Boshqariladigan yonish jarayonlari yoqish kamera deb nomlangan maxsus qurilmalarda olib boriladi. Yoqish kameralariga bug' generatorlarining o'txonalari, gaz uyurmali qurilmalari, isitish pechlarining yoqish kameralari va energetik qurilmalarini boshqa generatorlari kiradi.
Yonish jarayoni - bu yoqilg'ining murakkab fizik-kimyoviy oksidlanish jarayoni bo'lib, intensiv issiqlik ajralishi bilan kechadi va gazsimon yonish mahsulotlarining harorati oshib borishi bilan tavsiflanadi.
Yonish jarayoni yoqilg'i va oksidlantiruvchi birligida kechishi mumkin. Keng tarqalgan oksidlantiruvchi, bu havoning kislorodidir, organik yoqilg'ilarni barcha turlari yonish jarayonida ishtirok etadi.

Yoqilg'i va oksidlantiruvchi bir xil agregat holatida kechadigan reaksiya gomogen reaksiyasi deb nomlanadi. Ular reaksiyaga kirishuvchi moddalarning orasida sirtli bo'linishi yo'qligi bilan tavsiflanadi.
Gaz yoqilg'isining yonishi, bu gomogenli yonishdir. Yoqilg'i va oksidlantiruvchi har xil agregat holatida kechadigan reaksiya geterogen reaksiya deb aytiladi. Bu reaksiya fazalarning bo'lish sirtida kechadi.

Qattiq va suyuq yoqilg'ilarning yonishi geterogen reaksiyalarga tegishli. Ushbu reaksiya harorat va bosimda yoqilg'i va oksidlantiruvchi yonuvchi moddalarning aralashmasi, issiqlik ichki energiyasidan tashqari, kimyoviy energiyaga ham ega.
Yoqilg'ining yonishi to'liq va to'liqmas (chala) bo'ladi. Yoqilg'ining yonuvchi elementlari kislorod bilan quyidagicha reaksiyaga kirishib, to'liq yonsa, bunday yonishga to'liq yonish deyiladi: