Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Murakkab alohida jinoyatlarning



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə268/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Murakkab alohida jinoyatlarning
turlari, yuqorida qayd etilganidek, 
davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlardir. 
Davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlar qonun 
chiqaruvchiga belgilarning har birini JKning muayyan moddasi yoki 
modda qismida tasvirlangan tarkibga birlashtirishga imkon beradigan 
obyektiv va subyekt belgilarning mustahkam yuridik umumiyligi bilan 
tavsiflanadi
1

NOTA BENE ! 
Davomli jinoyat
deganda, yagona maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan 
umumiy qasd doirasida birlashgan ikki va undan ortiq ijtimoiy xavfli 
harakatlar tushuniladi. 
Davomli jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, barcha 
jinoyatlarning o‘zaro bog‘liqligi bir butunni tashkil qilishda namoyon 
bo‘ladigan barcha epizodlarning yagonaligidadir. Davomli jinoyatning 
alohida aktlari, ular mustaqil jinoyat xarakteriga ega bo‘lmasa, mustaqil 
kvalifikatsiya qilinmaydi; o‘zining yig‘indisida bir martalik jinoyat sifatida 
qaraladi. Masalan, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (JK 103-
moddasi), o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki 
boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish 
(103
1
-modda), qiynash (JK 110-moddasi), bir-biriga tobe bo‘lmagan 
harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav 
qoidalarini buzish (JK 285-moddasi) va hokazo. 
Shunday qilib, davomli jinoyat «bir qator aynan o‘xshash xatti-
harakatlar bilan turli vaqtlarda sodir etilgan bo‘lsa-da, biroq yagona qasd 
bilan qamrab olingan, obyekti va sodir etish usuli, oqibatlari bir xilligi 
jihatidan o‘zaro o‘xshash» bo‘ladi
2

«Davomli jinoyat sodir etilishi davrida shaxs tomonidan boshqa 
jinoyat sodir etilgan bo‘lib, uning belgilari Jinoyat kodeksining davomli 
1
Уголовное право России. Часть Общая: учеб. для вузов: учеб. для студентов вузов, обучающихся по 
специальности «Юриспруденция» / Отв. ред. проф. Л.Л. Кругликов. 2-е изд., перераб. и доп. – С. 326. 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 
этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 4-банд, 1-хатбоши 
// 
Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. – 13-б.
349 


jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi dispozitsiyasi bilan 
qamrab olinmasa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat 
uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi hamda boshqa jinoyat uchun 
javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bo‘yicha kvalifikatsiya 
qilinadi»
1

Alohida e’tiborga talon-toroj va mansabdorlik jinoyatlaridagi davomli 
jinoyatlarni takroran sodir etiladigan jinoyatlardan farqlash hollari 
molikdir. 
Davomli talon-toroj – bir qator o‘xshash harakatlardan iborat, 
aybdorning yagona qasdi bilan qamrab olingan va yig‘indisi bitta 
qilmishni tashkil etadigan o‘zganing mulkini noqonuniy o‘zlashtirish 
umumiy maqsadiga ega. 
Masalan, aybdor televizor o‘g‘irlash maqsadida har gal zavodning 
kirish darvozasidan bittadan detal olib chiqib ketadi. Navbatdagi shunday 
holda u ushlab olinganda qilmish talon-torojning takroriyligini 
bildirmaydi, chunki ellik marta bo‘lsa-da, bittadan detal olib chiqib ketish 
aybdorning yagona maqsadi – televizor o‘g‘irlash bilan qamrab olingan. 
«Davomli talon-toroj sodir etilgan hollarda aybdorning harakatlari talon-
toroj qilingan umumiy summani hisobga olgan holda tavsiflanishi zarur. 
Agar shaxsning harakatlari davomli jinoyat xususiyatiga ega 
bo‘lmasdan bir necha mustaqil epizodlardan, misol uchun, o‘g‘rilik, 
talonchilik, firibgarlik va boshqalardan iborat bo‘lsa, bu harakatlar talon-
toroj qilingan umumiy summadan kelib chiqqan holda tavsiflanishi 
mumkin emas. Bunday hollarda jinoyatni o‘zganing mulkini talon-toroj 
qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksi 
moddasining dispozitsiyasiga muvofiq, jumladan, takroriylik belgisi bilan 
tavsiflash lozim»
2

«Pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilishni 
takroriylik belgisiga ko‘ra tavsiflash ushbu jinoyatning o‘zini ikki 
marotabadan kam bo‘lmagan miqdorda sodir etilishini va ulardan hech biri 
uchun shaxsning sudlanmaganligini hamda jinoiy javobgarlikka 
tortishning muddati o‘tib ketmaganligini taqozo etadi. 
1
Ўша жойда 78-79 б. 
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги «Иқтисодиёт 
соҳасидаги жиноий ишлар бўйича суд амалиётида юзага келган айрим масалалар тўғрисида»ги 11-сонли 
қарори, 5-банд, 2 ва 3-хатбошилари // Тўплам, 1-жилд. – 116-б. 
350 


Mansabdor shaxsning bir vaqtning o‘zida bir necha shaxsdan poralarni 
olishi, basharti pora beruvchilarning har biri uchun alohida qilmish sodir 
etilsa, takroriy pora olish deb tavsiflanishi lozim»
1


Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin