Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Umumiy takroriylik,
qoida tariqasida, bir turdagi yoki har xil turdagi 
jinoyatlarni takroran sodir etishdan iborat. Bu JK 56-moddasi 1-qismi «n» 
bandi tartibida og‘irlashtiruvchi holat deb topiladi va tegishlicha sodir 
etilgan qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta’sir o‘tkazmaydi.
Maxsus takroriylik
– 
yuqorida so‘z yuritilgan, jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishga va jazoning og‘irligiga ta’sir etadigan hamda 
qasddan bir xil yangi jinoyat sodir etish yoki alohida nazarda tutilgan 
hollarda qasddan bir xil yoxud har xil jinoyatlar sodir etishdagi 
takroranlikdir. 
3-§. Jinoyatlar majmui 
NOTA BENE ! 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta 
moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan 
ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi 
uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, 
jinoyatlar majmui 
deb topiladi
 
(JK 33-moddasi 1-qismi)

Jinoyatlar majmui uchun quyidagi belgilar xosdir: 
– shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etilishi; 
358 


– JK Maxsus qismining mustaqil moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya 
qilinadigan, ya’ni bir xildagi yoki har xil jinoyatlar sodir etilishi; 
– agarda birortasi uchun ham shaxs sudlanmagan bo‘lsa, ya’ni ular 
hech bo‘lmaganda bittasi uchun sud hukmi chiqquniga qadar sodir etilgan 
bo‘lishi. 
Shaxsning ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etishi
, jinoyatlar 
majmuining zarur belgisi sifatida, jinoyatlarning har biri alohida, mustaqil, 
yagona jinoyat xususiyatiga ega ekanligini anglatadi. Bunda ularning 
uyg‘unlashib ketishi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, aybdor ikki yoki 
undan ortiq oddiy alohida jinoyat sodir etishi yoki bitta oddiy va shu bilan 
birga davomli yoxud uzoqqa cho‘zilgan jinoyat sodir etishi yo bo‘lmasa 
ikkita davomli yoki uzoqqa cho‘zilgan jinoyat sodir etishi mumkin.
Jinoyat majmui uchun, shuningdek, jinoyatlar ketma-ketligi turli 
vaqtlarda sodir etilishi xosdir. Keyingi jinoiy qilmish ma’muriy yoki 
boshqa huquqbuzarlikni emas, balki aynan jinoyatni tashkil etadi. Faqat 
shuni ta’kidlash lozimki, jinoyat majmui bir qilmish bilan ikkita jinoyatni 
sodir etish hollarida ham vujudga kelishi mumkin. Bu hodisa jinoyat 
huquqi nazariyasida jinoyatlarning ideal majmui (jami) deb nomlanadi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin