Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 9-moddasiga
muvofiq, «Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi 
isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi». 
Ushbu prinsipning ahamiyati shundaki, ayb – jinoiy qilmishning 
xususiyati sifatida, jinoyat sodir etgan shaxsning jamiyat huquq-tartibotiga 
salbiy munosabatida ifodalanadi. Demak, shaxsni tuzatish uchun, avvalo, 
ushbu salbiy munosabatlarning o‘zini aniqlab olish zarur. Shaxsdagi 
bunday salbiy munosabatlar jamiyat manfaatlariga zid bo‘lib, jinoiy 
javobgarlikka tortishning ahamiyatini yo‘qotadi. 
Ayb uchun javobgarlik prinsipi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish 
uchun majburiy bo‘lgan quyidagi belgilarni aniqlaydi: 
– shaxsning o‘z qilmishiga nisbatan ruhiy munosabati; 
– mazkur qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati. 
Shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish jarayonida jinoiy-huquqiy 
normalarni ko‘rsatilgan prinsipga muvofiq ravishda shakllantirish va 
ushbu normalarni amaliy tatbiq qilish, qonun chiqaruvchi va huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar uchun majburiydir. Ta’kidlash joizki, jinoiy 
javobgarlik tushunchasi va asosini aniqlovchi Jinoyat kodeksining 16-
moddasidan farqli, ushbu prinsipning mustahkamlanishi subyektga 
nisbatan umumiy jinoiy javobgarlik qoidasini o‘rnatishni ko‘zda tutadi. 
Jinoyat kodeksining 16-moddasida ta’riflangan qoidalar esa, ayb uchun 
javobgarlik prinsipining ayrim ko‘rinishlarini aks ettiradi.
Sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishiga nisbatan shaxsning ruhiy 
munosabati qasd yoki ehtiyotsizlik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ushbu 
prinsipga muvofiq, har bir muayyan holatda aynan jinoyat qonuni bilan 
talab qilingan ayb belgilanishi lozim. Masalan, qonunda bolani faqat 
qasddan almashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo‘lsa 
(Jinoyat kodeksining 124-moddasiga asosan), mazkur moddada ayb uchun 
ehtiyotsizlik oqibatida sodir etganlik sifatida jinoiy javobgarlik qo‘llash 
mumkin emas. 
Ayb uchun javobgarlik prinsipi muayyan jinoiy qilmishning 
tavsiflanayotgan belgilariga nisbatan jinoyat subyektining aybini majburiy 
belgilashda qo‘llaniladi. Shaxs o‘z qilmishining xavflilik darajasini 
ko‘rsatuvchi obyektiv holatlarni anglamagan, anglashi shart bo‘lmagan 
44 


yoxud anglay olmaydigan hollarda, bu holatlar uning javobgarligini 
og‘irlashtirishga xizmat qilishi mumkin emas. Bunday xulosaga faqat 
jinoiy javobgarlikning obyektiv va subyekt asoslari mavjudligiga asoslanib 
kelish mumkin. 
Bu o‘rinda isbotlash qonunga to‘liq bo‘ysungan holda amalga 
oshirilishi lozim. Mazkur talabga rioya qilmaslik aybning 
isbotlanmaganligini va oqibatda jinoyat sodir etmagan shaxsning jinoiy 
javobgarlikka tortilishi mumkin emasligini ko‘rsatadi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu prinsip aniq jinoyatlar tarkibini 
shakllantirish va jinoyat tarkibini jinoiy javobgarlikning asosi deb tan olish 
bilan mamlakatimizda mavjud bo‘lgan qonun hujjatlarida ijtimoiy xavfli 
va qonunga xilof harakat ko‘rinishida aks etmagan qilmish uchun 
jazolanish holatlarini inkor etadi. 
Ushbu prinsip yana obyektiv ayblovni, ya’ni aybsiz holda zarar 
yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishni ham inkor etadi. Aybsiz 
holda yetkazilgan har qanday qilmish, ijtimoiy munosabatlarga yetkazgan 
moddiy zararidan qat’i nazar, jinoyat deb topilishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ayb uchun javobgarlik 
prinsipining mavjudligi jinoyat uchun javobgarlikning qat’iy 
belgilanganligini ko‘rsatadi. Jinoyat sodir etganlik uchun faqatgina aybdor 
shaxs javobgarlikka tortiladi. Ushbu qoida jinoyat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida bajaruvchining ektsess institutini, ya’ni jinoiy guruh 
a’zolarining qasdi bilan qamrab olinmagan harakati uchun faqat 
ijrochining o‘zi javobgar ekanligini tan olishda aksini topadi. 
(Bu haqda ushbu tom X bobining «Ishtirokchilikda sodir qilingan 
jinoyat uchun javobgarlik asoslari va chegaralari» deb nomlangan 4-§ da 
batafsil to‘xtalib o‘tilgan.) 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin