2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish:
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini yaxshilash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish;
jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.
3. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishari
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish
3.2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish
3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo‘jalik birlashmalarining mablag‘larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish, sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.