TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SMMT – 84 guruh talabasi
Bobonazarov H.G`.
“DAVLAT MOLIYASI”
fanidan
Oraliq nazorati
TOSHKENT – 2023.
8-variant
“Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarorlarining mazmunini tushuntiring.
Davlat qarzi deganda nima tushuniladi?
Iqtisodiyotni liberallashtirish va erkinlashtirishga qaratilgan davlat dasturlari, mazmuni, amalga oshirish chora-tadbirlari, moliyaviy manbalari qaysilar?
“Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarorlarining mazmunini tushuntiring.
Bugun, 22-dekabr kuni “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilishi belgilandi.
Shundan so'ng Moliya vazirligi mazkur qonun loyihasiga oid sharhlarni taqdim etdi. Ma'lum qilinishicha, unda:
- 2023-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi;
- 2023-yil uchun konsolidatsiyalashgan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari prognozi hamda 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari;
- birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 2023-yilda ajratilayotgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari;
- Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mahalliy budjetlarga ajratilayotgan tartibga soluvchi transfertlar;
- Davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 2023-yilgi tushumlari va xarajatlari prognozlari hamda 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari;
- Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmlari belgilangan.
Kelasi yil uchun davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi 17 ta modda va 10 ta ilovadan iborat.
2023-yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.
Xususan, 2023-yilda yalpi ichki mahsulotning 5,3 foiz oʻsishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning koʻzlangan oʻsish surʼatlari sanoatda ishlab chiqarishni 5,1 foizdan yuqori boʻlishi, xizmatlar sohasida 6,7 foizga, qishloq xoʻjaligida 3,5 foizga oʻsishi hisobiga taʼminlanishi prognoz qilinmoqda.
Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023-yilda 9,5 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur rivojlanish koʻrsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan.
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlarga muvofiq ravishda soliq-budjet siyosatining amalga oshirilishi koʻzda tutilgan boʻlib, ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:
1) budjet siyosatining ijtimoiy yoʻnaltirilganligini, jumladan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoyani rivojlantirish;
2) hududlar, ayniqsa, mahallalarning dolzarb muammolarni hal qilish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni va tabiatni muhofaza qilishni taʼminlash;
3) yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab quvvatlashni kengaytirish;
4) tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatida sof raqobat muhitini yaratilishiga zamin yaratish, bosqichma-bosqich soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish;
5) birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish yuzasidan javobgarligi, hisobdorligi va vakolatlarini, davlat budjeti barqarorligini taʼminlash maqsadida, ilgʻor xorijiy tajribadan hamda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda budjet xarajatlari samaradorligini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2023-yil uchun Davlat budjeti daromadlari (Davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olmagan holda)
232,1 trln. soʻm, xarajatlari esa (Davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olmagan holda) 227,9 trln. soʻm miqdorida;
Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari 41,3 trln. soʻm miqdorida, xarajatlari esa 70,2 trln. soʻm miqdorida rejalashtirilmoqda. Bunda Davlat maqsadli jamgʻarmalariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 29,9 trln. soʻm transfertlar ajratish belgilangan.
Xususan, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari 37,8 trln. soʻm, xarajatlari 53,5 trln. soʻmni tashkil etgan holda Davlat budjetidan 15 trln. soʻm miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Davlat moliyasini boshqarishning xalqaro standartlariga muvofiq budjet qamrovini oshirish hamda toʻliqligini taʼminlash maqsadida, 2021-yildan boshlab tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga rejalashtirilayotgan xarajatlar konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritildi. 2023-yilda ushbu xarajatlar 7,8 trln. soʻm miqdorida boʻlishi prognoz qilinmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining (Davlat budjeti, Davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar bilan birga) yuqori chegarasi 32,5 trln. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdorida belgilanmoqda. Bunda Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari 24,7 trln. soʻm yoki prognoz qilinayotgan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,3 foiz miqdorida taqchillik bilan rejalashtirilgan. Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalarining taqchilligi Davlat ichki va tashqi qarzlarini jalb qilish hamda budjetlarning yil boshiga qoldiq mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari 65 ta birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari (vazirlik va idoralar) kesimida tasdiqlanmoqda.
Bunda Davlat dasturlarining rejalashtirilgan davlat xarajatlari bilan uygʻunligini taʼminlash, ularning ijrosi boʻyicha jamoatchilik va Parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida, Qonun loyihasida birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari budjetida Davlat dasturlari uchun ajratilayotgan mablagʻlar alohida koʻrsatilgan.
Misol uchun, Sogʻliqni saqlash vazirligi joriy xarajatlari qatorida 22 ta, Sportni rivojlantirish vazirligida 7 ta Davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar alohida koʻrsatilgan.
Shu bilan birga, vazirlik va idoralarning budjet sohasidagi vakolatlarini oshirish maqsadida, birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga oʻzlarining joriy xarajatlarini qayta taqsimlash va uning tarkibidagi tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlarni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlash vakolati berilmoqda (Qonun loyihasining 2-moddasi).
Budjet mablagʻlaridan foydalanishda samaradorlikni va hisobdorlikni oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning ularga respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlardan foydalanish holati boʻyicha hisobotlarini eshitib borish tartibi joriy qilinmoqda (Qonun loyihasining 2-moddasi).
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad va xarajatlari maʼlumot uchun qabul qilinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27-moddasiga muvofiq, mahalliy budjetlarning xarajatlari hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mustaqil ravishda shakllantiriladi hamda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
4. Moliya yili yakuniy sanasi holatiga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldigʻining miqdori joriy yil yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilab qoʻyilmoqda (Qonun loyihasining 10-moddasi).
Bunda 2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd. AQSh dollari, shundan Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun – 2,0 mlrd. AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |