jinoyat-huquqiy normalar
raqobatidan
ajratish lozim. Jinoyat-huquqiy normalar raqobati aybdor
shaxs qilmishining Jinoyat kodeksi Maxsus qismi ikki yoki undan ortiq
moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilish mumkinligi aniqlangan
jinoyatlarning ideal majmui bilan tashqi o‘xshashlikka ega bo‘ladi. Bitta
qilmish bilan sodir etiladigan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar bo‘lganda va
ularning har biri maxsus qism turli moddalari bilan ko‘zda tutilgan
javobgarlik bo‘lgandagi jinoyatlar ideal majmuidan farqli o‘laroq jinoyat-
huquqiy normalar raqobatida ikki yoki undan ortiq jinoyat-huquqiy
normalar belgilari, ya’ni Maxsus qism moddalari bilan qamrab olinadigan
bitta qilmish bo‘ladi. Amaldagi jinoyat qonuni mazkur vaziyatda qaysi
norma qo‘llanishi lozimligini ko‘rsatmaydi. Boshqa tomondan,
raqobatdagi normalar yig‘indisi bo‘yicha qilmishni kvalifikatsiya qilish
noto‘g‘ridir, chunki, birinchidan, bu bitta jinoiy qilmish sodir etilgan bo‘la
turib, sun’iy ravishda bir qancha jinoyat sodir etishni yuzaga keltiradi;
ikkinchidan, qator hollarda raqobatdagi normalarni jinoyatlar majmui
bo‘yicha kvalifikatsiya qilish asossiz tarzda jinoiy javobgarlikni oshiradi.
Bu borada normalar raqobatlashuvida kvalifikatsiya qilish qoidalari
mavjud.
1
Ўша жойда, 8-банд, 2-хатбоши.
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 15 мартдаги «Савдо соҳасидаги
жиноятлар ва бошқа ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 9-сонли қарори, 5-
банди // Тўплам, 1-жилд. – 52-б.
364
Xususan, eng keng tarqalgan raqobatdagi normalar turi – bu
umumiy
va
maxsus norma raqobatidir
. Mazkur holatda raqobatlashuvchi ikkita
jinoyat-huquqiy normalardan biri umumiy, ikkinchisi esa, maxsus, ya’ni
umumiy normada bayon etilgan turli xil qilmishlarni nazarda tutuvchi
norma bo‘ladi. Bu yerda normalar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilish
mumkin emas, shaxsni maxsus normani qo‘llab aybdor deb topish
to‘g‘riroq bo‘ladi. Masalan, o‘zboshimchalik, ya’ni haqiqiy va faraz
qilingan huquqlarni amalga oshirish (JK 229-moddasi) va yer
uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish (JK 2291-moddasi).
Quyidagilar umumiy normaga nisbatan maxsus normani qo‘llashga asos
bo‘lib hisoblanadi. Har ikki modda sodir etilgan qilmishni u yoki bu
darajada qamrab oladi. Biroq maxsus norma nisbatan aniqroq
dispozitsiyani va shundan kelib chiqib, sodir etilgan huquqqa xilof ijtimoiy
xavfli qilmishning o‘ziga xos xususiyatlari va spetsifik tomonlarining
aniqlanishini nazarda tutgani uchun maxsus normaning qo‘llanilishi
qilmish kvalifikatsiyasi nuqtai nazaridan ham, aybdorni jinoiy
javobgarlikka tortish nuqtai nazaridan ham asosli bo‘ladi. Shunday qilib,
JK 2291-moddasi JK 229-moddasida mustahkamlangan belgilar bilan bir
qatorda qilmishning ijtimoiy xavflilik xarakteri va darajasini ifodalovchi
maxsus belgilarga ham ega.
Kvalifikatsiyalovchi belgilarga ega qilmish sodir etilgan bir paytda,
ushbu qilmishda aybni yengillashtiruvchi kvalifikatsiya qilishga sabab
bo‘ladigan boshqa belgilar ham mavjud bo‘lganda, jinoyatlar majmui
bo‘lmaydi. Qilmish mazkur holatda jinoyatni sodir etganlik uchun
yengilroq jazoni ko‘zda tutgan JK moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi
(masalan, affekt holatida o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish, JKning
98-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur).
«Agar aynan bir jinoyatni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni
yengillashtiruvchi kvalifikatsiya belgilari Jinoyat kodeksining bir necha
moddasida nazarda tutilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksining
javobgarlikni ko‘proq yengillashtiruvchi moddasi bilan kvalifikatsiya
qilinishi kerak (masalan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib va
365
kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam o‘ldirish faqat JK 100-moddasi
bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim)»
1
.
Raqobatdagi normalarni
Dostları ilə paylaş: |