Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences
Hosted online from Toronto, Canada.
Date: 5
th
October, 2022
ISSN: XXXX-XXXX
Website: econferenceseries.com
140 |
P a g e
manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq
qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko‘lamli
islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy
sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini
yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi.[1]O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari,
shuningdek, har bir davlat organida tashkil etilgan fuqarolarning murojaatlari bilan
ishlash bo‘yicha maxsus bo‘linmalar aholi bilan ishlashning sifat jihatidan yangi
samarali tizimini shakllantirishga xizmat qildi.O‘zbekiston
Respublikasida
Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi davlat boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish,
“Elektron hukumat” va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish,
iqtisodiyotga ma’muriy ta’sirni qisqartirish hamda boshqaruvning bozor
mexanizmlarini kengaytirish, sog‘lom raqobat muhiti va qulay investitsiya iqlimini
yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.Sud-huquq
tizimida
sudlarning haqqoniy mustaqilligini ta’minlash, sud kadrlarini tanlab olishning
demokratik va shaffof mexanizmini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Joylarda ma’muriy va iqtisodiy sudlarning tashkil
etilganligi odil sudlovga erishish darajasini oshirish imkonini berdi.Huquqni
muhofaza qiluvchi
organlar tizimini isloh qilish, huquqbuzarliklarni barvaqt
profilaktika qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan chora-
tadbirlar natijasida mamlakatda jinoyatchilikning umumiy ko‘rsatkichi 15,7 foizga
kamayishiga erishildi, 1,2 ming mahallalarda birorta jinoyat sodir etilishiga yo‘l
qo‘yilmadi.Ilgari, asosan xavfsizlikka xavf-xatar va tahdidlar
oqibatlariga qarshi
kurashish bilan cheklangan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha
chora-tadbirlarni amalga oshirishga yondashuvlar konseptual qayta ko‘rib chiqildi.
Mazkur muammolarni hal qilishda, birinchi navbatda, yoshlarning huquqiy
madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish orqali odamlarning ongi uchun kurashish
ustuvor vazifa etib belgilandi.O‘z taqdirini O‘zbekiston bilan bog‘lagan,
mamlakatimiz farovonligi yo‘lida halol
va vijdonan mehnat qilayotgan, o‘zlariga
bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga aylanib qolgan
fuqarolarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tgan davrda 1 243 nafar shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul
qilindi.
Iqtisodiy sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi,
eng avvalo,
O‘zbekistonning o‘z majburiyatlarini bajarish va chet el hamkorlarining
daromadlarini repatriatsiya qilish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini