Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

umumijtimoiy ahamiyati
jinoyat tarkibini tashkil 
etuvchi belgilar birligida ifodalanuvchi xulq-atvorga nisbatan jamiyat, 
davlat va tegishli huquq normasining salbiy munosabatida namoyon 
bo‘ladi, ya’ni jinoyat tarkibi – bu taqiqlovchi norma yoki jamiyat 
a’zosining xulq-atvor me’yoridir.
Jinoyat tarkibining 
jinoyat-huquqiy ahamiyati
bir qator holatlarda 
ifodalanadi: 
– birinchidan, u sodir qilingan qilmishni baholash, aniqrog‘i jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishning qonuniy asosidir. Jinoyat tarkibi – sodir bo‘lgan 
hodisa (holat)ni solishtirish uchun etalon (o‘lchov birligi) hisoblanadi; 
– ikkinchidan, jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibi muhim 
rol o‘ynaydi. Bu jarayonni ro‘yobga chiqaruvchi sud-tergov xodimlari 
sodir bo‘lgan holat belgilarini JK tegishli moddalarida belgilangan jinoyat 
tarkibi bilan solishtirgan holda kvalifikatsiya qiladilar; 
uchinchidan, jinoyat tarkibining to‘g‘ri aniqlanishi jinoyatni to‘g‘ri 
kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘ladi. Kvalifikatsiya qilish haqiqatda 
sodir etilgan qilmishni qonunda ko‘rsatilgan belgilar bilan solishtirib, 
boshqalar uchun shunga o‘xshash qilmishlarni sodir qilishni taqiqlashga 
imkon beradi; 
– to‘rtinchidan, bir tomondan muayyan jinoyat tarkibi belgilarini
ikkinchi tomondan sodir bo‘lgan jinoyat tarkibi belgilarining bir-biriga 
mosligini qayd etish jinoyat sodir qilgan shaxs huquqlari kafolatlaridan 
biridir, ya’ni uning o‘z qilmishini qonunga muvofiq kvalifikatsiya qilishni 
talab qilish huquqini ifodalab beradi; 
– beshinchidan, jinoyat tarkibi va uning belgilarining aniqlanishi sud-
tergov amaliyotida jinoyat-huquqiy normani qo‘llashda qonuniylik 
prinsipining kafolatidir. 
138 


3-§. Jinoyat tarkibining tuzilishi. Jinoyat

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin