yoki undan ortiq jinoyatni sodir etish hollari, garchi shaxs ehtiyotsizlik
orqasida sodir etgan jinoyati uchun ilgari javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da,
retsidiv jinoyat deb topilishi mumkin emas. Mazkur qoida to‘la ravishda
ehtiyotsizlik orqasida va qasddan jinoyat sodir etish hollariga ham
tegishlidir.
Sudlangandan so‘ng takroran qasddan jinoyat sodir etilishi shaxsning
unga ogohlantiruv-tarbiyaviy ta’sir etilganligiga qaramay, to‘g‘ri yo‘lga
kirmaganligidan guvohlik beradi. Shuning uchun, bunday jinoyat jamiyat
va davlat tomonidan yanada qattiqroq qayta javobni (reaksiyani),
retsidivistga nisbatan qo‘shimcha jinoiy javobgarlik va jazo choralarini
qo‘llash zaruratini taqozo etadi.
Retsidiv jinoyatlarga turli vaqtda, ketma-ket sodir etilish xos bo‘lib,
bunda qasddan sodir etiladigan yangi jinoyatlar o‘xshash, bir turdagi va
har xil turdagi jinoyatlar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, «Jinoyat
kodeksi 34-moddasi mazmuniga ko‘ra, retsidiv jinoyat mavjudligi
haqidagi masalani hal etishda shaxs sudlanayotgan yoki muqaddam
sudlangan qasddan sodir etilgan jinoyat tamom bo‘lgan yoki tamom
bo‘lmagan jinoyat ekanligi, shuningdek, ushbu jinoyatlardan qay birida
bo‘lsin shaxs bajaruvchi yoki ishtirokchi bo‘lganligi ahamiyatga ega
emas»
1
.
Retsidiv jinoyatning aniqlovchi belgisi
Dostları ilə paylaş: