O`rta Osiyoga hanafiy mazhabining keng yoyilishiga Buxoro olimlarining o’rni
Mo`tabar manbalardan birida keltirilishicha, “Hijriy 95 (milodiy 713) yili Qutayba ibn Muslim Shoshga yurish boshladi. Xalifa Hajjoj unga yordam uchun Iroqdan qo`shin yuborgan edi. Qutayba shavvol oyida Shoshda yoki Qo`shmaxonada turganida Hajjojning o`limi haqidagi xabar keldi va bundan qayg`uga tushib, qaytadan Marvga qarab yo`lga tushdi”. (Abu Ja`far at-Tabari. “Istoriyaat-Tabari”, Tashkent, Fan” 1987, 144). O’rta Osiyoga islom dini mana shu paytlardan boshlab tarqala boshladi. O’rta Osiyoga fiqh ilmini birinchilardan bo’lib Abu Hafs Kabir r a olib kirganlar. Uning qo`lida ko`pgina faqihlar va olimlar yetishib chiqdi. Hatto tarixchilarning ta`kidlashlaricha, Buxoroda ilmning tarqalishiga, imom va ulamolarning hurmat topishiga sababchi bo`lgan kishi Abu Hafs Kabir bo`lgan. Abu Hafs Kabir hanafiy mazhabining fiqhiniO’rta Osiyo va Movarounnahrda tarqalishida jonbozlik ko`rsatgan bo`lsa, uning oilasi, xususan, o`g`li Abdullohning bu borada xizmati buyuk bo`lgan. Shuning uchun ham uni Abu Hafs Sag`ir, ya`ni kichik Abu Hafs deb atashgan. Abu Hanifa asos solgan mazhab VIII asr o`rtalarida, uning hayotlik chog`idayoq tarqala boshlab, shu asrning oxirlarida uzoq-yaqin, jumladan,O’rta Osiyo va Movorounnahrga yetib kelgan edi. Muhammad ibn Hasan Shayboniyning mumtoz shogirdlaridan biri bo`lmish Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (832yil) birinchi bo`lib, 9 asr boshlarida ushbu mzhab ta`limotining xaqiqiy tashuvchisi sifatida o`z vataniga qaytib keldi. Buxoro shahrini Hanafiylikning muhum markazlaridan biriga aylantirdi. Uning tarbiyasi otasida bir guruh faqihlar, jumladan, o`z davrida Xanafiy mazxabining shayxi va salohiyatli vakili bo`lgan uning o`gli Abu Hafs Sagir Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs yuksak darajali faqih martabasiga yetgandir. Abu Hafs Kabirning zamondoshi, hadis ilmining buyuk imomi Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (256h-870m) "Al-Jomi` as sahih" kitobi va "Fiqhul Buxoriy" deb atalgan o`ziga xos fiqhiy yo`nalishi bilan ushbu fan rivojiga katta hissa qo`shgan edi. Buxorolik faqihlar o`sha davrdan boshlab ham usulil fiqh va ham furuul fiqh bo`yicha muhum e`tiborga loyiq asarlar yozib keldilar. Ibn Xaldun "Al-Muqaddima"da ta`kidlanisha , Abu Zayd Dobusiy ushbu mavzuda yozgan kitob ekan muhim asarlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, keyinroq Sadrush-sharia ikkinchi Ubaydullo ibn Mas`ud yozgan "Tanqiq ul-usul" nomli kitob va uning ustidan yozgan "at-Tavzih" nomli sharhi katta e`tibor va ilmiy ahamiyat kasb etib kelgan. IXasrdan boshlab Hanafiy, Shofiiy va Hanbaliy mazhablari Markaziy Osiyoda o`z nufuzini o`tkaza boshladi. Xurosonda Hanbaliy mazhabining yirik namoyondasi shayxul-islom Abdulloh Ansoriy " XI asr edi. Shofiiy mazhabining atoqli vakili O`rta Osiyo bo`yicha Shofiiylar imomi Toshkentlik Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy (291-365x) edi. U o`z davrining mashhur kishisi faqih muhaddis, mufassir, usuli (usulil fiqh bo`yicha olim ) adib va shoir bo`lib, ko`p asarlar yozgan. "Usulil-fiqh" va "Sharhul-risola" nomli asarlari katta shuhrat qozongan. Ibn Xallikonning ta`kidlashicha ushbu davrda Movorounnahr xududida unga teng keladigan olim va faqih bo`lmagan. Zarkaliniyning u fiqh, hadis, lug`at va adabiyot bo`yicha o`z davrining atoqli olimi hisoblangan. Olim ko`p safarlardan keyin o`z shahri Toshkentga qaytib kelib, shu yerdan hayotdan ko`z yumgan. Uning qabri HastiImom yonida bo`lib, muxlislar mozoriga aylangan. Kotib Chalabiyning yozishicha, uning o`g`li shayx Qosim ibn Muhammad al-Qaffol ash-Shoshiy shofiiy mazhabida eng muhim, mukammal va e`tibor kitoblardan biri bo`lmish "At- fil-furu " nomli asarning muallifi edi.
O`sha davrlarda shofiiy mazhabi , Xuroson, Turkiston va Eronda katta e`tibor qozongan edi. Hoja Nizomulmulk o`zining "Siyosatnoma" asarida ta`kidlashicha, Sulton Mahmud G`aznaviy Hanafiy mazhabiga bo`la turib, ibodatlarni shofiiy mazhabi qoidalariga asoslanib ado etardi. Saljuqiylarning mashhur vazirlaridan biri Amidul–Mulk Abu-Nasr al-Kunduriy Hanafiy mazhabida shuningdek "Siyosatnoma" kitobining muallifi Hoja Nizomulmulk (1018-1092) shofiiy mazhabida edilar. Shuningdek, ushbu davrda mo'taziliylar keng qamrovli aqidaviy kurashni yo'lga solib, o'z g'oyalarini tarqatishga urindilar. Ularning aqidaviy usullariga tayangan shialar, ayniqsa , Ismoiliylar va ularning turli guruhlari(Botiniylar, Qarmatiylar) bilan sunniylar orasida keskin kurash avj olgan bir paytda, Abu Mansur Moturidiy Hanafiy mazhabining yalovbardori sifatida qad ko'tarib, o'zining ko'p sonli asarlari, jadal va munozaralari bilan, E'tizol, Botiniya va Qarmatiya qarashlari noto'g'ri ekanligini isbotlab berdi, ahli sunna val jamoa, ayniqsa, Hanafiy mazhabining mustahkamlanishiga katta yordam ko'rsatdi. Xalq uni qozongan bunday g`alabasi bilan tabriklab, Qoroxoniylar tomonidan ,kalom ilmida u yaratgan yo`nalish (Moturudiy aqoid mazhabi), ahli sunna val jamoaning e`tiqodiy asosi deb e'lin qilindi. Imom Moturudiyning ilmiy faoliyati va tinimsiz kurashishi oqibatida e'tizol mazhabiga zarba berilib, Qarmatiylar va Botiniylar mag'lubiyatga uchrab, Botiniylar tog'li Badaxshon (hozirda Tojikiston va Afg'oniston ) hududlariga chekindi. Buxoro faqihlari tomonidan usul va furu' bo'yicha yaratilgan keng qamrovli asarlar, shuningdek, kalom ilmi (usulud-din) sohasida yozilgan bir qator kitoblar(masalan, Nuriddin Sobuniy asarlari ) shundan dalolat beradiki, hanafiy fiqh maktabi rivojida ular ilg'or o'rinda turib, Buxoroni Movarounnahr atoqli faqihlarining faoliyat markaziga aylantirib kelganlar.
IX- X asrlarning murakkab ijtimoiy siyosiy sharoitida Samarqandda Kalom ilmidan tashqari uslul-fiqh sohasida ham ilmiy ahamiyatga ega bo`lgan ko`p asarlar yaratildi. Abu Mansur Moturudiyning "Ma`xazush-shar" yoki "Maohizush-shar" va "Kitobul jadal" nomli asarlari kotib Chalaviy va boshqa olimlar guvohligida usul buyicha yozilgan eng puxta va qimmatli asarlar o`rnida turadi.
Adabiyotlar.
1. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T., Sharq. 2000.
2. Sagdullayev A.S., Mavlonov O‘. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi. – T.: Akademiya, 2006.
3. Rtveladze E.V. Istoriya gosudarstvennosti Uzbekistana. – T.: Uzbekistan, 2009.
4. Erkayev A. O‘zbekiston yo‘li. –Toshkent: Ma’naviyat, 2011.
5.Eshov B.J. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi.1-2 kitob. – T.: Yangi asr avlodi, 2019.
6. www.ziyonet.uz.
7. www.edu.uz.
8. www.google.uz.
9. www.fvat.uz.