Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

(JK 32-moddasi 2-qismi)
.
«Qasddan takroran yoki ilgari sodir etilgan jinoyat uchun 
sudlangandan so‘ng qasddan yangi jinoyat sodir etilishi, agar birinchi 
jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgan, 
sudlanganlik belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan yoxud 
shaxs muqaddam sodir etgan jinoiy xatti-harakat uchun qonunda 
javobgarlik bekor qilingan bo‘lsa, shuningdek, JK 65, 66, 66
1
, 68, 69, 70, 
71, 76-moddalariga binoan shaxs ilgari sodir etgan jinoyati uchun jinoiy 
javobgarlikdan va jazodan ozod etilgan bo‘lsa, jazoni og‘irlashtiruvchi 
holat sifatida e’tirof etilishi mumkin emas»
1

Mohiyatan, jinoyatlarni turli vaqtlarda sodir etish subyektda jamiyatga 
qarshi qarashlar va motivlar barqarorligining guvohligi, aybdor shaxsining 
yuqori ijtimoiy xavfliligi ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Jinoyatlarni turli 
vaqtda sodir etish subyektning turli xil hayotiy vaziyatlarda bo‘lishi va 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан 
жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 10-банд // Тўплам, 2-жилд. – 228-б. 
355 


ijtimoiy normalar hamda jinoyat qonuniga muvofiq, xulq-atvor variantini 
tanlash real imkoniyatiga ega bo‘la turib, qonun bilan taqiqlangan xulq-
atvorni tanlashini ko‘rsatadi. Har bir muayyan vaziyatda tegishli xulq-
atvorni tanlashda shaxs huquqqa xilof variantlarni tanlar ekan, bu 
jamiyatga qarshi harakatlari qarashlarining barqarorligi, muayyan hayotiy 
pozitsiyasi uning yuqori ijtimoiy xavfliligidan dalolat beradi. 
Takroriylikda faqat jinoyatchi shaxsi emas, balki sodir etilgan 
qilmishning o‘zi ham katta ijtimoiy xavf tug‘diradi. Takroriylikni tashkil 
etuvchi ikkinchi va keyingi jinoyatlar katta xavf tug‘diradi, chunki jinoyat 
huquqi tomonidan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga, ko‘p 
jabrlanuvchilarga katta ziyon yetkazadi. Bu holatni inobatga olgan holda, 
qonun chiqaruvchi takroranlikni ko‘p jinoyatlarning kvalifikatsiya 
qilinuvchi belgilariga kiritgan (masalan, JK 97-moddasi 2-qismi «r» bandi, 
118-moddasi 2-qismi «b» bandi, 135-moddasi 2-qismi «d» bandi va h.k.). 
Qoida tariqasida, takroran jinoyat sodir etish bir xil jinoyatlarni sodir 
etishni tashkil etadi; masalan, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof 
ravishda olish yoki o‘tkazish (JK 177-moddasi) mazkur jinoyatni yana bir 
bor sodir etilgan holdagina takroran sodir etilgan deb topiladi yoki Jinoyat 
kodeksi maxsus qismi moddasining bir qismi bo‘yicha, agarda mazkur 
moddada mazkur jinoyatlarga jinoiy javobgarlik belgilagan bo‘lsa 
(masalan, JK 228-, 248-, 273-moddalari)
1

Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan alohida hollarda, jinoyatni takroran 
sodir etish nafaqat bir xil, balki bir turdagi yoki turli turdagi jinoyatlarning 
birikuvidan tashkil topadi. Masalan, nomusga tegishdan (JK 118-moddasi) 
so‘ng sodir etilgan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda 
qondirish (JK 119-moddasi) kabi bir turdagi jinoyatlarni aybdorning bu 
jinoyatlarning birortasi uchun ham sudlanmagan taqdirda takroran jinoyat 
sodir etish deb kvalifikatsiya qilish lozim. 
Bunga misol sifatida bir turdagi jinoyat tarkiblaridan darak beruvchi 
tarkiblar maxsus ko‘zda tutilgan mansabdorlik jinoyatlarini sodir etishni 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 
этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 2-банд // 
Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. – 13-б.
356 


keltirish mumkin. Masalan, JK 210-moddasi 2-qismi «a» bandi, 211-
moddasi 2-qismi «a» bandi, 212-moddasi 2-qismi «a» bandi, 213-moddasi 
3-qismi «a» bandi. 
Javobgarlik Jinoyat kodeksi maxsus qismi moddalarida alohida 
nazarda tutilgan va mazkur tajovuz maxsus qism turli boblariga tegishli 
jinoyatlarni sodir etish har xil turdagi jinoyatlarni takroran sodir etish deb 
topiladi. Boshqacha qilib aytganda, keyingi ijtimoiy xavfli qilmish turli xil 
turdosh obyektlarga tajovuz qiladi. Jinoyat kodeksida mazkur tarkiblar 
juda ko‘p, ularga quyidagilar kiradi: JK 104-moddasi 3-qismi «b» bandi, 
105-moddasi 2-qismi «k» bandi JK 97-moddasi bilan birgalikda; JK 128-
moddasi 2-qismi «b» bandi JK 118- va 119-moddalari bilan birgalikda; JK 
131-moddasi 4-qismi «b» bandi JK 135- va 137-moddalari bilan birgalikda 
va boshqalar. 
Shaxsning sodir etgan jinoyatlardan birortasi uchun ham sudlanganlik 
faktining yo‘qligi – takroran jinoyat sodir etishni jinoyatlar retsidividan 
farqlashga imkon beruvchi asosiy belgilardan biridir. Mazkur belgining 
mazmuni shundan iboratki, takroran jinoyat sodir etishni tashkil qiluvchi 
har bir jinoyat jinoiy-huquqiy oqibatga ega bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, 
jinoyatni takroran sodir etish faqatgina aybdor shaxs jinoiy javobgarlikka 
tortilmagan yoki Jinoyat kodeksi umumiy qismi XII bobi qoidalari asosida 
jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan yoxud Jinoyat kodeksi umumiy qismi 
XIII bobida nazarda tutilgan holatlar asosida jazodan ozod etilgan 
hollardagina mavjud bo‘ladi. 
Sudlanganlik kabi jinoiy-huquqiy oqibat (uning aybdor shaxsdan olib 
tashlanmagan yoki o‘chmaganligi hollarida) faqat retsidivga, tabiiyki, bir 
qancha jinoyat sodir etishning mazkur shakliga tegishli shartlar mavjud 
bo‘lsa, tegishli bo‘ladi. 
Jinoyatni takroran sodir etish belgisi ko‘pgina moddalarda ijtimoiy 
xavfli qilmishning kvalifikatsiya belgisi bo‘lganligi sababli shaxs 
tomonidan sodir etilgan jinoyatlar mazkur holda Jinoyat kodeksi 
moddasining takroran jinoyatni sodir etish uchun jazoni nazarda tutuvchi 
tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Muayyan jinoyat tarkibi 
konstruksiyasida mazkur baholovchi belgi nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
qilmish sud tomonidan JK 56-moddasi 1-qismi «n» bandi asosida jazoni 
og‘irlashtiruvchi holat sifatida hisobga olinadi. 
357 


Takroran jinoyatni sodir etish belgilari tugallangan va tugallanmagan 
jinoyatlarga ham, shuningdek, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarga 
ham tegishlidir. Qonunning mazkur qoidalaridan, tugallanmagan va 
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar jinoiy jazoga sazovor xulq-atvor 
deb topilar ekan, tegishli ravishda takroran jinoyatni sodir etish belgilari 
mavjudligida shaxs, Jinoyat kodeksining Maxsus qismi tegishli moddalari 
bo‘yicha Umumiy qism 25-moddasi (Tayyorgarlik yoki suiqasd) tegishli 
qismiga va takroran jinoyat sodir etish kvalifikatsiyasini nazarda tutuvchi 
Maxsus qism moddasi muayyan bandi va qismiga havola qilinib 
javobgarlikka tortiladi. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarga ham 
kvalifikatsiya qoidalari aybdorning roli va ishtirokchilik shakli 
ko‘rsatilgan holda qo‘llaniladi. 
Yuridik adabiyotda takroran jinoyatni sodir etishning ikki turi 
belgilangan: umumiy va maxsus. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin