Har bir mamlakat o‘z mezonlari asosida ta'lim tizimi tamoyillarini belgilaydi



Yüklə 34,75 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü34,75 Kb.
#163394
  1   2
«Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» ning maqsad va vazifalari.


Ta’lim to’g’risidagi qonunning maqsad va vazifalari


Reja:


1 Ta’lim to’g’risidagi qonun
2. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi
3. Boshqa davlatlarning ta’lim tizimi haqida
4. Xulosa

Har bir mamlakat o‘z mezonlari asosida ta'lim tizimi tamoyillarini belgilaydi. Ana shu jihatdan turli davlatlarda ta'lim olish imkoniyatlari turlicha bo‘ladi. Tizimga asos solinayotgan paytda mamlakatning tarixiy an'analari, bugungi kun talablari, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj darajasi, iqtisodiy, ijtimoiy imkoniyat va qonuniyatlari inobatga olinadi.
Jahon mamlakatlari ta'lim tizimiga nazar tashlar ekansiz, ba'zida ibratli, gohida hayratlanarli holatlarga duch kelasiz. Shunday ta'lim tizimiga ega davlatlardan biri Lyuksemburgdir.
Bilasizmi, bu yerda oliy ta'lim muassasalari umuman mavjud emas. To‘g‘ri, mamlakatda 4 ta institut faoliyat ko‘rsatadi. Ularning barchasi davlatga tegishli. Biroq ular haqiqiy ma'nodagi oliy akademik ta'lim beruvchi muassasalar hisoblanmaydi, balki ko‘proq kasbiy ta'lim yo‘nalishidagi institutlar vazifasini bajaradi.
Ta'lim tizimi haqida gapirsak...
Lyuksemburg ta'lim tizimi 1912 yildan buyon (shu yili tizimga asos solingan) o‘zgarmagan. 16 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar ta'lim olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim. O‘qish jami 11 yil davom etadi. Bu muddat ichiga 2 yillik tayyorlov kurslari ham kiritilgan.
Xalq ta'limi tizimi 4-6 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan maktabgacha muassasalardan boshlanadi. Keyingi bosqich esa boshlang‘ich majburiy maktablardir. Ularda o‘qish muddati 6 yil (6 -12 yosh). Mazkur bosqichda bepul ta'lim beriladi. Maktablar davlatga qarashli yoki xususiy muassasa bo‘lishi mumkin.
Bola 12 yoshida o‘rta maktabga boradi va unda 3 yil tahsil oladi. Mamlakatda o‘rta ta'lim umumiy va ikkinchi darajali texnik ta'limga bo‘linadi. Shuningdek, o‘rta maktab ta'limi klassik va zamonaviy litseylarda ham amalga oshiriladi. O‘qish klassik litseylarda 7 yil, zamonaviy litseylarda 6 yil davom etadi. Bunday maktablar pulli asosda ta'lim berib, u yerda o‘qish majburiy hisoblanmaydi.
O‘quv yili oktyabrda boshlanib, iyul oyida yakunlanadi.

Yüklə 34,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin