Havodagi changning ulchash usullari To’qimachilik, paxta, ipak ishlab chiqarish va yengil sanoatidagi



Yüklə 158 Kb.
səhifə1/4
tarix04.11.2022
ölçüsü158 Kb.
#67394
  1   2   3   4
1426071045 60418


Havoni chang va gazlardan tozalash
Reja:



  1. Havodagi changning ulchash usullari

  2. To’qimachilik, paxta, ipak ishlab chiqarish va yengil sanoatidagi

  3. mashinalardan chang ajralib chiqishiga qarshi choralar

  4. To’qimachilik, paxta, ipak ishlab chiqarish va yengil sanoatida

  5. Changlarning tasnifi, changli havoni tozalash va changlarning konsentratsiyasini aniqlash



Havodagi changning ulchash usullari.
To’qimachilik sanoati sexlarida tolali materiallarni titish, savash, tarash, paxmoklash jarayonlarida chang, buyash, buyoklar tayyorlash, oxorlash, tuklarini kuydirish jarayonlarida ximiyaviy zararli gazlar ajralib chiqadi. Bu zararli moddalar ishchilar fiziologiyasiga ta’sir qilib, organizmni zaxarlanishiga olib kelishi mumkin.
Paxta, ipak va to’qimachilik sanoatida, ayniksa, uning boshlangich jarayonlarida eng kup tarkalgan zararli modda - changdir. U xamma ishlab chiqarish sexlarida hamda korxona xududida atmosferada uzoq vaqt kunmay, uchib yurishi mumkin.
Chang zarrachalari tarkibiga kura organiq va mineral qismlardan iborat. Bunda uning asosiy qismini organiq modda bulmish tola va uning bulakchalari (paxta changida 96-98%) tashkil kiladi. U murakkab tarkibli bulib, turli shakl va kattaliklarda uchraydi.
Changga gigiyenik baxo berilganda uning tarkibi asosiy rol uynaydi. Uning organiq qismi sellyo’lozadan tashkil topgan bulib, u organizmga zaxarli ta’sir kilmaydi, lekin ularda mogor zamburuglari va sporalari mavjud bo’lishi mumkin, bu esa organizm xaroratini oshiradi, bosh ogrigi hamda titrok to’tish xollariga olib keladi. Paxta tolasi changidan paydo bo’ladigan bunday kasallik bissinoz deb ataladi. Bundan tashkari paxta changida, paxtaga ishlov berish natijasida kolgan zaxarli moddalar (pestitsid, gerbitsid va defoliantlar) bo’lishi mumkin.
Changning tarkibidagi mineral qismida kremniy ikki oksidi SiO2 bulib, uning nafas yo’llari orqali upkaga ma’lum konsentratsiyada kirib borishi pnevmokonioz kasalligi xavfini tugdiradi. Chang tarkibida bu modda qancha kup bulsa, kasallik shuncha ortadi.
Ayrim xollarda, changning mayda zarrachalari kishi upkasining alveollariga kirib, ularni berkitishi natijasida, upkaning ish faoliyatini pasaytiradi, ya’ni kishi upkaning to’liq hajmida nafas ololmaydi, natijada borib-borib,xastalikka uchrashi, ya’ni pnevmokonioz kasalligiga duchor bo’lishi mumukin.
Changlarni kishi tanasiga ta’sirini aniqlashda nafakat ularning fizik xususiyatlarini, balki ularning ulchamini xam hisobga olish kerakdir. Bu borada eng xavflisi, kattaligi 5 mkm gacha bo’lgan changlardir, chunki ular upkaning kattaligi 4-5 mkm bo’lgan alveollariga bemalol kira oladilar. Bundan katta bo’lgan chang zarrachalari esa yukori nafas yo’llarida va bronxlarda ushlanib koladi va tanadan chiqarib yuboriladi. Yana chang zarrachalarining kattaliklari, ularning havoda qanchalik kup ushlanib turishini belgilaydi, bu esa ularning organizmga kirish imkoniyatini kuchaytiradi. Tadkikotlar natijasi chang zarrachalari qanchalik mayda bulsa, ular havoda shuncha kup ushlanib turishligini ko’rsatadi.
To’qimachilik korxonalarida paxta changi uchun kuyidagi yo’l kuysa bo’ladigan kotsentratsiya (YKBK) kabul kilingan. Bu esa tarkibidagi SiO2 ga boglikdir. Sanitariya meyorlari SN-245-71 da berilishicha: agar chang tarkibidagi SiO2 2% dan kam mikdorda bulsa, YKBK - 6 mg/m3, 2 dan 10% gacha bulsa, YKBK - 4 mg/m3 va 10% dan ortik bulsa, YKBK - 2 mg/m3 bo’lishi keltirilgan.
To’qimachilik sanoatida oxor tayyorlashda sulfat kislotasi, xlorid va sirka kislotalari, uyuvchi natriy va boshka moddalar ishlatilib, ular sex havosiga zararli gaz va buglar ajratib chiqaradi. Tola va iplarni hamda matolarni buyashda oltingugurt birikmalari (Na2S), xlorli birikmalar (NaCl), uyuvchi ishkor (NaOH) va boshka kimyoviy moddalar qo’llaniladi. Ayni paytda bu moddalar kishi tanasiga salbiy ta’sir qilishi va organizmni zaxarlashi mumkin.
Zaxarli gazlar va bakterial iflosliklar. Pilla kuritish, kayta ishlash korxonalarida zaxarli gazlar pillalarni chuvatish va chiqindilarni kayta ishlash sexlarida chiqadi. Bunday gazlar katoriga ammiak va serovodorod kiradi. Ammiak (NH3) - rangsiz, nafasni kaytaruvchi o’tkir xidli, portlash jixatidan xavfli gaz bulib, YKBK-20 mg/m3. Serovodorod (N2S) - rangsiz kulansa xidli gaz bulib, kuchli zaxarlar katoriga kiradi, YKBK -10 mg/m3.
Jamoat, turar joy va ishlab chiqarish binolarida eng kup tarkalgan, havoni ifloslantiruvchi moddalar katoriga kumir kush oksidi SO2 kiradi. Odatdagi atmosfera havosida hajm bo’yicha 0,03-0,04% mikdorida SO2 bo’ladi. Tarkibida 4-5% mikdorida SO2 bo’lgan havo soglik uchun xavflidir.
Zaxarli moddalar inson organizmiga nafas olish yo’llari, teri va oshkozon-ichak yo’li orqali kiradi. Ishlab chiqarish xonalarida mazkur gazlarning mavjud bo’lishi yokimsiz chirindi xidini keltirib chiqaradi. Bunday xid ishlovchilarning sogligiga yomon ta’sir ko’rsatadi va mexnat unumdorligini kamaytiradi. Ishchilar gayriixtiyoriy ravishda nafas olishni kamaytiradilar, bu esa yopkaning yomon ishlab, bronxial astma yoki astmali bronxit kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.
Pillalarni kuritish jarayonidayok gumbak parchalanib, yozidan chirish maxsulotlari ajratib chiqaradi. Bu jarayon pillalar yukori namli sharoitda saqlanganda kuchayadi. Keyin issik suv bilan ishlov berish chogida chirish moddalari suvda qisman eriydi, ularning bir qismi buglanayotgan suv bilan birga havoga aralashadi.
Tadkikotlar ma’lumotlariga kura, pilla tortish sexlarida yozda vodorod sulfidning mikdori YKBK dan oshik bo’ladi, bu esa pilla tortish sexining havosida yokimsiz xid bo’lishiga olib keladi.
Havoning ifloslanishi va yokimsiz xidning kuchayishi kayta ishlanadigan xom ashyoning naviga xam boglik. Masalan, uchinchi navli (ayniksa, dog-dog) pillalarni yoki chiqindilarni chuvatishda chirindi xidi eng kuchli seziladi. Jumxuriyatimizdagi sanitariya va gigiyena ilmiy-tekshirish oliygoxida o’tkazilgan tadkikotlar shuni ko’rsatadiki, pilla tortish sexlari havosida xamma vaqt angina kasalligini kuzgatuvchilar - enterkoklar kup mikdorda bo’ladi. Ular chuvatish jarayonida gumbaklardan ajralib chiqadi. Gumbaklar ichida xavfli mikroblar mavjud bulib, ular pillalarga ishlov berish jarayonida chuvatish toslaridagi issik suvga, undan esa sex havosiga o’tadi.
Zararli moddalar bilan kuchli zaxarlanganlarga kuyidagi tarzda dastlabki yordam ko’rsatish lozim:
- benzin, uayt spirti bilan zaxarlanganda - toza havoga olib chiqish, tinch kuyish, kiyimini yechish, valerian tomchisi ichish, xushidan ketganda esa navshadil spirti xidlatish;
- ammiak bilan zaxarlanganda - oshkozonini limon yoki sirka kislotalarining 1% li eritmasi kushilgan suv bilan yaxshilab yuvib tozalash;
- dixlorat bilan zaxarlanganda - toza havoga olib chiqish, kislorod berish, achchik choy berish;
- azot oksidi bilan zaxarlanganda - kislorod berish, navshadil spirti xidlatish;
- nafas olayotganda xlor va uning birikmalari bilan zaxarlanganda - toza havoga olib chiqish, kislorod berish, ilik suv bilan navshadil spirti xidlatish, kofein, korvalol ichirish, batamom tinch koldirish;
- ovkatlanayotganda zaxarlanganda - oshkozonni natriy triosulfatning 2% li eritmasi bilan yuvib tozalash, kayt kildiradigan narsa, so’t ichirish. Agar zararli moddalar mikdori ruxsat etilgan chekli meyorlardan oshib ketsa, shamollatish, surish uskunalarining ishlashini yaxshilash hamda uskunalarni zichlash (germetiklash) uchun shoshilinch choralar quriladi.

Yüklə 158 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin