Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


insonga qarshi qaratilgan



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

insonga qarshi qaratilgan
(insoniyat xavfsizligiga va tinchligiga qarshi 
sodir etiladigan jinoyatlar motivlari); 2) 
g‘arazli yoki past niyatli
va 3) 
shaxsiy 
(rashk, ko‘raolmaslik, shuhratparastlik va h.k.). 
Motiv va maqsad qatoriga jinoyat sodir etgan shaxsning emotsional 
(hissiy) holatini ham kiritish lozim. Shu sababli jinoiy qilmish sodir etish 
va unga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini kuzatib boruvchi shaxsning 
emotsional (hissiy) holatigina jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etadi.
NOTA BENE ! 
Subyektning jinoyat sodir etish paytidagi 
emotsional (hissiy) holati
o‘zida jabrlanuvchining ig‘vo, g‘alamislik (huquqqa xilof yoki axloqsiz) 
xatti-harakatlari yoki uzoq vaqt ruhiy azob berishi holatlarini keltirib 
chiqargan chuqur kuchli ruhiy kechinmalarni namoyon etadi. 
Ko‘pincha ba’zi bir jinoyatlar tarkiblari subyekt tomonining tarkibiy 
qismi sifatida affekt – kuchli ruhiy hayajonlanish holati namoyon bo‘ladi.
NOTA BENE ! 
Jinoyat huquqida affekt
bu qisqa muddatli, to‘satdan paydo 
bo‘luvchi, jabrlanuvchining huquqqa xilof, axloqsiz xatti-harakatlari 
natijasida kelib chiquvchi kuchli ruhiy hayajonlanishdir. 
Affekt fiziologik (jismoniy) va patologik (g‘ayritabiiy holat) bo‘lishi 
mumkin.
Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida yuzaga kelgan 
fiziologik affekt 
o‘zida shaxs ongida ustunlik qiluvchi, o‘z xatti-harakatlari ustidan uning 
nazorat qilishini susaytiruvchi, intellektual faoliyatni ma’lum darajada 
tormozlantiruvchi, ongning torayishini ifodalovchi intensiv (birdan keskin 
kuchlangan) hissiyotni namoyon etadi. Biroq bu bilan ongning chuqur 
xiralashishi kelib chiqmaydi, o‘zini tuta bilish saqlanib qoladi va shuning 
uchun fiziologik affekt javobgarlikni istisno qilmaydi
1

Patologik 
1
Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., 
проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 349. 
220 


affektda
shaxs jinoyat subyekti bo‘la olmaydi, chunki o‘zi sodir etayotgan 
qilmishining xususiyatini anglamaydi va ularni boshqara olmaydi, ya’ni 
o‘z qilmishiga javob bera olmaydigan bo‘lib qoladi. 
Qonunchilik tomonidan kuchli ruhiy hayajonlanish holati (fiziologik 
affekt) jazo choralarini kamaytirish uchun asos sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Shu munosabat bilan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam 
o‘ldirish (JK 98-moddasi), onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi (JK 
99-moddasi), kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir 
yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 106-moddasi) kabi bunday 
jinoyatlar tarkibi yengil holatlar qatoriga kiradi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin