bir-biridan farqlash, buning natijasi sifatida jinoyatlarni kvalifikatsiya
qilish mezoni hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida bitta obyektga qaratilgan bir
xil ayb shakllariga ega bo‘lgan qilmishlarni chegaralashda obyektiv tomon
muhim rol o‘ynaydi. Masalan, bir vaqtning o‘zida bitta obyektga
qaratilgan, qasddan sodir etiladigan, g‘arazli niyatlarda amalga
oshiriladigan va umumiy subyektga ega bo‘lgan mulkni talon-toroj qilish
jinoyatlarini farqlash JK Maxsus qismi moddalarida turli xil tarzda
ifodalangan obyektiv tomonning belgilari orqali amalga oshiriladi.
Obyektiv tomonni tahlil qilish bir qator hollarda qo‘shimcha obyektni
aniqlashga imkon beradi (masalan, JK 164-moddasining dispozitsiyasi
fuqarolarning hayoti yoki sog‘liqi xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy
munosabat shakli sifatida qo‘shimcha obyektni aniqlash imkonini beradi).
Shuningdek, obyektiv tomonning alohida belgilari qonun chiqaruvchi
tomonidan kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida ifodalanadi (masalan, jinoyat
sodir etish usuli va vositasi).
Tuzilishi jihatidan obyektiv tomonning zaruriy va fakultativ belgilari
mavjud. Bunda zaruriy va fakultativ belgilar moddiy va formal tarkibli
jinoyatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
(Bu to‘g‘risida mazkur tom IV bobining «Jinoyat tarkibining tuzilishi.
Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilari» deb nomlanuvchi 3-§ ga
qarang.)
Dostları ilə paylaş: