Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Tarkibli jinoyatlar
o‘z ichiga ikki yoki undan ortiq bitta alohida 
jinoyatni tashkil etuvchi jinoyatlarni oladi. Murakkab alohida 
jinoyatlarning ushbu turi ajratib olib va subyekt yo‘nalganligini hisobga 
olmay huquqiy baho berganda, JKning turli moddalarida nazarda tutilgan 
mustaqil qilmishlar sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘lgan g‘ayrihuquqiy 
harakatlarni tarkibiy elementlar sifatida o‘z ichiga oladi. Biroq, tegishli 
jinoiy qilmish tuzilishida bu harakatlar mustaqil ahamiyatga ega emas, 
alohida kvalifikatsiya qilinmaydi, balki ushbu jinoyatning tarkibi doirasiga 
kirib ketadi. Boshqacha qilib aytganda, ular bir qancha jinoyat sodir etish 
emas, bitta alohida jinoyat tarkibi doirasiga kirib ketadi. Masalan, bezorilik 
ko‘pincha jabrlanuvchini haqorat qilish, urish-do‘pposlash, badanga yengil 
shikast yetkazish, o‘zganing mulkiga qasddan shikast yetkazish yoxud 
nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish va h.k. lar bilan birga 
ro‘y beradi, biroq ko‘rsatib o‘tilgan harakatlar mustaqil jinoiy-huquqiy 
baholanmaydi. Shaxsga, fuqarolarning mulkiga nisbatan ko‘rsatilgan 
tajovuzlar bilan bog‘liq bezorilik harakatlari bezorilikning tarkibi bilan 
to‘la qamrab olinadi va JKning boshqa moddalari bilan qo‘shimcha 
kvalifikatsiya qilinmaydi1. Bu tajovuzlar (ikki yoki undan ortiq) ularning 
ichki birligi va organik aloqasi tufayli jinoyatning bir tarkibiga birlashadi. 
NOTA BENE !
Tarkibli jinoyat
– har biri alohida ajratilgan holda mustaqil jinoyat 
bo‘lgan, biroq ularning organik birligi tufayli JK Maxsus qismining 
moddalari bilan qamrab olinadigan yagona jinoyatni tashkil etuvchi
o‘zaro bog‘langan qilmishlardan iborat jinoyatdir. 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси, 64, 66-моддалар. 
352 


Alohida tarkibli jinoyatga amalda ikkita ijtimoiy xavfli qilmish, ya’ni 
talonchilik (JK 166-moddasi) sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan 
o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishni va JK 104, 105, 
112-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat belgilariga mos tushishi mumkin 
bo‘lgan sog‘liq yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan jismoniy zo‘rlik ishlatish 
yoki bunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishni birlashtirgan bosqinchilik 
(JK 164-moddasi) misol bo‘la oladi. Alohida tarkibli jinoyatlar sirasiga 
hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (JK 206-
moddasi), bezorilik (JK 277-moddasi)ni ham kiritish mumkin. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin