Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences Hosted online from Toronto, Canada. Date: 5
th
October, 2022
ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com
138 |
P a g e
ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi
kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud
jarayonida tortishuv tamoyilini to'laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy
xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni
yanada
rivojlantirish
va
liberallashtirishga
yo'naltirilgan
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq
xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish,
xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirish,
hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti
tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini
izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog'lig'ini saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-
joylar barpo etish, yo'l-transport,
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda
modernizatsiya qilish bo'yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta'lim,
madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid
davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur
o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo'naltirilgan
davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O'zbekistonning yon-
atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish,
mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.[4]
Farmon bilan 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy
komissiya, shuningdek ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha komissiyalar
tashkil etildi. Milliy komissiyaga prezidentning o'zi boshchilik qiladi.Hujjatda
harakatlar strategiyasini o'z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari
faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo'nalishi hisoblanishi
belgilandi.Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun