Har qanday taraqqiy etgan jamiyat hayotida axborotning ahamiyati uzluksiz ortib bormoqda


AUTENTIFIKASIYA USULLARI VA ULARDAGI MUAMMOLAR TAHLILI



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə2/18
tarix09.09.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#63505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
asosiy qism111

1. AUTENTIFIKASIYA USULLARI VA ULARDAGI MUAMMOLAR TAHLILI
1.1. Autentifikatsiya usullari va texnologiyalari tahlili
Kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir subyekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma’noda indentifikatsiyalovchi axborot bog‘liq.
Bu ushbu subyektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‘lishi mumkin. Bu axborot subyekt indentifikatori deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro‘yxatga olingan indentifikatorga ega bo‘lsa, u legal (qonuniy), aks holda, legal bo‘lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan foydalanishdan awal foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi lozim.
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi bo‘yicha o‘zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.
1.1-rasm. Identifikatsiya va autentifikatsiya jarayoni
Autentifikatsiya (Authentication) - ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o‘zi ekanligiga ishonch hosil qilishiga imkon beradi. Autentifikatsiya o‘tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayoni da faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o‘z xususidagi noyob, boshqalarga ma’lum bo‘lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi.
Identifikatsiya va autentifikatsiya subyektlarning (foydalanuvchilaming) haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning о’zaro bog‘langan jarayonidir. Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati aynan shularga bog‘liq. Subyektni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashdan so‘ng uni avtorizatsiyalash boshlanadi.
Avtorizatsiya (Authorization) - subektga tizimda ma’lum vakolat va resurslami berish muolajasi, ya’ni avtorizatsiya subyekt harakati doirasini va u foydalanadigan resurslami belgilaydi. Agar tizim avtorizatsiyalangan shaxsni avtorizatsiyalanmagan shaxsdan ishonchli ajrata olmasa, bu tizimda axborotning konfidensialligi va yaxlitligi buzilishi mumkin. Autentifikatsiya va avtorizatsiya muolajalari bilan foydalanuvchi harakatini ma’murlash muolajasi uzviy bog‘langan.
Ma’murlash (Accounting) - foydalanuvchining tarmoqdagi harakatini, shu jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishini qayd etish. Ushbu hisobot axboroti xavfsizlik nuqtayi nazaridan tarmoqdagi xavfsizlik hodisalarini oshkor qilish, tahlillash va ularga mos reaksiya ko‘rsatish uchun juda muhimdir [1].
O‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun subyekt tizimga turli axborotni taqdim etadi. Bunday axborot turi “Autentifikatsiya faktori” deb yuritiladi. Autentifikatsiyalashning quyidagi uchta faktori farqlanadi:
- biror narsani bilish asosida. Misol sifatida parol, shaxsiy identifikatsiya kodi PIN (Personal Identification Number) hamda “so‘rov javob” xilidagi protokollarda namoyish etiluvchi maxfiy va ochiq kalitlami ko‘rsatish mumkin;
- biror narsaga egaligi asosida. Odatda bular magnit kartalar, smart- kartalar, sertifikatlar va touch memory qurilmalari;
- qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida. Ushbu faktor o‘z tarkibiga foydalanuvchining biometrik xarakteristikalariga (ovozlar, ko‘zining rangdor pardasi va to‘r pardasi, barmoq izlari, 132kafit geometriyasi va h.) asoslangan usullarni oladi. Bu faktorda kriptografik usullar va vositalar ishlatilmaydi. Biometrik xarakteristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni nazoratlashda ishlatiladi.
Subyektning haqiqiyligini tasdiqlash autentifikatsiyaning uchta faktoridan biri yordamida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, foydalanuvchini autentifikatsiyalash jarayonida undan parol yoki barmoq izlari so‘ralishi mumkin. Autentifikatsiya jarayonida faqat bitta faktor ishlatilsa, bunday autentifikatsiya bir faktorli deb yuritiladi.
Autentifikatsiya jarayonida bir necha faktor ishlatilsa, bunday autentifikatsiya kо’p faktorli deb yuritiladi. Masalan, autentifikatsiya jarayonida foydalanuvchi smart-kartadan va qo‘shimcha paroldan (yoki PIN-koddan) foydalanishi lozim. Ikki faktorli va uch faktorli autentifikatsiya tushunchalari ham ishlatiladi.
NCSC-TG-017 hujjatda ko‘p faktorli autentifikatsiya turlari uchun 1,2 xilli, 2,3 xilli va 1,2,3 xilli autentifikatsiya atamalari kiritilgan. 1,2 xilli autentifikatsiya (bir ikki xilli autentifikatsiya deb yuritiladi), masalan, autentifikatsiyaning ikki faktorini ishlatadi: birinchi (bir narsani bilish asosida) va ikkinchi (bir narsaga egaligi asosida).
1,2,3 xilli autentifikatsiya (bir ikki uch xilli autentifikatsiya deb yuritiladi), autentifikatsiyaning uchta faktorining kombinasiyasini ishlatadi (bir narsa bilish asosida, bir narsaga egaligi asosida va qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida).
Agar autentifikatsiyalashda bir omilli autentifikatsiya ishlatilsa bunday autentifikatsiya zaif hisoblanadi. Shu sababli, xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlash uchun ko‘p faktorli autentifikatsiyadan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin