Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Oddiy retsidiv
shaxs ikki bor sudlangan bo‘ladi. 
Murakkab retsidiv
– bu o‘ziga xos, bir qanchalik retsidiv, bunda aybdor shaxs uch marotaba 
va undan ko‘proq sudlangan. 
Umumiy retsidiv
shunda namoyon bo‘ladiki, aybdorning «arxivi» 
turli xil jinoyatlardan tarkib topgan (bevosita va turdosh obyekti bo‘yicha 
tafovutga ega hamda ayb shakli turlicha bo‘lgan jinoyatlar). Misol uchun, 
bojxona qonunchiligini buzganlik uchun sudlanganligi bo‘la turib, shaxs 
o‘g‘rilik yoki bezorilik va hokazo jinoyatni sodir qiladi. 
Maxsus retsidiv
bir-biriga yaqin yoki turdosh jinoyatlarni o‘z ichiga oladi (bir xil bevosita 
va turdosh obyektiga ega hamda ayb shakli bir bo‘lgan jinoyatlar). 
Masalan, shaxs bosqinchilik jinoyati uchun sudlangan bo‘lib, xuddi shu 
jinoyat yoxud o‘g‘rilik, firibgarlik jinoyatini sodir etadi. Umumiy 
retsidivga nisbatan murakkab retsidiv xavfliroq tusga egadir. 
374 


Penitentsiar retsidivda
ilgari ozodlikdan mahrum qilish jazosiga 
hukm qilingan shaxs, avvalgi jinoyat uchun sudlanganlik muddati 
davomida yangi jinoyat sodir qilib, yana ozodlikdan mahrum qilish 
jazosiga hukm qilinadi. Mazkur retsidiv turining nomi ham jazoni 
ozodlikdan mahrum qilish joylarida o‘tash bilan bog‘liq. 
o‘ta xavfli retsidiv
tushunchasi jinoyat huquqida uning qonundagi 
ta’rifiga to‘la mos, ya’ni u, sud hukmiga asosan, o‘ta xavfli retsidivist deb 
topilgan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilgan paytda kuzatiladi. 
«Bir qancha jinoyat sodir etish»
mavzusi yuzasidan yakuniy savollar 
1. Bir qancha jinoyat sodir etish deganda nima tushuniladi? Uning 
ahamiyati nimada? 
2. Bir qancha jinoyatlar sodir etishning qanday zaruriy belgilari 
mavjud? 
3. Qanday turdagi jinoiy qilmishlar bir qancha jinoyatlarni tashkil 
qiladi? 
4. Bir qancha jinoyatlarning yagona jinoyatdan farqi nimada? 
Davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlar ostida nima tushuniladi? 
5. Amaldagi qonunchilikda bir qancha jinoyat sodir etishning qanday 
turlari mavjud? 
6. Takroran jinoyat sodir etish deganda nima tushuniladi? Bir qancha 
jinoyat sodir etishning mazkur turi bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning 
qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor? 
7. Jinoyatlar majmui ostida nima tushuniladi? Uning qanday zaruriy 
belgilari mavjud? Jinoyatlar majmuining qanday turlarini bilasiz? 
8. Jinoyatlar majmuini takroriylikdan farqlab bering. 
9.Jinoyatlar real majmuining jinoyatlar ideal majmuidan tafovuti 
nimada? Qilmishni jinoyatlar ideal majmui bo‘yicha kvalifikatsiya 
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada? Qonun tomonidan inobatga 
olingan jinoyatlar ideal majmui va qonunda inobatga olinmagan jinoyatlar 
ideal majmui nimada ifodalanadi? 
375 


10. Raqobatdagi normalar deganda nima tushuniladi? Uning bir 
qancha jinoyatlarni sodir etishdan qanday farqlari mavjud? U yoki bu 
turdagi raqobatdagi normalar mavjudligida kvalifikatsiya qilish qoidalari 
nimadan iborat? 
11. Retsidiv jinoyat ostida nima tushuniladi, uning asosiy belgilari 
nimada? Qilmishda jinoyatlar majmui va retsidiv birikishi mumkinmi? 
12. Amaldagi JKda retsidivning qanday turlari ajratiladi? Jinoyat-
huquqiy doktrinada retsidivning qaysi turlari mavjud? 
13. Retsidiv jinoyatni topishda qanday sudlanganlik turlari inobatga 
olinmaydi? 
14. Retsidivning takroriy jinoyat sodir etishdan farqi nimada? 
15. Xavfli retsidiv oddiy retsidivdan qanday farqlanadi? Qay holatda 
shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb tan olinadi? 
16. Retsidiv jinoyat qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi? 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin