ixtiyori va ongi bilan mastlik holatiga tushgan. Bu holat JK 56-moddasiga
muvofiq, og‘irlashtiruvchi holat deb baholanadi
va shaxs umumiy
asoslarda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ixtiyoriylik
– (qilmishni obyektiv tomonidan tavsiflovchi belgi)
qilmishning ong nazorati ostida sodir qilinishida shaxsning qilmishni sodir
qilmasdan boshqa xulqni tanlay olishi real imkoniyatining mavjudligidir.
Ixtiyoriylik obyektiv belgi bo‘lib, u shaxsning
u yoki bu xulqni tanlashida
tashqi ta’sirlar ostida yuzaga kelgan yengilmas kuchlarning to‘siq
bo‘lmasligida ifodalanadi. Bu holatda ixtiyoriylik subyekt belgilardan farq
qiladi, zero ular ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilishga qaratilgan ongning
ayb shaklini ifodalaydilar. Noixtiyoriylik ham jinoyat sodir qilinishining
salbiy belgisi, ya’ni u qilmishning o‘zini va uning jinoyat-huquqiy
ahamiyatini inkor qiladi.
Ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatlarga ham irodalilik xos.
Ehtiyotsizlik ortida sodir qilinadigan jinoiy harakatsizlikda
kerakli ongli
harakatning sodir qilinmasligi to‘g‘risida so‘z boradi. Bu holatda biror
obyektga nisbatan shaxsning ruhiy xususiyatlari (e’tibori yoki ongi)
qaratilishi imkoniyati va zarurati bor edi. Shu sababli, bu belgi
harakatsizlikka ham xos.
Bu belgining muhimligini ta’kidlar ekanmiz, qonun
chiqaruvchi
jismoniy yoki ruhiy zarurat (yoki majburiyat) ortida qonun bilan
qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazish
oxirgi zarurat
ekanligi to‘g‘risidagi qoidalarni hisobga olgan holda hal qiladi. Buyruq
yoki boshqa vazifani ijro etishda ixtiyoriylik belgisi haqidagi masala ham
xuddi shunday hal etiladi.
Bu to‘rt belgining birligi obyektiv tomonning elementi – qilmishning
har ikki shakliga – harakat va harakatsizlikka ham xos.
Harakat
inson xulq-atvorining faol shaklini ifodalaydi. Umumiy
tushunishga ko‘ra, bu obyektiv olamdagi o‘zgarishlarni
keltirib
chiqaradigan tana a’zolarining harakati, tashqi ko‘rinishidir. Jinoyat sodir
qilinayotganda subyekt voqealar rivojini kutib o‘tirmaydi, balki kutilgan
natijaga erishish uchun bevosita voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatadi.
160
Shunday qilib, qilmish xulqning ayrim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, ma’lum
motivlardan kelib chiqadi va ma’lum maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: