Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Maniakal-depressiv psixoz



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Maniakal-depressiv psixoz 
– depressiv va maniakal shakldagi 
fazalarda o‘tadigan kasallik. Birinchi holatda, maniakal faza yuqori 
kayfiyat va haddan tashqari hayajonlanish bilan, ikkinchi depressiv fazada 
– kayfiyatning tushishi, mehnat qobiliyatining pasayishi, o‘z-o‘ziga 
ishonchsizlik, somatik va vegetativ o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi
3

Progressiv falajlikka
kelsak, bu 
odatda, sifilis bilan 
kasallanganlarning 1–5 % ida 10–12 yil o‘tgandan so‘ng kuzatiladi va 
qoidaga ko‘ra, tez o‘suvchi aqli zaiflik hamda nevrologik buzilishlar bilan 
xarakterlanadi. Progressiv falajlikda miyaning og‘ir xastalanishi kuzatiladi, 
qaysiki, miya sifilisi ruhiy kasalligidek birmuncha yengil shaklga ega
4

1
Қаранг: Судебная психиатрия. М., 1986, Б. 139. 
2
Қаранг: Судебная психиатрия. М., 1986, Б. 154–155. 
3
Ўша жойда, Б. 167–168. 

Ўша жойда, Б. 218–221.
246 


Tibbiy mezonning ikkinchi guruhini birinchi guruhdagi ruhiy 
kasalliklarga taqqoslaganda, qisqa muddat kechadigan va davolab 
bo‘ladigan 
ruhiyatning vaqtinchalik buzilishi
tashkil qiladi. Ko‘pgina 
hollarda bu kasalliklar to‘satdan paydo bo‘lishi va kasalning to‘liq 
sog‘ayishi bilan tugaydi. 
Bunday buzilishlarga psixiatriyada 
istisno holatlar
deb 
nomlanadigan, tashqi muhit bilan bog‘liq, to‘satdan paydo bo‘ladigan 
ruhiyatning qisqa muddatli buzilishlari taalluqli.
Kasallikning istisno holatlariga quyidagilar kiradi: 
– oddiy alkogolli mast bo‘lishdan farqlash lozim bo‘lgan patologik 
alkogolli mastlik; 
– patologik affekt; 
– ongning g‘ira-shira holati; 
– «qisqa ulanish» reaksiyasi; 
– patologik uyqu holati, shuningdek, alkogolli psixozlar va h.k
1
.
Ruhiy buzilishlarning ushbu guruhi kasal ruhiy faoliyatining aynan 
qisqa muddat buzilishi bilan xarakterlanadi, qaysiki, har bir jinoyat sodir 
etgan muayyan shaxsning aqli rasoligi yoki yuridik mezon mavjud 
bo‘lganda, aqli norasoligi istisno etilmaydi.

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin