Iqtisodiy siyosatning noaniqligini va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgaruvchanligini kamaytirish uchun o‘rta muddatli istiqbolda ham fiskal, ham pul-kredit organlarini muvofiqlashtirish kerak. Tegishli iqtisodiy qarorlarining davomiyligi, tabiati va kechikish effektlariga katta e'tibor qaratish lozim. Maxsus institutsional va operatsion tuzilmalar fiskal va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishga yordam berishi mumkin.
Monetar siyosat va fiskal siyosatning import va eksportga ta’siri
Markaziy bankning nisbatan qattiq monetar siyosati hamda hukumatning rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati tashqi savdo defitsitining o‘sishiga hissa qo‘shib kelmoqda. Budjet xarajatlarini qisqartirish tashqi savdo defitsitining o‘sishini sekinlashtirishi mumkin.
Monetar siyosat va fiskal siyosatning import va eksportga ta’siri
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tashqi savdo defitsiti muttasil oshib — eksport va import orasidagi farq tobora kengayib — bormoqda hamda bu tendensiya ko‘pchilikni, xususan, qaror qabul qiluvchilarni xavotirga sola boshlagani shubhasiz. Yaqin yillardagi trendga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tashqi savdo defitsitining nafaqat qiymati, balki tashqi savdo aylanmasidagi ulushi ham yil sayin o‘sib borayotganining guvohi bo‘lish mumkin. Bu tendensiyani qisman yangi davr boshlanishi ortidan savdo to‘siqlarining biroz yumshatilishi, qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aloqalarining yaxshilanishi hamda pandemiya davrida ayrim tovarlar uchun import bojlarining vaqtincha bo‘lsa-da bekor qilinishi bilan izohlash mumkin.
O’zbekiston – 2030 strategiyaning fiskal monetary siyosatga ta’siri
Iqtisodiyotda transformatsiya va institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, mamlakatda qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash hamda muvozanatlashgan pul-kredit siyosatini amalga oshirish.