsiy
mulohazalariga tayangan.
Qiyos. Abu Hanifa yuqoridagi muhim manbalarning hech birida
isboti aniq bo‘lmagan sohalarda sahobalarning shogirdlari (tobeinlar)
chiqargan xulosalarga qo‘shilish shart emas, deb hisoblardi. U o‘zini
tobeinlarga teng qo‘yar hamda o‘zi va shogirdlari tomonidan o‘rnatilgan
qiyos tamoyili asosida o‘z ijtihodi bo‘yicha qaror qabul qilar edi.
Istihson (afzal ko‘rish, yaxshi deb hisoblash). «Istihson» atamasi bir
dalilning muayyan vaziyat uchun ko‘proq mos kelishi, bir dalil boshqa
dalilga nisbatan zaifroq bo‘lishiga qaramay, muayyan sharoit uchun
undan afzal ekanligini anglatadi. Masalan, aniq ma’noga ega bo‘lgan
biror hadisning ma’nosi umumiyroq bo‘lgan boshqa hadisdan yoki
muayyan vaziyat uchun ko‘proq qo‘l keladigan normani qiyos usuli bilan
chiqarilgan boshqa normadan afzal ko‘rish.
Urf (mahalliy urf-odatlar). Islom tomonidan hech qanday majburiy
qoidalar o‘rnatilmagan sohalarda mahalliy urf-odatlarga ko‘proq
ahamiyat berilgan. Ushbu tamoyilni amalda qo‘llash hisobiga islom
dunyosidagi har xil madaniyatlarda uchraydigan turli-tuman urf-odatlar
bir qator mamlakatlarning huquqiy tizimiga kirib borgan1.

Yüklə 26,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin