To’qimachilik, paxta, ipak ishlab chiqarish va yengil sanoatidagi mashinalardan chang ajralib chiqishiga qarshi choralar. Sex havosidagi changni kamaytirishda kuyidagi tadbirlar qo’llaniladi:
- umumiy shamollatish; zontlar qo’llash; aspiratsiyalash; kapsulyatsiyalash;
- gardishlardan surish.
Paxta, ipak va to’qimachilik sanoati korxonalarida asosan aspiratsiyalash, ya’ni ajralib chikayotgan changni usha joyning uzidan ventilyator orqali surib olish usuli qo’llaniladi.
Yigiruv fabrikalarida deyarli xamma mashinalar ventilyatorlar bilan ta’minlangan bulib, ular changli havoni mashinadan surib oladilar va tozalash uskunalariga yuboradilar. Bundan tashkari bu korxonalarda havo okimlari texnologik jarayonda xam keng qo’llaniladi.
Misol tarikasida, to’qimachilik mashinalaridan changli havoni surib olish meyorlari (m3/soat) keltirilgan:
Yigiruv-tukuv fabrikalari:
Ta’minlovchi-almashtiruvchi mashina
800
Bosh ta’minlovchi
800
Chiqindilar uchun ta’minlovchi
800
Aralashtiruvchi mashina
800
Gorizontal titish mashinasi
3500
Vertikal titish mashinasi
2500
Savash mashinalari:
T-16
7500
TB
5000
MTM
7500
T2-I
5000
TB-2
5000
T-20
2500
Tarash mashinalari (CHMM-14, CHMM-14T, CHMD-14)
3000
Pilta mashinasi LNS-51
800
Yigiruv mashinasi P-76, P-66-5M
1700
Urash mashinasi
800
Oxorlash mashinasi SHB-11/180
2000
Pardozlash fabrikalari:
Jilvirli mashina
3000
Tukni kirkuvchi-momikdan tozalovchi agregat
6600
Silindrik tuk kuydiruvchi mashina:
Zont tagidan
10000
Momik tozalagichdan
4000
Zapravka silindrlaridan
1500
Gazli tuk kuydirish mashinasi:
Zont tagidan
800-1500
Momik tozalagichdan
2000-2500
Zapravka silindrlaridan
1500
3-rasmda misol tarikasida tarash mashinasi CHMM-450-ZM ning aspiratsiyalash sistemasi ko’rsatilgan.
Ip yigiruv fabrikalarining yigiruv mashinalaridan (michkoulovitel-lardan) surib olinadigan havoni umumiy retsirkulyatsiya kanallariga kushib yuborish tavsiya kilinali. To’qimachilik sanoati changli havoni surish kuvurlaridagi havo okimining tezligi 8-14 m/s qilib olinadi. Ammo, tadkikotlar shuni ko’rsatadiki, aspiratsiya sistemalarining magistral kuvurlarida havo okimining tezligi 20-25 m/s qilib olinsa, bu sistemaning ish samarasi yukori bo’ladi.
Oxorlash va gazlama tuklarini kuydirish mashinalarida ventilyatsiya asosan ish joylaridan namlikni hamda issik havoni surish uchun foydalaniladi. Bunday sharoitda mashinalar havo suruvchi uskunalar bilan biriktirilgan zontlar bilan ta’minlanadi. Bundan tashkari to’qimachilik korxonalari sexlarida umumiy ventilyatsiya keng qo’llaniladi. Tarash, piltalash, piliklash, yigirish, pishitish, kayta urash, tandalash va tukish sexlaridan changli havoni suruvchi kanallar orqali ventilyatorlar yordamida surib olinadi. Suruvchi kanallar yer osti orqali o’tkazilib, panjaralar bilan tusib kuyiladi. Panjaralar mashinaning ostki qismida, yo’laklarda bo’lishi mumkin. Odatda bu kanallar orqali surilgan havo konditsionerlarga yuboriladi va normal xolatga keltirilib yana kayta sexga beriladi (retsirkulyatsiya).
Aspiratsiya sistemasida kuvurning istalgan kesimida havo okimining tezligi u yoki bu chiqindi uchun belgilangan tezlikka teng bo’lishi kerak.
To’qimachilik sanoati korxonalarida mashinalardan chang ajralib chiqishga qarshi tadbirlar asosan ikki yo’nalishda olib boriladi: yangi turdagi mashinalarni yaratish va xozir ishlab turgan mashinalarni modernizatsiyalash. Bunda kator moslamalar, ushlagichlar, tuskichlar, xar xil chang yo’tkichlar, mashina va boshka konstruksiyalarning ustki qismiga o’tirib kolgan changlarni purkab tushirgichlar yaratish kuzda to’tiladi. Masalan, ta’minlovchi-aralashtiruvchi mashinani takomillashtirishda tituvchi va tozalovchi valiklar zonasidan kuplab chang ajralib chiqishi hisobga olinadi. Bu yerdan ajralib chikayotgan changi havoni surib olish uchun kuchli ventilyator o’rnatiladi hamda mashinaning boshka qismlari zichligi oshiriladi. Chiqindilarni tozalash mashinasini takomillashtirishda elevatordan xas-chuplarning tushish joyi hamda chiqarib tashlovchi transporterning taranglashtiruvchi roligi zonalari zichlab berkitiladi. Tarash mashinalarini kompleks takomillashtirish xam mashinaning konstruktiv elementlariga kator moslama va kurilmalar tadbik qilishni nazarda to’tatdi. Ivanovo shaxar tarash mashinalarining maxsus konstruktorlik byurosi changsizlantirgich va hajmi kattalashtirilgan momik yigiruvchi bilan ta’minlanngan CHM-10 va CHM-50 mashinalarini yaratdi. Bu mashinada changli havoni surib olish chuzuvchi asbob, taram ajratuvchi tarok, taram ajratuvchi barabanning kopkogi ostidan hamda shlyapkalar tasmasini tozalash zonasidan amalga oshiriladi. Momik yiguvchiga surilgan changli havo turdan o’tib, tozalab ventilyator orqali yana sexga yuboriladi. Bu mashinalardagi maxalliy chang tozalagichlar ishining samaradorligi kupgina omillarga, ventilyatsiya uskunalarining havo bo’yicha ish unumdorligi, shu chang tozalagich sistemalarining zichlashtirilganlik darajasi, chang surgichlarning konstruktiv ulchamlari va boshkalarga boglik.
Yangi tarash mashinalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida shu narsa aniqlandiki, momik yigiruvchining hajmi tula borgan sari undan sexga chikayotgan havoning tozaligi orta boradi, lekin turning qarshiligi ortib, momik yiguvchi ichidagi havoning siyraklashuvi xam kamayadi va natijada surilayotgan changli havoning mikdori kamayadi. Tarash mashinalari changsizlantirish sistemasi ishining samaradorligini oshirish uchun tavsiyalarga binoan unda yigilgan momikni: yukori saralangan paxtalar ishlatilganda xar 3-4 soatda; urta saralangan paxtalar ishlatilganda xar 2-3 soatda va past saralangan paxtalar ishlatilganda xar 1-2 soatda tozalab turish uktiriladi. Bundan tashkari momik yiguvchi eshikni zichlab yopilmagan xolda ishlatish taqiqlangan.
Ivanovo shaxaridagi junli matolar ishlab chiqarish kombinatida STB-2-330 tukuv dastgoxlarining old tomonidan yigilgan momikni sikilgan havo bilan yigib olish amalga oshirilgan. Kompressordan chikayotgan sikilgan havo ish joylariga keltirilgan, bunda bitta kuvur 32 dastgoxga mo’ljallangan. Sikilgan havoni puflash uchun ichki diametri 2 mm bo’lgan kallak o’rnatilgan, kayishkok, egiluvchan ichak (diametri 9 mm, uzunligi 20m) qo’llangan.
Bir gurux dastgoxlar havo bilan puflangach, supirindi momik yiggichga tuplanadi. Dastgoxning orqa qismidan esa vakuum-moslama yordamida yigib olinadi. 150 dastgoxni tozalashda bor-yugi 2 kishi band bo’ladi: biri dastgoxlarning old tomonidan, ikkinchisi esa orqa tomonidan chang va momiklarni yigib oladi. Havoning changlanganlik darajasi sanitariya meyorlari talablari chegarasida bo’ladi.
“Shuyskiy proletariy” yigiruv-tukuv fabrikasida CHMM-450-4 va CHMM-450-M3 mashinalarining tag qismidan chiqindilarni havo bilan surib oluvchi va chiqindilar bulimiga havo bilan yunaltiruvchi maxsus moslama o’rnatilgan. Bu moslama PP6-28 №6 ventilyatorlardan, elektromagnit klapanlar, kondensor KB-3, chiqindilarni yiguvchi bunker, havo kuvurlari, changi havoni tozalovchi FT-2M filtrlari, suruvchi kallak va birlashtiruvchi naychalardan tashkil topgan. Tarash mashinalari ostidan chiqindilarni muntazam ravishda surib olish sexdagi havoning changlanganlik darajasini kamaytirish bilan birga sexda yong’in chiqish xavfini kamaytiradi.
Ivanovo maxsus konstruktorlik byurosi titish va savash agregatlaridan chiqindilarni havo yordamida surib olish bo’yicha kator texnik yechimlar ishlab chikdi. Titish agregatlari kameralari ostiga kuyilgan chiqindi kabul kiluvchi voronkalar orqali chiqindilar havo kuvurlari yordamida kondensor KB-3 orqali yiguvchi labazga va undan chiqindi tozalash mashinasiga uzatiladi. Changli havo kondensordan chang yertulasiga yunaltiriladi. Changli havodan tozalangan oreshka havo kuvurlari orqali MNSH-48M markali kopga joylash mashinasiga yunaltirilishi mumkin. Savash mashinalari ostidan ajralayotgan chiqindilarni olish uchun ishchi shiberni burab kabul voronkalaridan birini ochib yuborishi kifoya, chiqindilar havo kuvurlari orqali yiguvchi labazga borib tushadi. Chiqindi sexlariga o’rnatiladigan labazlar yonmaydigan materiallardan yasaladi.
Kupgina to’qimachilik korxonalari mashina yuzalarida o’tirib kolgan changlarni puflab tushirib yuboruvchi AO-6 va AOSP-1 momik xaydagichlarini qo’llaydilar.
Ivanovo junli matolar kombinati mo’taxassislari ana shu AOSP-1 puxoobduvatellarda yigilgan momiklarni avtomatik ravishda bushatish sistemasini ishlab chiqishgan va ishlab chiqarishga tadbik qilishgan. Xar tukkiz mashinaga mo’ljallangan uchastkalarini aylanib chiqqan puxoobduvatel bushatish joyiga keladi. Maxsus richaglar va tugmalar yordamida bunkeri ochiladi, surib oluvchi sistema ventilyatori ishga tushadi va undagi momik maxsus ichak orqali maxsus idishga suriladi. Bunda S6-46 №6ventilyatori, CH3-PM klapanli pereklyuchatellar va havo kuvurlari sistemasi ishlatiladi. Avtomatik ravishda bunkerlarni bushatish sistemasi ishga tushirilgach, chiqindilar mikdori 0,1% ga kamaygan, bu korxona bo’yicha bir yilda 10 tonna chiqindi kamayganligini bildiradi.
Momik xaydagichlar smena davomida uzluksiz ishlashi kerak, chunki uning uzoq vaqt tuxtab kolishi, yuzalarda chang va momikni tuplanib kolishiga va uni yigishtirib olish uchun esa mashinalarni tuxtatishga majbur bulinadi.
Ilgor to’qimachilik korxonalari tajribasiga va ilmiy-tadkikot tashkilotlarining tadkikotlari asosida yigiruv va tukuv korxonalari mashinalaridan chang chiqishini kamaytirish va changsizlantiruvchi uskunalar ishining samaradorligini oshirish bo’yicha kuyidagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilinadi. Titish-savash bulimida dastlabki titish agregatlarida chang ajralib chiqishini kamaytirish maksadida agregatning yukori qismining zichligini oshirish va ajratuvchi, tozalovchi, tituvchi valiklar qismida changli havoni surib olish samaradorligini oshirish, kushimcha suruvchi uskunalar o’rnatish yoki ventilyatsiya sistemalarining kuvvatini oshirish kerak. Savash mashinalarida xam ayniksa, savagich va pichokli barabanlar qismida zichlikni oshirish, shu bilan birga chang va momikni bevosita ajralib chikayotgan joylaridan surib olish va havo kuvurlariga yunaltirish uchun maxsus kabul kiluvchi moslamalar o’rnatiladi.
Kabul kiluvchi moslamalarga kuyidagi talablar kuyiladi:
- ular bevosita chang va momik chikayotgan joyga yakinrok va zichrok joylashishi kerak;
- tuzilishi momikning xarakat yo’lida keskin to’siqlarga uchramasligi, ravon, tekis va sillik bo’lishi, keskin o’timlardan xoli bo’lishi kerak;
- o’rnatilish joyi chiqindilarning xarakat trayektoriyasini hisobga olish va ularni eng kup tushadigan yerlarga moslashtirilishi kerak;
- suruvchi kuvurning havo kirish tirkishi mashinaning chang va momik chiqadigan yeriga yakin o’rnatilishi kerak, chunki uzoqlashgan sari havoning tezligi keskin kamayib boradi.
Shuni xam ta’kidlash zarurki, ayrim to’qimachilik sanoati mashinalari yukoridagi talablarni hisobga olmay kurilgan, shuning uchun yaxshi ishlamaydi.
Titish-savash bulimlarida changli havoni tozalash sistemasini mukammallashtirish, ya’ni tozalashning birinchi pogonasidan sung ikkinchi pogonasida havo tozalashning nam usullaridan foydalanish, bu sexlarda birinchidan yong’in xavfini keskin kamaytirsa, ikkinchidan havoni tozalash samaradorligini oshiradi.
Chiqindilar sexida ayniksa chang volchogi va chiqindi tozalash mashinalarining ishiga aloxida axamiyat berish kerak. Ularning eshik va kopkoklari zichligini mustaxkamlash, tirkishlarini berkitish zarur.
Tukuvchilik sexlarida changlarning ajralib chiqishini kamaytirish bevosita yoki bilvosita ishlab turgan dastgoxlarni eskirgan konstruksiyalarini modernizatsiya qilish, dastgoxlarni loyihalash paytida takomillashtirish va xavfsizlikni ta’minlovchi moslamalarni qo’llashni kuzda to’tish va yangi dastgoxlarni texnologik jarayonga tadbik etish bilan amalga oshiriladi. Bulardan tashkari, dastgoxlarni va binoning ichki konstruktiv elementlarini changdan tozalash maksadida puflab tushiruvchi va chang surgich uskunalaridan xam foydalaniladi.
Pardozlash fabrikalarining gazlamaning tukini chiqarish sexlarida chang chiqishini kamaytirish uchun tuk chiqaruvchi agregatlarga kushimcha ventilyator uskunalari o’rnatish, tirkishlarni berkitish hamda mavjud ventilyatsiya sistemalari kuvvatlarini oshirishga amal qilinadi.
Noto’qima materiallar ishlab chiqarish fabrikasi sexlarida xam CHVP-600, ACHV-V agregatlarida chang ajralib chiqishini kamaytirish maksadida, chiqindilarni kameradan havo yordamida surib olish, mashinaning ustki qismining tirkishlarini berkitish, mavjud ventilyatsiya sistemalari kuvvatlarini oshirish ishlarini bajarish maksadga muvofikdir.
Sexlardagi changlarni kamaytirishning aosisiy omillaridan biri, mashinalarga, pollarga va binoning konstruktiv elementlariga o’tirib kolgan changlarni tezda tozalab olishdir. Chunki ular ozgina havo okimi tezligiga xam yana sex havosiga ko’tarilib, changlanganlik darajasini oshirib yuboradi.
PAXTA SANOAT ILMda o’tkazilgan tadkikotlar shuni ko’rsatadiki, paxta zavodlari sexlarida o’tirgan changni havoga ko’tarilishi changlanganlikni avvalgi darajasiga nisbatan 2-3 barobar oshirib yuborar ekan.
To’qimachilik sanoati sexlarida o’tirib kolgan changlarni tozalashni mexanizatsiyalash asosan ikki usulda olib boriladi, birinchisi vakuum yordamida yuzalardagi changni surib olish, ikkinchisi kuchli havo okimi yordamida changni shu yuzalardan puflab kuzgotib yuborish.
Birinchi usul, ya’ni changni surib olish usuli gigiyenik nuqtai nazaridan afzalrokdir, chunki chang kaytadan havoga ko’tarilmaydi, lekin bunda ish unumdorligi ikkinchi usulga nisbatan 8-10 marta kamdir. Bundan tashkari surib olish usulida ship, ustun va balandligi 5 m dan ortik joylarni tozalash kiyin. Puflash usuli esa bularni tezda bajarishga imkon beradi. Bunda puflab polga tushirilgan changlarni esa surib olish usuli bilan tozalash tavsiya qilinadi.
O’tirib kolgan changlarni puflab ko’chirish, sikilgan kuchli havo okimi orqali bajarilib, ular kompressorlar yordamida xosil qilinadi. Bunda sikilgan havo bosimi 0,4-0,6 MPa (4-6 kgs/s2). Kompressorlardan VU-6,4, PKS-3,5, KSE-5 va boshkalar bu bosimni bera oladilar.
Muxandis Raxmatullayev I.R. tomonidan yaratilgan suruvchi changyo’tgich (2-rasm) konstruksiyasining soddaligi va ishonchliligi bilan dikkatga sazovordir. Bu uskuna ikki ketma-ket ulangan yukori bosimli ventilyatordan chang suruvchi kallagi va egiluvchan ichagi hamda sexdagi aspiratsiya sistemasiga ulanish imkoniyati mavjud havoni puflovchi ichaklardan tashkil topgan. bu uskuna juda kam havo hajmi talab kilingani uchun (0,1 m3) aspiratsiya sistemasining ishini buzmaydi.
Bu uskunani qo’llash nafakat chang kabul kiluvchi uchlik katta manfiy bosim xosil qilishi, tozalanayotgan yuzalardan changni olishni tula ta’minlashi, shu bilan sexlarda katta siyraklikda ishlaydigan kushimcha havo kuvurlarini o’rnatishga zarurat koldirmaydi.
Yukorida keltirilgan tadbirlar to’qimachilik korxonalarida qo’llaniladigan barcha tadbirlarni tula aks ettirolmaydi. Xar bir aloxida xolatda korxonaning aniq sharoitidan kelib chikib, ishlatilayotgan mashinalarning va ularning joylashtirilishini hisobga olgan xolda quriladigan tadbir tanlab olinishi kerak.
Toshkent To’qimachilik va yengil sanoati oliygoxi “Mexnat muxofazasi” kafedrasida muallif taklif etgan tarash mashinalarining tag qismidan chiqindilarni va changli havoni surib oluvchi universal aspiratsiya chang-yo’tgich sistemasini yigiruv fabrikalaridan birida tadbik qilinishi tarash sexi havosidagi chang konsentratsiyasini keskin kamayishiga olib keldi. Bu moslama (3-rasm), tarash mashinalarining orqa tomonidagi yo’lak tagidan o’tgan magistral havo kuvuri 5, unga ikki tomonidan mashinalarning chiqindilar kamerasiga o’rnatilgan chang va chiqindilarni kabul qilib oluvchi taglik 2 ni birlashtirib turuvchi havo kuvurlari ulangan. Mashinaning ustki qismlariga, sexning boshka konstruktiv qismlariga, yerga o’tirgan chang va chiqindilarni kabul qilib oluvchi taglik 2 ni birlashtirib turuvchi havo kuvurlari ulangan. Mashinaning ustki qismlariga, sexning boshka konstruktiv qismlariga, yerga o’tirgan changlrni surib olish uchun ustunlarga o’rnatilgan statsionar chang suruvchi kuvur 4 va unga burab kirgiziladigan egiluvchan ichak 3 xam magistral havo kuvuriga biriktirilgan. Kuvur 4 sexning xar yer-xar yerida o’rnatilgan bulib, avtomatik ravishda yopilib koladigan kopkoklar bilan ta’minlangan. Bu bitta kuvurga egiluvchan ichak 3 ulanganda boshka kuvurlar yopiq turishini va havoning kam sarf bo’lishini ta’minlaydi.
Boshka xonaga o’rnatilgan ventilyator 6 magistral kuvurdan havoni surib, xar bir tarash mashinasi chiqindilar kamerasidan manfiy bosim xosil kiladi. Bu esa uz navbatida mashinaning barcha teshik va tirkishlaridan changli havoni ichkariga chang kamerasiga surilishini ta’minlaydi. Mashina chiqindilar kamerasiga o’rnatilgan maxsus taglik 2 ning konstruksiyasi, katta bo’lmagan havo hajmida 0,3 m/s chiqindilarni xam surib, havo okimi bilan olib ketishga imkon beradi.
Bu sistemaning universalligi shundaki, birinchidan, tarash mashinasini aspiratsiyalaydi, ya’ni ajralib chikayotgan changli havoni sexga tarkalib ketishiga yo’l kuymasdan mashinaning ichiga surilib ketadi, ikkinchidan, ajralib chikayotgan chiqindilar havo okimi yordamida suriladi, uchinchidan, mashinaning ustki qismida, yerda va boshka yuzalarda yigilgan changlar xam egiluvchan ichak yordamida surib olinadi.