hisoblagan obyektga (o‘z navbatida, xato qilingan «yaroqsiz» predmet va
jabrlanuvchi ham kiritiladi) nisbatan suiqasd sifatida baholanadi. Bunday
kvalifikatsiya bir tomondan, jinoyat sodir etgan, uning ongi va oldindan
ko‘ra olishi bilan qamrab olmagan obyektiv holatlarda shaxsni ayblashni
inkor etishi bilan, boshqa tomondan esa, zarar aslida boshqa bir obyektga
yetkazilgani uchun, aybdorning ongida individuallashgan obyektga
nisbatan tugallangan tajovuzning mavjud emasligi bilan bog‘langan.
Masalan, dorixonadan shaxs tarkibida narkotik modda saqlovchi dorini
o‘g‘irlashga harakat qiladi, lekin u boshqa bir dorini o‘g‘irlaydi. Bunday
xato jinoyatni kvalifikatsiya qilishda qasdning yo‘naltirilganligidan kelib
chiqadi. Bu holatda shunga e’tibor berish kerakki, faktik holatdan olib
qaraganda, aybdorning qasdi qaratilgan obyekt zarar ko‘rmaydi, shuning
uchun qilmish tugallanmagan jinoyat sifatida ko‘rilib, jinoyatga suiqasd
sifatida qaraladi (yuqoridagi misol JK 25-moddasi va 271-moddasi 1-
qismi).
O‘z navbatida, obyektga nisbatan bo‘lgan xatodan predmet va jabr-
lanuvchi shaxsiga nisbatan bo‘lgan xatolarni ham farqlash lozim. Bunday
xato (bir uydagi mol-mulk o‘rniga ikkinchi uydagi mol-mulkni o‘g‘irlash,
bir odamning o‘rniga boshqasini o‘ldirish) ayb shakliga ham, jinoyatni
kvalifikatsiya qilishga ham, jinoiy javobgarlik belgilashga ham ta’sir
etmaydi.
Dostları ilə paylaş: