Hashorotlar ekologiyasi va koevolyutsiyasi


Shiralar yoki o‘simlik biti (Aphidodea) kichik turkumi



Yüklə 33,76 Kb.
səhifə5/6
tarix20.10.2023
ölçüsü33,76 Kb.
#157859
1   2   3   4   5   6
HASHOROTLAR EKOLOGIYASI VA KOEVOLYUTSIYASI

Shiralar yoki o‘simlik biti (Aphidodea) kichik turkumi.
Shiralar – Yer yuzida ko‘p tarqalgan mayda (1-7 mm) polimorf hasharotlardir. Ko‘plab uchraydi. Minglarcha turni o‘z ichiga olgan bu guruh hasharotlarning hammasi turli o‘simliklarning bargi, shoxchasi, tanasi yoki ildizlarida yashab, o‘zlarining sanchuvchi – so‘ruvchi og‘iz organi bilan ulardan sharbat so‘rib oziqlanadi va shu bilan o‘simliklar (jumladan muhim madaniy o‘simliklar) ga nihoyatda katta zarar yetkazadi va ko‘pincha o‘simlikni qurib ketishiga sabab bo‘ladi.
Shiralar murakkab ravishda bir necha xil individlar hosil qilib, geterogoniya yo‘li bilan ko‘payadi. Partenogenetik urg‘ochilari qanotsiz yoki (qo‘chuvchi formalari) qanotsiz bo‘ladi. Ko‘chuvchi va otalanib (o‘rchib) ko‘payadigan avlodlardagi ikki juft yupqa nozik pardasimon. Bahor va yoz davomida faqat partenogenez yo‘l bilan ko‘payuvchi avlodlari bir mavsumda 15 – 20 marta nasl berib ko‘payganligi tufayli har bir shira bir mavsumda yuz millionlab individlar hosil eta oladi.
Olma, nok va behi daraxtida uchraydigan yashil shiraning bahorda dastlab paydo bo‘lgan qanotsiz urg‘ochisi (“nasl asoslovchi”) lari o‘tgan kuzdagi otalangan qishlovchi tuxumdan yetishadi. U tezda voyaga yetib, partenogenez yo‘li bilan ko‘plab lichinka (nimfa) tug‘ib ko‘payadi. Uning dastlabki avlodlari ham qanotsiz bo‘lib, ular ham otalanmay ko‘payishini davom etdiradi. Keyinchalik tug‘ilgan nimfalar qanotli yoki qanotsiz bo‘lib, qanotlilar shira naslini boshqa tup olma (behi, nok) ga tarqalishi ta’minlaydi.
Kuzda mazkur partenogenez urg‘ochilardan otalanib ko‘payadigan qanotli erkak va urg‘ochilar yetishib, qo‘shilgach, urg‘ochi shira mazkur shoxchaga otalangan (qishlovchi) tuxum qo‘yadi. Bu chidamli tuxum faqat yanagi yili bahorda rivojlanib, yuqorida bayon etilgan “nasl asoslovchi” urg‘ochisini yetishtiradi.
Shaftoli daraxtining novdasi va tanasida sharbat so‘rib yashaydigan katta (4 – 6 mm ) qoramtir shiralar bahordan kuzgacha qanotsiz partenogetik urg‘ochilardan iborat bo‘lib, ularda qanotli (ba’zida qanotsiz) erkak va urg‘ochi individlar faqat kuz faslida yetishadi. Bu xildagi shiralar faqat bir tur daraxtlarda yashaydi.
Daraxtda yashovchi shiralar o‘rtasida Amerikada tarqalgan qon shirasining tuzilishi va hayoti boshqacharoq. Kavkaz, Qrim, Moldaviyada uchraydigan bu shiralar o‘zidan o‘rgimchak tolasiga o‘xshagan modda ajratib, yashiringan holda yashaydi. Binobarin bularni yo‘qotish qiyin (uning no‘xtasimon “uyasi” ga tegilsa qizg‘ish suyuqlik ajralgani uchun shu nom bilan atalgan). Mazkur xavfli shira daraxtning ildiziga ham o‘tib, uni chiritadi va tuganaklar hosil etadi. Qon shirasini faqat uning tabiiy kushandasi – afelinus pashshacha yordamida yo‘qotish mumkin; mazkur pashsha shira tanasiga tuxum qo‘yib, uni ko‘plab qiradi.
Tok shirasi – filoksera ham o‘ta zararli hasharot. Uning “asoschisi” urg‘ochisidan yetishgan qanotsiz partenogenez avlodlari tokning bargida, bir qismi esa tuproqqa o‘tgach, tok ildizini so‘rib oziqlanib.

Yüklə 33,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin