Har qanday taraqqiy etgan jamiyat hayotida axborotning ahamiyati uzluksiz ortib bormoqda


HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə14/18
tarix09.09.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#63505
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
asosiy qism111

3. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA
3.1 Foydalanuvchilarni favqulodda holatlarda himoyalash
Kompyuter xonalarida ish joyi to‘g‘ri tashkil etilishi ish unumdorligini oshirish, charchashni oldini olish, ish joyidagi jixozlarni va uskunalarni to‘g‘ri joylashtirishni omillar, ranglarni to‘g‘ri tanlay bilishdir. Uskunalar shunday joylashishi kerakki ishchilar ortiqcha xarakatsiz, o‘zini zo‘riqtirmasdan osongina foydalanishi kerak.
Ish joyida mehnat sharoitini yaxshilash ishlariga bir qancha omillarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Bularga tashkiliy, texnikaviy, sanitariya –gigiena, tabiiy-iqlim omillari kiradi.
Tashkiliy omillar –ishning tashkil etish shakli intizom, mehnat jarayoni ustidan qilinadigan nazoratning holati, mehnat muhofazasi, ishchi xodimlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, texnik omillar jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi, boshqaruvda elektron hisoblash texnikalarida kompyuterlarni qo‘llash, himoyalash vositalarining sozligi va yetarliligi kiradi.
Sanitariya-gigiena omillari ish joyining sanitariya holatiga javob berish-bermasligi, erganomik omil mashina va uskunalarni inson bilan o‘zaro harakatda bo‘lganda mashina elementlarining mos kelishi. Bunda texnikani tezlik parametrlariga tegishli, ishchi organlaridan kelayotgan ma’lumotlar xajmi, ish joyining tashkil etilish darajasi, boshqarish organlarining qulay joylashganligi operator o‘rindig‘ining konstruksiyasi kiradi.
Psixofiziologik omillar - mehnatning og‘irligi va qizg‘inligi, jamoadagi psixologik vaziyat, ishchilarning bir-biri bilan o‘zaro munosabati, jismoniy zo‘riqish, asabiy-psixik zo‘riqishlar mehnat sharoitining inson organizmiga ta’sirini o‘rgangan holda quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  • ishda bajarilayotgan jarayonlar tez va tez talablar chegarasida va harakatlantiruvchi maydonning eng qulay doirasida amalga oshirish;

  • ishlab chiqarish binolarida havo muhitini tekshirish;

  • ishlab chiqarishdagi metrologik omillarini aniqlash;

  • mahalliy va umumiy titrashni aniqlash;

  • ishlab chiqarishdagi shovqin darajasini aniqlash;

  • ish joyininig yoritilganligini aniqlash;

  • nurlanganlikni tekshirish;

  • havo almashuvini tekshirish.

Kompyuter xonalarida ishlaganda mehnat sharoitlarini yaratishdagi eng ko‘p qo‘yiladigan xatolarga quyidagilar kiradi:

  1. Ish joylarni etarlicha katta emasligi.

  2. Xona harorati va namligi talab qilinadigan me’yorlarga mos kelmasligi.

  3. Xona va ish joylarni yetarlicha yoritilmaganligi.

  4. Monitordan chiqayotgan past chastotali elktromagnitni maydonida nurlanishning ko‘p darajada ajralishi.

  5. Ish vaqtini va dam olish vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlanganligi.

Kompyuter operatorlari, dasturchilar va boshqa hisoblash texnikasi ishchilari shovqin, elektr toki, statik elektr kabi fizik, xafli va zararli fizik omillar ta’sirida bo‘ladi. Ko‘pgina hisoblash texnikasi bilan ishlovchi hodimlar aqliy zo‘riqish, ko‘rish va eshitish analizatorlarini zo‘riqishi, emotsional zo‘riqish kabi psixofizik omillar ta’sirida bo‘ladilar. Toliqish paydo bo‘lishi ish paytida markaziy asab tizimida paydo bo‘ladigan o‘zgarishlarga bog‘liq. Masalan kuchli shovqin rang ajratishni qiyinlashtiradi, ko‘rish o‘tkirligi, yorug‘likka moslashishni pasaytiradi, axborot qabul qilishni qiyinlashtiradi va 5-12 foizga ish unumini pasaytiradi. 90 DB shovqinni uzoq vaqt davomidagi ta’siri ish unumdorligini 30-60 foizga pasaytiradi. Hisoblash texnikasi bilan ishlovchi ishchilar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda ish unumdorligi pasayishdan tashqari shovqin eshitish qobiliyatini xam pasaytiradi. Kombinatsiyalashgan zararli omillar ta’sirida ko‘p vaqt qolish kasbiy kasallanishga olib kelishi mumkin.
Elektr qurilmalari ya’ni kompyuterning barcha qurilmalari inson uchun xafli hisoblanadi. Chunki kompyuterda ishlayotganda inson tok kuchlanishi ta’sirida bo‘lgan qismlarga tegib ketishi mumkin. [24]
Elektr qurilmalarning spetsifik xavfi - bu elektr o‘tkazuvchilar, izolyasiyasi shkastlanishi natijasida tok ta’siriga tushib qolgan kompyuter korpusi Elektr tokining ta’siri faqat tok inson tanasidan o‘tganda seziladi. Elektr shikastlanishidan himoyalanishda elektr qurilmalari to‘g‘ri joylashtirilishi, elektr o‘tkazuvchi sim va kabellarni to‘g‘ri ulanishi muxim o‘rin egallaydi.
Ish joylarida statik elektrning razryadli toki ko‘proq kompyuterning biror bir elementiga tegib ketish natijasida xosil bo‘ladi. Bunday razryadlar insonga xavf tug‘dirmaydi, yoqimsiz ta’sirdan tashqari kompyuterni ishdan chiqishiga olib keladi. Simlar izolyatsiyasi shikastlanganda tok ta’sirini kamaytirish uchun ish xonalarining pollari bir qavatli polivinil xloridli antistatik linolium bilan qoplanishi lozim. Himoyalashni boshqa usuli ionlashtirilgan gaz bilan zaryadlarni neytrallash.
Kompyuter xonalarining kattaligi u erda ishlovchi xodimlar va kompyuterlar soniga mos kelishi zarur. Ish joylarini tashkillashtirishga, yana xarorat, yorug‘lik, havo tozaligi, shovqindan himoyalanganlik parametrlari hisobga olinadi.
Sanitar me’yorlariga ko‘ra bir ishchi uchun ish joyining xajmi 15 m3 , ish maydoni esa 4,5 m2 dan kam bulmasligi kerak. Xonaning balandligi poldan shiftgacha 3-3,5 m bo‘lishi kerak.
Kompyuter xonalarida odatda yon tomonlama tabiiy yoritilganlik qo‘llaniladi. Tabiiy yoritilganlikda shimol yoki shimoliy-sharqqa qaratilgan yorug‘lik darchalaridan foydalanish kerak, bunda tabiiy yoritilganlik koiffitsenti 1,2-1,5 % kam bo‘lmasligi shart. Kompyuterlarni podvallarda joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
Kompyuter xonalari va ish joylarida tabiiy yoritilganlik qo‘llanishi zarur. Boshqa xollarda esa sun’iy yoritilganlikni qo‘llash mumkin. Ish xujjatlari joylashgan stol usti yoritilganligi 300-500 lk bo‘lishi kerak.Yorug‘lik manbaini shunday joylashtirish kerakki, bunda yorug‘lik ko‘zni qamashtirmasligi kerak, ko‘rish maydonidagi yorug‘lik manbaining yorqinligi 200 kd /m2 oshmasligi kerak.
Kompyuter joyini shunday joylashtirish kerakki, bunda tabiiy yorug‘lik iloji boricha yondan tushishi lozim. Kompyuter stolining balandligi iloji boricha 680-800 mm bo‘lishi kerak. Ish stoli oyoqlar uchun balandligi 600 mm, eni 500 mm dan kam bo‘lmagan, chuqurligi tizza darajasida 450 mm dan kam bo‘lmasligi, uzatilgan oyoq darajasida 650 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. [25]
Ekran monitori ko‘zdan eng uzog‘i bilan 600-700 mm bo‘lishi kerak, lekin xarf va shriftlarning o‘lchamiga qarab 500 mm dan yaqin bo‘lmasligi kerak.
Xonalarni rangli jihozlanishi ishni sanitar-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga qaratiladi, ish unumini oshishiga hizmat qiladi. Xonalarni bo‘yalishi inson asab tizimlari, kayfiyatiga va oxir-oqibat ish unumiga ta’sir etadi.
Kompyuter xonalarini rangini texnik jihozlar rangi bilan bir xil rangda bo‘yash maqsadga muvofik. Xonalar va jihozlar ranglari yumshoq bo‘lishi va yaltiroq bo‘lmasligi lozim.
Elektr qurilmalari, kompyuterlardan foydalanishda turli xildagi yonishlar xavfi doim mavjuddir. Zamonaviy kompyuterlarda elektron sxemalarning elementlarini joylashish zichligi juda yuqoridir, ulash simlari, kommunakatsion kabellar bir-biriga juda yaqin joylashgan. Ulardan tok oqqanda, kata miqdorda issiqlik ajraladi, ba’zi bo‘limlarda harorat 80-100o C gacha ko‘tarilishi mumkin. Bu ularning izolyatsiya qobig‘ining erishiga, o‘tkazgich qismlarining ochilib qolishiga, oqibatda qisqa tutashuv bo‘lib, uchqun chiqishi va yonib ketishiga olib kelishi mumkin.
Ortiqcha issiqlikni yo‘qotish uchun havoni kondensionerlash va ventilyasiya tizimi xizmat qiladi. Lekin bu tizmlar mashina zallari va boshqa xonalar uchun qo‘shimcha yong‘in xavfini yuzaga keltiradi, chunki bir tarafdan, yong‘in sodir
bo‘lganda, ularni xonalarga tezda tarqalishiga yordam beradi.
Elektr qurilmalariga tok alohida yong‘in xavfi bo‘lgan kabel simlari orqali uzatiladi, yonuvchi izolyatsiya materialining mavjudligi, elektr uchquni va yaqinlashish qiyinligi kabel liniyalaridan yong‘in chiqishi va rivojlanishi ehtimoli yanada kattaligidan dalolat beradi. Shuning uchun kabel simlari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan, olib-qo‘yiluvchi texnalogik pol ostidan o‘tishi kerak. Hisoblash markazlaridagi xonalarda yong‘in jo‘mraklari yo‘lkalarga zina maydonchalariga, kirish joylariga o‘rnatiladi. Olov o‘chirgichlari 40-50 sm2 ga bitttadan o‘rnatiladi. Yong‘in signalizatorlari va avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari o‘rnatiladi.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin