sodir etilayotgan qilmish subyekt belgilari mavjud bo‘lmaganligi uchun
jinoyat og‘irlashtiruvchi holatlarsiz kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ko‘rib chiqilayotgan faktik xato turi, nafaqat, qilmishning
kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi og‘irlashtiruvchi holatlarini ko‘zda tutadi,
balki jinoyat tarkibining mustaqil belgilari sifatida ham qaralishi mumkin.
Masalan, o‘g‘irlik bilan bosqinchilik sodir qilinish usuli (yashirincha yoki
ochiq) bo‘yicha farqlanadi. o‘g‘irlik jinoyatining kvalifikatsiya qiluvchi
asosiy mezoni, bu – aybdorning sodir etayotgan qilmish haqidagi subyekt
tasavvuri bo‘lsa, bu aybdor qasdining yo‘naltirilganligiga asosan
kvalifikatsiya qilinishi lozim
1
.
Jinoyat tarkibining obyektiv tomoni belgilariga yuz bergan oqibatga,
sababiy bog‘lanishning rivojlanishiga, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi
holatlarga nisbatan xatodan tashqari
Dostları ilə paylaş: