Birgalik nisbat. Harakatning bir necha shaxs tomonidan birgalikda bajarilganini ifodalaydigan nisbat shakli birgalik nisbat shakli deyiladi.
Birgalik nisbat shakli fe’l asosiga [-(i)sh ] shaklini qo‘shish orqali hosil qilinadi:
( M:oqlashdi, yozishgan, o‘rishmoqchi .va h.k. ) Yodda saqlang!!! Eslatma! Birgalik nisbat qo`shimchasi [ -sh, -ish] va harakat nomi qo`shimchasi
[ -sh, -ish ] o`zaro shakldosh hisoblanadi. Diqqat!!! Ularni qanday farqlash mumkin?!
Yechim quyidagicha, Agar [ -sh, -ish ] qo`shimchasidan keyin fe’lga xos bo`lgan (zamon, mayl, shaxs-son ) shakllar kelsa -sh, -ish birgalik nisbat qo`shimchasi hisoblanadi. Birgalik nisbat shakli, asosan, shakl yasovchi qo‘shimchalarsiz qo‘llanilmaydi, ba’zi
hollarda buning aksini kuzatish mumkin: Bor, ukangga qorlarni kura+sh. Agar 1) [ -sh, -ish ] qo`shimchasidan keyin otga xos bo`lgan (egalik, kelishik, ko`plik ) shakllar kelsa yoki 2) -sh, -ish qo`shimchasidan so`ng hech qanday qo`shimchalar kelmasa --- -sh, -ish harakat nomi hisoblanadi.
a) o`q/ish, yoz/ish, uxla/sh, ko`r/ish, yugur/ish --- harakat nomi; b) o`qi/sh/ga, yoz/ish/dan, uxla/sh/ning, ko`r/ish/ni, yugur/ish/da --- harakat nomi; c) o`qi/sh/im, yoz/ish/ing, uxla/sh/i, ko`r/ish/imiz, yugur/ish/ingiz --- harakat nomi; d) oqi/sh/lar, yoz/ish/lar, yugur/ish/lar --- harakat nomi; a) o`qi/sh/di, yoz/ish/gan/siz, uxla/sh/moqchi, ko`r/ish/ar/miz --- birgalik nisbat; b) o`qi/sh/sin, yoz/ish/aylik, uxla/sh/sa, ko`r/ish/gin, yugur/ish/ingiz --- birgalik nisbat; Ranga bildiruvchi so`zlar + ( -i) sh = sifatning ozaytirma daraja shaklini yasaydi: oq+ish, ko`k+ish 5. Orttirma nisbat. Fe’l o‘zagidan ifodalangan harakatga da’vat qilingan shaxs ma’nosini bildiradigan yoki bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat-holatni bildiruvchi fe’l shakllari orttirma nisbat sanaladi.