Harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi



Yüklə 81,5 Kb.
səhifə1/2
tarix19.05.2023
ölçüsü81,5 Kb.
#117780
  1   2
4 Harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi


Harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi
Reja:
1.Aholi turar joylari, istirohat bog’larida harakatli o’yinlarni o’tkazish.
2.Ko’ngil olish bog’larida harakatli o’yinlarnio’tkazish.
Harakatli o’yinlar maktabda jismoniy tarbiya metodi va vositasi sifatida jismoniy tarbiya darsida hamda sinfdan tashqari mashg’ulotlarda keng qo’llaniladi.Harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya bo’yicha maktab dasturiga mos ravishda 1-9-sinflarda gimnastika, engil atletika, sport o’yinlari, kurash va suzish bilan birga qo’shib olib boriladi.Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlar dastur talablariga mos ravishda ta’limiy, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifalarini hal etishi uchun foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya darslarida o’tkaziladigan o’yinlarni boshqa mashg’ulot shakllaridan farqi shundaki, bunda diqqatni eng muhimi o’yinning ta’limiy va sog’lomlashtirish tomoniga, shuningdek, jismo­niy tarbiya sifatiga ham qaratish kerak. Dars uchun o’yin tanlashda, darsning vazifasini, o’quv materialini, o’yinga kiruvchi harakat turlarini, o’yinning fiziologik yuklamasini, ishlash uchun shart-sharoitni hisobga olish zarur.Har bir o’yinda o’yin qatnashchilaridan bilim va malakalarini namoyon qilishni talab qiladi, uni o’yin jarayonida takomillashtiradi. Elementar o’yinlarga maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Biroq murakkab haraqatlardan tashkil topgan o’yinlar ham bor. Masalan, quyidagi o’yinlarni (“To’p sardorga”, “To’p o’rtadagiga”) o’quvchilarga taklif qilish mumkin emas, agarda ular to’p oshirishni, uni ilib olishni bilmasa va o’yin jarayon bilan to’qnashishda, yaxshi reaststiyaga harakat koordinatstiyasini va boshqa zarur bo’lgan sifat va malakalarini egalab ololmaydi.Shug’ullanuvchilar o’yinga kiritilgan murakkab harakatlarni max­sus mashqlar yordamida o’zlashtiradilar. Istisno tariqasida avvaldan o’rgatishni talab qilmaydigan elementar va tabiiy harakatlar bo’lishi mumkin. Masalan, “Bo’ri zovurda” o’yinida yugurib kelib uzunlikka sakrash tabiiy chiqadi. Jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o’rtasida o’yinning o’rni yoki joyi aniqlansa, ular o’rtasidagi ketma-ketlik metodik jihatdan to’g’ri bo’ladi. Bu esa qo’yilgan vazifani yaxshilab hal etilgan darsning zichligini oshirishga va mashqni to’g’ri taqsimlashga yordam beradi. Agar darsning asosiy qismi o’yinga bag’ishlangan bo’lsa, bunda ko’proq harakatli o’yinlar bilan kamroq harakatlanadigan o’yinlar almashlab olib boriladi, shu bilan birga harakatning xarakteri bo’yicha turli-tuman o’yinlar tanlab olinadi.
Harakatli o’yinlarning darsni hamma qismlariga kiritish mumkin. O’yin mazmuni shug’ullanuvchilarning tarkibiga va vazifasiga bog’liqdir. Darsni tayyorlov qismiga kam harakatli va murakkab bo’lmagan o’yinlarni kiritilishi tavsiya qilinadi, bu o’quvchilarning diqqatini jamlashga (“Guruh, tik tur!”, “Og’ma tayoq”) yordam beradi, bular o’rtacha harakatdagi o’yinlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi harakterdagi mashqlardir («taqiqlangan harakat»).
Darsni asosiy qismda tez yugurish, chap berish yoki aldab o’tish, chidamlilik, to’siqni oshib o’tish, har xil sakrashlar, qarshilikko’rsatish, kurash, qo’zg’aluvchan va qo’zg’almaydigan nishonga uloqtirish bilan bajari­ladigan harakatli o’yinlardan foydalaniladi.Darsning yakuniy qismida o’rtacha kam harakatchanlikka oid o’yinlar o’tkaziladi, u murakkab bo’lmagan o’yin qoidalari bilan diqqatni jamlash uchun o’tkaziladigan o’yinlar, darsni asosiy qismdagi tezlik bilan beriladigan yuklamadan kiyin faol dam olishga yordam beradi (“Kim keldi”, “Guruh, tik tur!”).
Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlarni o’tkazish metodi-kasining o’ziga xosligi darsning zichligiga to’g’ri keladiganlarini saqlab qolish zarurligi va qisqa muddatlilik bilan bog’liqdir.

Yüklə 81,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin