Fe’lning nisbat shakllari 5 ta: 1. Aniq nisbat. 2. O`zlik nisbat. 3. Majhul nisbat. 4. Orttirma nisbat. 5. Birgalik nisbat
Nisbat turlari
|
Nisbat shakllari
|
Ma’nolari
|
Misollar
|
Aniq
|
-----
|
Harakat ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajariladi
|
O`qidi, yozgan, kelyapti borsam
|
Birgalik
|
-sh; -ish;
|
Harakat bir necha shaxs tomonidan birgalikda bajariladi
|
O`qishdi, yozishgan, Kelishyapti, borishgan
|
Orttirma
|
-t, -it, -ir, -ar, -iz, -dir,
-tir, -giz, -qiz, -g’iz,
-sat, -kaz, -qaz, -g’az,
|
Fe’l o`zagidagi harakatga da’vat qilingan shaxs ma’nosini beradi
|
O`qitdi, qoldirgan, keltiryapti, yozgizdi, o`tkazmoqda, o`tkizdi, tomizmoqchi, qaytardi
|
O`zlik
|
-l; (-il), -n; (-in)
|
Harakat bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda bo’ladi.
|
Yuvindi, kiyindi, to’kildi, yirtildi
|
Majhul
|
-l; (-il), -n; (-in)
|
Harakat bajaruvchisi noma’lum bo`ladi.
|
Yuvildi, kiyildi, qilindi, olindi
|
1. Aniq (bosh) nisbat. Bajaruvchisi aniq bo‘lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l
shaklidir. Fe’lning barcha nisbatlari aniq nisbat orqali aniqlanadi.
Aniq nisbat hech qanday grammatik qo‘shimcha olmagan nisbat sanaladi. Aniq nisbat
harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi. Aniq nisbat tarkibida tilimizda soddalanishiga uchragan quyidagi yasovchi qo‘shimchalar ham uchrashi uning boshqa nisbatlar bilan o‘xshash shaklda qo‘llanilishiga olib keladi:
faxr/lan/di, shod/lan/di, ot/lan/di, jon/lan/di, quvondi, – aniq nisbat;
bog‘/la/n/di, o`y/la/n/di, tob/la/n/di – o‘zlik yoki majhul nisbat.
2. O‘zlik va 3. majhul nisbat. Mazkur nisbatlar bir xil -(i)n, -(i)l qo‘shimchalari vositasida hosil qilinadi. Fe’lning aynan qaysi nisbatda ekanligini belgilashda gap mazmuni ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Taqqoslang:
O`ZLIK NISBAT
|
MAJHUL NISBAT
|
Obyekt va subyekt birlashib bitta so’z bilan ifodalanadi, hamda gapda EGA vazifasida qo`llanadi
|
Obyekt va subyekt alohida-alohida so`z bilan ifodalanadi. Asosiy etibor – obyektga qaratiladi. Obyekt --- EGA vazifasidaSubyekt --- VOSITALI TO`LDIRUVCHI vazifasida qo`llanadi.
|
Fe’ldan oldin o`zi, o`zlari - so`zini qo`ysa bo`ladi. ( Kim? Nima? Qayer? )
|
Fe’ldan oldin - tomonidan so`zini qo`ysa bo`ladi. ( kim tomonidan? nima tomonidan? )
|
Gul och+il+di
|
Sir och+il+di
|
Dostları ilə paylaş: |