samarali amalga oshirishni ta’minlash uchun jinoyat
qonunchiligini
kelajakda rivojlanishini bashorat qilishdir.
1
Jinoyat huquqi
tushunchasi hozirgi kunda yuridik ixtisoslikka
asoslangan o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan va ushbu o‘quv
maskanlarida o‘qiydigan studentlar tomonidan o‘rganiladigan
o‘quv
kursini
anglatadi.
Jinoyat huquqi tushunchasi huquq sohasi, yuridik fan va o‘quv
kursi
sifatida qo‘llanilishi yagona normativ huquqiy baza – jinoyat-huquqiy
normalar tizimidan iborat bo‘lgan amaldagi jinoyat qonuniga asoslanadi.
2-§. Jinoyat huquqi predmeti va metodi
Huquq tarmog‘i sifatidagi jinoyat huquqining predmetini
davlatning maxsus vakolatli organlari va jinoyat sodir qilgan shaxs
o‘rtasida vujudga keladigan muayyan ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi.
Jinoyat huquqi muhofaza
qiladigan predmetlarga shaxs, uning huquq
va
erkinliklari, davlat va jamiyat manfaatlari, mulkchilik, tabiiy muhit,
tinchlik va insoniyat xavfsizligi kiradi (
Dostları ilə paylaş: