2 -amaliy mashg’ulot
Mashg’ulotning maqsadi:
Ish joyidagi havoning tarkibidagi chang miqdorini tadqiq etishni va uni ruhsat etilgan chegaraviy kontsentratsiyasi bo`yicha aniqlashni o`rganish, qo`llaniladigan asboblarning ishlash prinsipi va samaradorligi bilan tanishish.
Mashg’ulotning bajarish uchun kerakli asbob-anjomlar, uskunalar, ko`rgazmali qurollar va materiallar:
1. Chang yutgich.
2. Uch-to`rtta reometr (20 l/daq gacha).
3. 822 tipdagi aspirator.
4. Filtrlar uchun uch-to`rtta patron.
5. Oltita-sakkizta filtrlar.
6. Termometr.
7. Analitik tarozi.
Mashg`ulotni bajarish tartibi
Har qanday qattiq moddalarning havoda suzib (uchib) yuruvchi mayda zarrachalari chang hisoblanadi. Odamlar nafas olganlarida ularning o`pkalariga havo bilan birgalikda chang ham tushadi. Odamning sog’ligi uchun havodagi changning ma’lum bir miqdori (konsentratsiyasi) xavfli bo`ladi.
Havo tarkibidagi changning haqiqiy konsentratsiyasini aniqlashda bir necha uslublar taklif etilgan. Bulardan eng oddiy va keng tarqalgan uslubi quyidagicha. Maxsus qog’oz filtr olinadi, quritiladi va analitik tarozida uning massasi o`lchanadi. Shundan keyin ma’lum miqdordagi tadqiq etiladigan havo filtr orqali o`tkaziladi. So`ngra, filtr ikkinchi marta o`lchanadi. Filtrning massalari orasidagi farq, filtr orqali o`tkazilgan hajmdagi havoning tarkibidagi chang zarrachalarining ushlanib qolingan massasini ko`rsatadi.
Havoning tarkibidagi chang miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda Pch- changni o`lchangan kontsentratsiyasi, mg/m3;
q1 –toza filtrning massasi, g;
q2 –changli filtrning massasi, g;
W0- me’yoriy (normal) sharoitda filtr orqali o`tkazilgan havoni hajmi, l/daq;
Dostları ilə paylaş: |