Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
Oddiy alohida jinoyatlar uch turga bo‘linadi: bir oqibatni keltirib
chiqaruvchi bir harakatli (harakatsizlikka ega) jinoyatlar; bir qilmishli va
bir necha oqibatli jinoyatlar; ikki yoki undan ortiq qilmishli jinoyatlar;
muqobil qilmishli jinoyatlar.
Masalan, odam o‘ldirish oddiy alohida jinoyatga misol bo‘la oladi.
Bunda bir qilmish bir oqibatni – jabrlanuvchining o‘limini keltirib
chiqaradi. O‘g‘rilik ham shunday jinoyat hisoblanadi. Bunda bir qilmish –
o‘zganing mulkini yashirincha talon-toroj qilish, bir oqibat – mulk egasiga
mulkiy ziyon yetkazish mavjud.
Oddiy alohida jinoyat oqibatlari tegishli tarkib doirasidan tashqarida
bo‘lgan (formal tarkibli jinoyatlar) bir qilmishdan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘ldirish bilan qo‘rqitish yoki zo‘rlik ishlatish (JK 112-moddasi), yolg‘on
guvohlik berish (JK 238-moddasi) shunga misol bo‘la oladi.
Qonunda ko‘rsatilgan bir necha oqibatni keltirib chiqargan bir
qilmishli jinoyatlarga misol JK 204-moddasining 1-qismi bo‘lishi mumkin,
bunda bir harakat – alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tartibini
buzish va ikki oqibat – katta zarar yoki boshqa og‘ir oqibatlar ko‘rsatilgan.
Ikki harakatli oddiy alohida jinoyatlarga mansab soxtakorligi (JK 209-
moddasi 1-qismi) misol bo‘la oladi. Bu yerda hujjatlarga soxta
ma’lumotlar kiritish va ularni taqdim etish ushbu qilmishni sodir etishning
variantlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Muqobil qilmishli oddiy alohida jinoyatlarga, qisman, mansabdor
shaxsning sud yoki sudyaning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarorini
qasddan bajarmasligi yoxud ularning bajarilishiga to‘sqinlik qilishi kiradi.
Ushbu holatda jinoiy javobgarlikka tortish uchun ko‘rsatilgan
harakatlardan hech bo‘lmaganda bittasining sodir etilishi yetarlidir
(masalan, faqat mazkur sud hujjatlarining bajarilishga to‘sqinlik qilish).
348