Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


JK 32-moddasi 1-qismining



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 32-moddasi 1-qismining
mazmunida qonun chiqaruvchi takroran 
jinoyat sodir etish deganda, aybdor tomonidan ham birinchi, ham keyingi 
hollarda jinoyat qonuni nuqtai nazaridan jinoyat deb topiladigan 
harakatlarni sodir etishini nazarda tutgani shubhasizdir. 
«Tamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, 
shuningdek, ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir 
etish deb topiladi» 
(JK 32-moddasi 1-qismi)
. Bunda shuni ham 
unutmaslik kerakki, «umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona 
maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga 
o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bo‘lgan (davomli) jinoyat 
takroran sodir etilgan deb topilmaydi» 
(JK 32-moddasi 3-qismi)
. Xuddi 
shunday «vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lib, 
bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‘zilgan) jinoyat 
takroran sodir etilgan deb topilmaydi» 
(JK 32-moddasi 4-qismi)

Jinoyatlarning turli vaqtlarda sodir etilishi (ketma-ket sodir etilishi) 
ularning bir-biridan vaqt bo‘yicha ajratilishi, ya’ni ularning har biri 
keyingisidan kichik bo‘lsa-da, muayyan vaqt oralig‘i bilan ajratilishini 
taqozo etadi. Vaqtdagi uzilish davomli bo‘lmasligi mumkin, biroq u har 
doim bir jinoyatni boshqasidan ajratish imkonini berishi lozim. Biroq, 
bunday vaqt oralig‘i sodir etilgan jinoyatlar o‘rtasida aybdorning huquqqa 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 15 мартдаги «Савдо соҳасидаги 
жиноятлар ва бошқа ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида»ги 9-сонли қарори, 2-
банд, 3-хатбоши // Тўплам, 1-жилд. – 51-б.
354 


xilof xulqi jinoyatga qarshi yo‘naltirilganligining barqarorlik darajasi va 
xavfliligini aks ettiruvchi o‘zaro ichki aloqasi va bog‘liqligi yo‘qotilishiga 
olib kelgan holatda davomli bo‘lishi mumkin emas. 
Shaxs tomonidan sodir etilgan birinchi (ilgarigi) va yangi (keyingi) 
jinoyat o‘rtasida o‘zaro aloqa va bog‘liqlik mazkur shaxs jamiyatga qarshi 
(jinoiy) xulqining davom etishi sifatida qarash imkonini beruvchi takroran 
jinoyat sodir etishda mavjud bo‘ladi. Mazkur aloqa qayd etilishining 
jinoiy-huquqiy usuli bo‘lib, ilgari sodir etilgan jinoyat uchun jinoiy 
javobgarlikka tortish muddatlari hisoblanadi. Oqibatda, ilgarigi va keyingi 
sodir etilgan jinoyat o‘rtasida oldingi jinoyatning jinoiy-huquqiy 
oqibatlarini bekor qilmaydigan muddatlargina o‘tishi mumkin. Ilgarigi va 
keyingi jinoyat o‘rtasida birinchi qilmishning jinoiy-huquqiy ahamiyatini 
bekor qiluvchi katta vaqt davri o‘tgan bo‘lsa, jinoyatlarning bunday 
birikuvi, takroran jinoyat sodir etish haqida so‘z yuritish imkonini 
bermaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, «agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi 
uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo‘lsa, jinoyat takroran 
sodir etilgan deb topilmaydi» 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin